🎵 Qoʻshiq matnlari

Lobar Umarova - Emasmidim loyiq

2K marta oʻqildi
Lobar Umarova - Emasmidim loyiq
Yo`llar ayirdi ikki tomonga,
Sevgi qorishdi araz, gumonga.
Azoblar berib mendek yomonga,
Tashlab ketding, emasmidim loyiq? (x2)

Jonimsan, jonimsan,
Tanda oqar qonimsan.
Senga o`zim hammadan
Emasmidim loyiq?

Yillar o`tar, tilim lol,
Eslamaysan ehtimol.
Ketding desam, birga qol,
Emasmidim loyiq?

Yoningda yoring, dilimda alam,
Titratar ko`kni chekkan oh, nolam.
Baxtli bo`l endi, ko`zimda jolam,
Tashlab ketding, emasmidim loyiq?

Tunlarim bedor, yuragimda g`am,
Ko`zim yoshlanar seni eslasam.
Tog`dek boshimni nechun etib xam,
Tashlab ketding, emasmidim loyiq?

Jonimsan, jonimsan,
Tanda oqar qonimsan.
Senga o`zim hammadan
Emasmidim loyiq?

Yillar o`tar, tilim lol,
Eslamaysan ehtimol.
Ketding desam, birga qol,
Emasmidim loyiq?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!