🤝 Doʻst haqida sherlar

Doʻst haqida juda ajoyib sheʼr

23K marta oʻqildi
Doʻst, mening dunyomga kira koʻrmagin,
Doʻzaxning oʻtida kuyib ketasan.
Men yurgan yoʻllardan yura koʻrmagin,
Bir umr joningdan toʻyib oʻtasan.

Qismat itqitadi chilvir choʻliga,
Uzlatga bandilar boʻlib qolasan.
Yolgʻizoyoqlikning yolgʻiz yoʻliga,
Boshingni qoʻygancha oʻlib qolasan.

Farishta degani boylarga boqar,
Gʻarib-gʻuraboni koʻzga ilmaydi.
Qalbingda kuldirgich boʻlsa ham agar,
Ming chiranma, baxting kula bilmaydi.

Qabriston tarafga qaraysan maʼyus,
Shikasta joningga yantoq botadi.
Doʻpmaygan goʻr seni tan olmas, afsus,
Tosh qotgan tavbalar titrab ketadi.

Jon doʻst, yolvoraman, oʻz dunyongda qol,
Sen-da hashamatning daʼvogarisan.
Besabr baxtingni bagʻringga-da ol,
Sen menga doʻstsan, lek mendan narisan.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Doʻst haqida sherlar

Oqibatimiz yoqolmasin doʻstlarim...!

19-avgust, 20184.9K