🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozoda Nursaidova - Toʻy gulxani

2.1K marta oʻqildi
Ozoda Nursaidova - Toʻy gulxani
Qonim sachrab sochilsam,
Tomchilasam, to`kilsam,
Oyog`ingga yiqilsam,
Kelasanmi, ayt yorim? (x2)

To`y gulxani yonadi,
Yor-yor jonim oladi.
Sendan keyin, yolg`izim,
Menda nima qoladi? (x2)

Sevgini siylagan men,
Jonini qiynagan men,
Surnaymas, yig`lagan men,
Sezasanmi, ayt yorim?

Surnaymas, yig`lagan men,
Sezasanmi, ayt yorim?

Sevgimga nima deyman,
Ko`nglimga nima deyman?
Ko`zim to`la g`am-alam,
Sezasanmi, ayt yorim?

To`y gulxani yonadi,
Yor-yor jonim oladi.
Sendan keyin, yolg`izim,
Menda nima qoladi?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!