🎵 Qoʻshiq matnlari

Bojalar guruhi - Guli 2

2.4K marta oʻqildi
Bojalar guruhi - Guli 2
[Bojalar guruhi]
Toʻxtagin, gapim bor,
Shoshilib, ketma yonimdan, ey dildor, ey dildor.
Kechalari bedor,
Uyqusizlikdan boʻlib qoldim bemor, man bemor.

Har kuni ozor berdi jonim-a,
Nahotki rahmi kelmadi holim-a?
Yoki sevgani bormi, gumonim-a,
Ne qilayin, shudir mani borim-a.

Hali-hali alamimni olaman,
Man bitta gapli bolaman.
Yori boʻlib olib, oʻzim bilaman.

Voy asalim, Guli, koʻylaklari gulli,
Savlat toʻkib yoningda man,
Yoring boʻlib yuray.
Ay-yay Guli, voy, voy, voy Guli,
Oshiqlaring ichida bitta
Oʻzim yoring boʻlay.

[Moʻmin Poziljonov]
Toʻxtagin gapim bor,
Bogʻchada bolalar ichida oʻzim sardor, oʻzim sardor
Lekin bir sirim bor,
Bilib qolmasin doʻstlarim buni zinhor, voy zinhor.

Bogʻchani sogʻinib qolaman,
Bir kun ham qolmasdan boraman.
Oʻzi yoqimtoy bolaman,
Hali zoʻr bola boʻlaman. (x2)

Bogʻcha opam Guli, koʻylaklari gulli,
Katta boʻlsam yonida oʻzim,
Yonida oʻzim boʻlay.
Voy opam Guli, koʻylaklari gulli,
Yakshanba ham bogʻchaga kelib,
Yonida oʻzim boʻlay.

[Bojalar guruhi]
Voy asalim, Guli, koʻylaklari gulli,
Savlat toʻkib yoningda man,
Yoring boʻlib yuray.
Ay-yay Guli, voy, voy, voy Guli,
Oshiqlaring ichida bitta
Oʻzim yoring boʻlay. (x1+x1)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!