🎵 Qoʻshiq matnlari

Sherbek Shodiyev - Raʼno

2.4K marta oʻqildi
Sherbek Shodiyev - Raʼno
Yuzlaringdan nur yog`iladi,
Sen kulganda dur yog`iladi,
Go`yo ko`kdan hur yog`iladi,
Hurlar ichra hurmisan, Raʼno?
Durlar ichra durmisan, Raʼno?

Seni ko`rib, o`zimdan tondim,
Ishq yo`q, degan so`zimdan tondim,
Yotga boqmas ko`zimdan tondim,
Suymaganlar na bilsin, Raʼno,
Kuymaganlar na bilsin, Raʼno?

Raʼno, Raʼno,
Suymaganlar na bilsin, Raʼno?
Raʼno, Raʼno,
Kuymaganlar na bilsin, Raʼno?

Kipriklaring hayo elaydi,
Izlaringdan ibo gullaydi,
Ko`ngil qurg`ur qayga imlaydi,
Bir o`t yonar jonimda, Raʼno,
Seni ko`rgan onimda, Raʼno.

Oshiqlarning yo`llari toshli,
Ko`pni ko`rdim ko`zlari yoshli,
O`ylamagin Mahmud bardoshli,
So`nggi jonim bo`g`zimda, Raʼno,
Aytar so`nggi so`zimda, Raʼno.

Raʼno, Raʼno,
So`nggi jonim bo`g`zimda, Raʼno.
Raʼno, Raʼno,
Aytar so`nggi so`zimda, Raʼno.

Raʼno, Raʼno,
Suymaganlar na bilsin, Raʼno?
Raʼno, Raʼno,
Kuymaganlar na bilsin Raʼno?

Hurlar ichra hurmisan, Raʼno?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!