🎵 Qoʻshiq matnlari

Mahmud Namozov - Kuygan yor

1.9K marta oʻqildi
Mahmud Namozov - Kuygan yor
Bog` ichinda bir daraxt,
Yolg`izligidan bebaxt,
Yolg`izligidan bebaxt,
Kuygan yor. (x2)

Yashil edi barglarim,
Sarg`aytirdi dardlarim,
Sarg`aytirdi dardlarim-ey,
Kuygan yor. (x2)

Kuzga mezon osib o`t,
Xazonimni bosib o`t, kuygan yor.
So`rmading bir holimni,
Kuz oldi-ku jonimni, kuygan yor.

Yashil edi barglarim,
Sarg`aytirdi dardlarim,
Sarg`aytirdi dardlarim-ey,
Kuygan yor. (x2)

O`sha meni hech kim sog`inmagan shom,
Ofto bekatida vayrona turdim.
Boshimni ko`tarib boqdim bir zamon,
Qarshimda bir yigit, bir qizni ko`rdim.

Toshkentday shaharda, balki dunyoda
Hammadan yagona, go`zal edi qiz.
Chiqmasa ham telba orzum ro`yobga,
Bo`zlab qarshisiga cho`kkim keldi tiz.

Bog` ichinda bir daraxt,
Yolg`izligidan bebaxt,
Yolg`izligidan bebaxt,
Kuygan yor. (x2)

Yashil edi barglarim,
Sarg`aytirdi dardlarim,
Sarg`aytirdi dardlarim-ey,
Kuygan yor. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!