🎵 Qoʻshiq matnlari

Olim Hakimov - Muhabbatim armonim

2.4K marta oʻqildi
Uchdingmi boy, zarga,
Ey, qoshlari kamonim?
Ko`mdim qalbim qaʼriga,
Muhabbatim – armonim. (x2)

Dardim aytib qo`ydimda
Kuylarimda, baytimda.
O`shal maktab paytimda
Muhabbatim – armonim. (x2)

Muhabbatim – armonim,
Qo`l yetmagan osmonim.
Muhabbatim – armonim,
Mening kuzgi xazonim. (x2)

Esimda ilk bo`salar,
Biz uchrashgan ko`chalar.
Endi o`sha-o`shalar
Muhabbatim – armonim. (x2)

Yelkamga g`am mindi, bil,
Ko`z yoshlarim tindi, bil.
Bilmasang gar, endi bil,
Muhabbatim – armonim. (x2)

Muhabbatim – armonim,
Qo`l yetmagan osmonim.
Muhabbatim – armonim,
Mening kuzgi xazonim. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Otash va Haytik - Qishlogʻimning qizlari

20-aprel, 20202.6K