🎵 Qoʻshiq matnlari

SanJay - Farishtalar

2.7K marta oʻqildi
SanJay - Farishtalar
Mana yana keldim, sen qaydasan, qayerdasan?
Baxtlimisan mensiz, yolg`iz?
Chin yurakdan shuni bilgani keldim.
Yana o`sha yo`ldaman,
Men kelganman boshqa joydan, hayron bo`lma,
U tarafdan zo`r xushxabarlar
Aytgani keldim.

Favvoralar bog`larda, farishtalar uchar,
Yulduzlardan yaralgan ostonalar.
Favvorali bog`larda sevishganlar yashar,
Yulduzlardan bezalgan ostonalar.

Mana yana ko`rdim, nurliginam, oydin yuzing
Yog`dusidan jodulangan bag`rimda
Ko`ngil sozini chaldim.
Yana o`sha yo`ldaman,
Farqim baland boshqalardan.
Jondan sevgan ham adashgan bir qalandarman,
Ketgani keldim.

Favvoralar bog`larda, farishtalar uchar,
Yulduzlardan yaralgan ostonalar.
Favvorali bog`larda sevishganlar yashar,
Yulduzlardan bezalgan ostonalar. (x1+x1)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!