🎵 Qoʻshiq matnlari

Faxriddin Umarov - Jismu-zorim

1.8K marta oʻqildi
Faxriddin Umarov - Jismu-zorim
Yo qoshing yanglig` egilgan jismi zorimnimu deyin? {x2}
Yo sochingdek tiyra bo`lg`on ro`zgorimnimu deyin?

Hajri qotil birla ko`nglum holatinmu sharh etay,
Dardi muhlik ichra joni beqarorimnimu deyin?

Kunduz o`lsa, tungacha aytaymu bepoyon g`amim,
Kecha bo`lsa, tongg`a tegru holi zorimnimu deyin? {x2}

Bobur, ul oyning quyoshdek orazi hijronida, {x2}
Tongg`a tegru har kecha yulduz sanorimnimu deyin?

Yo sochingdek tiyra bo`lg`on ro`zgorimnimu deyin…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!