🎵 Qoʻshiq matnlari

Bahodir Mamajonov - Keldim yana

3.3K marta oʻqildi
Bahodir Mamajonov - Keldim yana
Qo`limda sozi-setorim,
Keldim yana, keldim yana.
Tilimda shakkari-bolim,
Keldim yana, keldim yana.

Qolmasin ko`ngilda armon,
Aytay so`zim, aytay so`zim.
Yuzim xandon dilim giryon,
Keldim yana, keldim yana.

Yuzim xandon dilim giryon,
Keldim yana, keldim yana.

Quyoshsiz qolganim sezdim
O`zimning osmonimda,
Bodomlar gullamay qoldi
Mening bog`u-bo`stonimda.

Saharlar dod etar ko`nglim,
Bu beshafqat gunohimdan.
Xiyonat yurtini tashlab,
Keldim yana, keldim yana.

Xiyonat yurtini tashlab,
Keldim yana, keldim yana.

Ketarda o`ylamay bosgan
Tikonimni kechirgaysan.
Hayotim beg`ubor, do`stim,
Zabonimni kechirgaysan.

Beayb tanho Egam,
Chorasiz qolmayin men ham.
O`zim bemor, o`zim bedor,
Keldim yana, keldim yana.

O`zim bemor, o`zim bedor,
Keldim yana, keldim yana.

Xiyonat yurtini tashlab,
Keldim yana, keldim yana. (x2)
Keldim yana, keldim yana… {x2}
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!