🎵 Qoʻshiq matnlari

Siddiq Mahmudov - Majnuntoldek (Nurli)

3.4K marta oʻqildi
Siddiq Mahmudov - Majnuntoldek (Nurli)
Majnuntoldek boshginangni egmagil, jonim,
Ko`zlaringdan yoshginangni to`kmagil, jonim. (x2)
Endi qayta uchrashmasmiz – kutmagil, jonim,
Nurli-nurli nurga cho`mgan bir xayol bo`l,
O`z yoriga sadoqatli bir ayol bo`l.

Nurli-nurli nurga cho`mgan bir xayol bo`l,
O`z yoriga sadoqatli bir ayol bo`l.

Ohlar ursam, tog`lar toshi qulablar ketdi,
Ostonangdan bir mard yigit yig`lablar ketdi.
Dardlarini kuylariga ulablar ketdi,
Nurli-nurli nurga cho`mgan bir xayol bo`l.
O`z yoriga sadoqatli bir ayol bo`l.

Nurli-nurli nurga cho`mgan bir xayol bo`l,
O`z yoriga sadoqatli bir ayol bo`l.

Bu dunyodan yig`lab o`tgan ozmi, jonim?
O`zing o`yla, dardsiz sozlar sozmi, jonim?
Qo`ygil meni unut, ko`ngling buzmagin jonim,
Nurli-nurli nurga cho`mgan bir xayol bo`l.
O`z yoriga sadoqatli bir ayol bo`l.

Nurli-nurli nurga cho`mgan bir xayol bo`l,
O`z yoriga sadoqatli bir ayol bo`l. {x2}
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!