Zulayho Boyxonova - Shahloga tushdi

Qayerdan ko`z, ko`zi shahloga tushdi?
Bu ishqim sho`xu-beparvoga tushdi. {x2}
Demay bir men ko`rib, ovora bo`ldim,
Ko`rib ohu yo`li sahroga tushdi. {x2}
Boqolmasdan nigorimga, qiyo husniga,
Hijolat bardaviy dunyoga tushdi.
Qadam qo`yganda u keng gulshan ichra,
Bezab o`zni chaman, oroga tushdi. {x2}
Qizil edi yuzi raʼnoning bog`da-yey,
Ko`rishda dog`lar raʼnoga tushdi.
Uzoqdan lutf etib sog`inganim chog`,
Ko`rishgach, nozu-istig`noga tushdi. {x2}
Bu ishqim sho`xu-beparvoga tushdi. {x2}
Demay bir men ko`rib, ovora bo`ldim,
Ko`rib ohu yo`li sahroga tushdi. {x2}
Boqolmasdan nigorimga, qiyo husniga,
Hijolat bardaviy dunyoga tushdi.
Qadam qo`yganda u keng gulshan ichra,
Bezab o`zni chaman, oroga tushdi. {x2}
Qizil edi yuzi raʼnoning bog`da-yey,
Ko`rishda dog`lar raʼnoga tushdi.
Uzoqdan lutf etib sog`inganim chog`,
Ko`rishgach, nozu-istig`noga tushdi. {x2}
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!