Vatan haqida sara sheʼrlar toʻplami

VATAN — Abdulla Oripov
Agar doʻstlar erur sodiq bir-birin qiyratib boʻlmas,
Agar qilgʻil necha fitna alarni ayratib boʻlmas.
Demishlar: moru qushni bir qafasda asratib boʻlmas,
Vatandan ayri koʻngilni bilingki, yayratib boʻlmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib boʻlmas.
Vatan deb men bayon qildim, ayo doʻstlar, muxammasni,
Vatanni kim ulug‘ bildi, aziz bildim men ul kasni.
Vatan deb joʻsh urar ersa koʻtargum boshima xasni,
Vatandan ayri koʻngilni bilingki, yayratib boʻlmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib boʻlmas.
Nadomat birla boqgʻayman vatansizlarga har doim,
Egib boshini zor yigʻlar, agarchi davlati qoyim,
Faqir boʻlsam-da bor yurtim — toju taxtim, borar joyim.
Vatandan ayri koʻngilni bilingki, yayratib boʻlmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib boʻlmas.
Bobolar kechmishin hargiz faromush aylamang, doʻstlar,
Haqiqat tongi otganda ani tush aylamang, doʻstlar,
Agar kim eʼtiqodsizdur, ani xush aylamang, doʻstlar,
Vatandan ayri koʻngilni bilingki, yayratib boʻlmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib boʻlmas.
Diyorim Oʻzbekistondur, ki andin iftixorim bor,
Demakkim, hur adolatlig‘, davlati barqarorim bor,
Onamdek mehribon, munis Vatan bor, gʻamguzorim bor,
Vatandan ayri koʻngilni bilingki, yayratib boʻlmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib boʻlmas.
Vatan, sen hur, yoʻling shonli, qadamni tashlagin shaxdam,
Faxr-la boqgʻay Abdullo, koʻzida shodligidan nam
Panohingni tilab Haqdin dilida iltijo har dam,
Vatandan ayri koʻngilni bilingki, yayratib boʻlmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib boʻlmas.
VATANIM — Muhammad Yusuf
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri –
Ilig`imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan daʼvo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.
Sen Ho`jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim…
O`g`lim desang osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim…
O`tgan kuning – o`tgan kundir,
O`z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo`lin bog`lab,
Dilin dog`lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim.
Yoningda qon yig`lagan bir
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim…
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, VATANIM !
VATAN — Xoldor Vulqon
Sen agar bugʻdoy boshoq boʻlsang somoningman, Vatan,
Toabad boshing omon boʻlsin, tovoningman, Vatan.
Barcha yaxshi, barcha oqil, barcha dono, faylasuf,
Qimtinib bir chekkada yurgan yomoningman, Vatan.
Chor taraf zulmat, tuman, uvlaydi ming -minglab shoqol,
To sahar gulxan yoqib chiqqan choʻponingman, Vatan.
Barcha jim, tilsiz pisib, mum tishlaganda, xayqirib,
Haq soʻzin dor ostida aytgan zaboningman, Vatan.
Boʻlmasin ovvora yov oybolta qayrab qatlima,
Qatl etib oʻldirsa xam oʻlmas omoningman, Vatan.
Yurtda Vulqon choʻqqidek boshim bulutlardan baland,
Yov uchun mangu oʻtib boʻlmas dovoningman, Vatan!
VATAN — Iqbol Mirzo
Seni desam yuragimda ochilar gullar,
Yomgʻir boʻlib samolardan sochilar gullar,
Sahrolardan, daryolardan sochilar gullar,
Yuragimning gulisan sen, gullagan Vatan!
Isming aytib uygʻonadi chuchuk jilgʻalar,
Sunbulalar tonglaringdan taqar sirgʻalar,
Kiprigimda yogʻdularing solar jilvalar,
Tilagimning gulisan sen, gullagan Vatan!
Xushboʻy-xushboʻy olmalarda jannat havosi,
Togʻlaringning bagʻrida ming dardning davosi,
Shudir, axir, bir insonning umr safosi,
Yuragimning gulisan sen, gullagan Vatan!
Hovuch-hovuch, zilol-zilol suvingdan ichdim,
Mehring qanot boʻldi, moviy koʻklarda uchdim,
Yana qaytib senga keldim, tuprogʻing quchdim,
Tilagimning gulisan sen, gullagan Vatan!
Yuragimning gulisan sen, gullagan Vatan!
Vatan deb… — Mahmud Toir
Aytsam, nondek shirin so`z bor dunyoda,
Aytsam, jondek shirin so`z bor dunyoda.
Vatan deb, shivirlab aytib ko`ring siz,
Vatan deb, ko`ngilga qaytib ko`ring siz.
Chehrangiz balqiydi, quyosh bo`lasiz,
Qalbingiz qalqiydi, ko`z yosh bo`lasiz.
Onajon, deganda entikkan dildek,
Ozodsan, deganda yayragan quldek.
Vatan, deb entikib elanib ayting,
Vatan, deb vafoga belanib ayting.
Jon ichra yuz ochgan bir jon bo`lasiz,
Siz yerga sig`magan osmon bo`lasiz.
Bolangiz quvonchi to`kilgan tuproq,
Quyosh bir ko`rmasa o`kingan tuproq.
Jannatday muqaddas chaman bo`ladi,
Ayo do`st, u bizga Vatan bo`ladi.
Vatan, deng ko`ngilning ko`zi ochilsin,
Vatan, deng sog`inchning yuzi ochilsin.
Vatan alla bergan oromdek shirin,
Vatna xalq ko`rsatgan ikromdek shirin.
Vatan, deng xudoga yukunib ayting,
Asra, deng tiz cho`king o`kinib ayting.
Vatan, deb biz buyuk bir xalq bo`lamiz,
Vatan, deb iymonda barhaq bo`lamiz.
Aytgil doʻstim nima qildik vatan uchun — Iqbol Mirzo
Boshing egib taʼzim ayla, shukrona ayt
Seni guldek erkalagan chaman uchun
Osmonlarda yurgan boʻlsang tuproqqa qayt
Aytgil doʻstim nima qildik vatan uchun
Koʻzi qora, yuragi oq shu el uchun
Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun
Ulug’ inson boshlab bergan shu yoʻl uchun
Aytgil doʻstim nima qildik vatan uchun
Qachongacha qorning oʻylab oʻtadursan
Qachongacha koʻkdan chalpak kutadursan
Axir vatan bitta, sen ham bittadursan
Aytgil doʻstim nima qildik vatan uchun
Buncha bino qoymang zarrin choponlarga
Saratonda yaproq boʻlgin dehqonlarga
Suyangani tayoq bolgin choʻponlarga
Aytgil doʻstim nima qildik vatan uchun?
Hech kimdan kam emassan, kam boʻlmagaysan
Yerda qolsang quyosh boʻlib kulmagaysan
Qachon belni maxkam tortib bogʻlagaysan
Aytgil dostim nima qildik vatan uchun
Shu soylardan suvlar urgin yuzinga sen
Bir bor nazar solgin bosgan izinga sen
Shu savolni berib koʻrgin oʻzinga sen
Aytgil doʻstim nima qildik vatan uchun
Vatan haqida sheʼr — OTABEK FOZILJONOV
HAR JABHADA DONG TARATGAN DUNYODA
XUMOSI HAM MAGʻRUR UCHAR SAMODA
BETAKRORDIR , BENAZIRDIR JAMOLDA
BU MENING VATANIM OʻZBEKISTONIM !!!
OSMONLARDAN YUKSAK ERUR KAMOLI
HAM BOY HAM ZOʻR YOQIMLIDIR KALOMI
HILOLLARDAN GOʻZALROQDIR AYOLI
BU MENING VATANIM OʻZBEKISTONIM !!!
OSMONIDA PORLAB TURAR AXTARLAR (YORUG’ YULDUZ)
UDIR MENING BAGʻRIMDAGI BOR JONIM
BUTUN DUNYO QARSAK ILA MAQTARLAR
BU MENING VATANIM OʻZBEKISTONIM !!!
HAR YERLARI GULSHANLARGA BURKANGAN
CHOʻP QADASANG NIHOLLARGA AYLANGAN
OʻGʻLONLARI MARDLIK UCHUN YARALGAN
BU MENING VATANIM OʻZBEKISTONIM !!!
HECH BIR GULI BEHUDAGA SOʻNMAGAN
KIMKI BOQSA BU ZAMINGA TOʻYMAGAN
VOSI LIKNI(BAGʻRI KENG) YERGA TASHLAB QOʻYMAGAN
BU MENING VATANIM OʻZBEKISTONIM !!!
KABUTARLAR ERKIN UCHAR OSMONDA
ISHLARIDAN BUTUN DUNYO HAYRONDA
GULLAB BORAR BAXTIYORLIK HAR ONDA
BU MENING VATANIM OʻZBEKISTONIM !!!
BU MENING VATANIM OʻZBEKISTONIM !!!
TOMRIMDA OQYOTGAN TOʻKILMAS QONIM
ULUGʻLIK , BUYUKLIK SIYMOSI BOʻLGAN
BU MENING VATANIM OʻZBEKISTONIM !!!
VATAN — Sirojiddin Sayyid
Dil porasi, koʻz qorasi sen oʻzingdirsan,
Mening koʻnglim sen aslida, sen koʻzimdirsan.
Tomirimda tomir yoygan ilk soʻzimdirsan,
Ilk ogʻrigʻim, ilk yomgʻirim, naysonim, Vatan.
Qir ustida yonboshlagan bobom chaylasi
Bu dunyoda kimlarningdir orzu-havasi.
Dimogʻimda — yulduz isi,shabnamlar isi,
Momom ekib ketgan kashnich, rayhonim, Vatan.
Quloq solsam shivirlagay hatto toshlaring,
Oyu quyosh, kamalaklar koʻzu qoshlaring.
Beshigimni tebratgandir qaldirgʻochlaring,
Oyu quyosh koʻrpa solgan ayvonim, Vatan.
Boʻronlari tulporlarga tunlar yol boʻlgan,
Bir oʻgʻloni chinor, biri majnuntol boʻlgan.
Temurlari ot minganda jahon lol boʻlgan,
Jahonlarga timsol shohu sultonim, Vatan.
Valilardan ibrat soʻylar qadim sahrolar,
Soʻndi qancha saltanatlar, qancha tugʻrolar.
Maqbaralar aytsin lekin, aytsin Zuhrolar:
Yer ostidan suhbat aylar hanuz Kubrolar,
Termiziylar bedor yotgan qoʻrgʻonim, Vatan.
Ne tong edi — izgʻirinlar zahrini totding,
Dasturxonda muztar qoldi qandu naboting.
Shahidlaring nomlaridir har bir raboting,
Abadiy yod erur asli adabiyoting,
Choʻlpon, Fitrat, Qodiriy ham Usmonim, Vatan.
Gard qoʻnmasin toki sening kipriklaringga,
Kipriklarim kiprik qilay koʻpriklaringga.
Malham boʻlmoq uchun asriy ogʻriqlaringga
Bulutlaring suzib yurar koʻk, qirlaringga,
Uygʻoq ruhlar osmonida posbonim, Vatan.
Naqshlaring qutuldilar kishan-bandlardan,
Xatlar oldim yuragimga Naqshbandlardan,
Afrosiyob bilan tengdosh kuy, ohanglardan.
Sheʼrlarimga ranglar oldim Samarqandlardan,
Gohi moviy, gohi zangor dostonim, Vatan.
Ulugʻlaring xokini men yuzlarga surtay,
Dilimdagi eng muqaddas soʻzlarga surtay,
Onamdayin aziz nonu tuzlarga surtay.
Ozod boʻlgan oyatlarin koʻzlarga surtay,
Oʻz yurtiga qaytib kelgan Qurʼonim, Vatan.
Men dunyoni ne deb aytay? Bu bir koʻhna bog‘,
Oʻz bilganin sayrar bunda har qumri, har zog‘.
Aslo sening bagʻirlaring koʻrmayin men dog‘,
Yulduzlarga osmon boʻlgan ey nurli tuproq.
Osmonlari yer-u, yeri osmonim, Vatan.
Soʻqmogʻingda men bir epkin yo bir nasimman,
Yaproq sening, xas boʻlsam gar sening xasingman.
Jayronlaring koʻzlarida qolar soʻzingman,
Mening borim sen bilandir, yoʻgʻim sen bilan,
Katta yoʻlga chiqqan ulug‘ karvonim, Vatan.
VATAN QOʻSHIGʻI — Sirojiddin Sayyid
Men Vatanni sevaman,
Tanda jonimdir Vatan.
Yulduzlari koʻzimdir,
Osmonimdir Vatan.
Kipriklarim varaqlar,
Oy sahfalar charaqlar.
Toshlari ham yaraqlar,
Nur bayonimdir Vatan.
Togʻi — Buxoriy bobom,
Bogʻi — bahoriy bobom.
Temur — suvoriy bobom,
Shohjahonimdir Vatan.
Naqshin nigor beshigim,
Quyosh ochgan eshigim.
Otam aytgan qoʻshigʻim,
Jonajonimdir Vatan.
Menda koʻpdir hur niyat,
Eng azizi — Hurriyat.
Sharafing — abadiyat
Sharaf — shonimdir Vatan.
Doim yorugʻdir yoʻlim,
Bu sherni aytdi koʻnglim.
Vatan — shukrona singlim,
Onajonimdir Vatan.
VATANNI OʻRGANISH — Sirojiddin Sayyid
Men Vatanni oʻrganmadim zaridan,
Oʻrganmadim uni hur yo paridan.
Kaftlarning chiziqlari — xati ham
Ajinlari boʻldi mening xaritam.
Shu xatlarda koʻrgandim ilk Vatanni,
Oʻz onamdan oʻrgandim men Vatanni.
Mehrlari qoshu koʻzlar boʻldilar,
Oyu quyosh misol yuzlar boʻldilar.
Jismim aro ulgʻaydilar, toʻldilar,
Vatan yanglig‘ ulug‘ soʻzlar boʻldilar.
Qoshlarining ostlarida turgandim,
Men Vatanni shu koʻzlardan oʻrgandim.
Nokaslardan oʻrganmadim men uni,
Yot kaslardan oʻrganmadim men uni.
Nom, qarzlardan oʻrgangandim men uni,
Jon xaslardan oʻrgangandim men uni.
Oʻzim kiyik soʻqmoqlarda yurgandim,
Men Vatanni soʻqmoqlardan oʻrgandim.
Osmonlari boshim uzra ogohlar,
Giyohidan dilga oldim giyohlar,
Rayhonlarin siyohidan siyohlar.
Buloqlardan koʻzlar oldim, nigohlar,
Oʻzim ham bir chechaklarga burkandim,
Men Vatanni giyohlardan oʻrgandim.
Menga azal aziz boʻlgan baridan,
Beshigimdan talpingan paytlarimdan,
Umr koʻrgan har keksayu qaridan,
Mehnatlarin yodlab oʻsdim bagʻridan.
Paykallarin kokillarday oʻrgandim,
Men Vatanni egatlardan oʻrgandim.
Ushoq noning qadri ming elga maʼlum,
Dars oldim men suvlar ichgan mahalim.
Bulbullarning tillarida shu taʼlim,
Oʻzing ustoz, oʻzing mangu muallim.
Hikmatlardan qurgandim men Vatanni,
Zahmatlardan oʻrgandim men Vatanni.
VATANIM — Xurshid Davron
Shunday yashil mening Vatanim —
Bahorning ilk bargiday yashil.
Shunday goʻzal mening Vatanim —
Vatanim gul atridek yoshdir.
Vatan, sensan bagʻrimga monand,
Bagʻrim kabi musaffo, yorug’.
Sen onamga oʻxshaysan, Vatan,
Onam kabi tabarruk, ulug’.
Shunday yorug’ mening Vatanim —
‘Men sevaman’ soʻzidek yorug’.
VATAN VA OSTONA — Guljamol Asqarova
Assalomu alaykum! Ey moviy osmon,
Sen mening muqaddas beshigim Vatan.
Meni porloq kunlar chorlagan zamon,
Dunyoga ochilgan eshigim — Vatan.
Sen menga azizsan ona sutidek,
Goʻdaklik yigʻimga guvoh boʻlganim.
Ilk bor qadamimni qutlab, quvonib,
Sevgim sirlaridan ogoh boʻlganim.
Yurt kezib sogʻinsam tuproq gardini,
Sogʻinchimdan koʻzi yoshlangan Vatan.
Mening yuragimga tutashib yoʻli,
Mening ostonamdan boshlangan Vatan.
Ilk bor aytgan soʻzim dunyoga kelib,
Yoʻllarga kuzatgan Oʻzbekistonim.
Quyoshdek nur sochib, jilmayib, kulib,
Qoʻllarin uzatgan Oʻzbekistonim.
Onamsan, otamsan, neki ulug‘ bor,
Sening noming bilan aytilar Vatan…
Bu dunyoga kelib Senga kelinar
Va bir kuni Senga qaytilar Vatan.
Mening ilk salomim alik olganim,
Ilk bor qadamimni qutlagan makon.
Sevgi izhorimdan entikkan yurak,
Mening muqaddasim, ey Oʻzbekiston.
VATAN NADIR — Orif Toʻxtash
Vatan nadir, vatan nadir?
Vatan — bеshik, vatan — qabr.
Bu dunyoga kеlmog`ing ham,
Kеtmog`ing ham vatandadir.
Kindik qoning tomgan tuproq,
Bobolardan qolgan tuproq.
Qon kеchilgan, jon chеkilgan,
Alar bois alvon tuproq.
Ko`zing ochib ko`rding nеni,
Va nе maftun etdi sеni? —
Ul vatandur, gul vatandur,
Quchog`iga ekdi sеni.
Vatan nadir, vatan nadir?
Vatan — mеhr, vatan — qadr.
Sadoqat ham sofdilligi-
Oq yo`rgak, oq kafan kabi.
U sеnga bir sodiq hamroh,
Mеhri do`stdan mustahkamroq.
Arzigaydur uning uchun —
Yuragingdan tiksang bayroq!
Ota vatan, ona vatan,
Vatanki, bir dona vatan.
Jahonim, dеb atar bo`lsang,
Jo aylagil jona, vatan.
Vatan nadir, vatan nadir,
Bul shundoqkim atalmadir —
Jannat istab bo`lma giryon,
Asli rizvon vatandadir.
Nе topsang ul bag`ridin top,
Vatanni o`z atridin top.
Uning sog`inch iztirobin,
Boburning shoh satridin top.
Unga mеhring sеrob bo`lsa,
Joningni tut, kеrak bo`lsa.
O`ng ko`ksingda vatan o`stir,
Chap ko`ksingda yurak bo`lsa!

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!