💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar top 10 taligi

2 daqiqa 3.6K marta oʻqildi
Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar top 10 taligi
Sayyoramizda eng kichik maxluqotlarning ham inson hayoti uchun xavfli boʻlgan zahari boʻlishi mumkin. Ushbu maqolada dunyodagi zahari eng kuchli jonzotlar haqida hikoya qilinadi.

10-oʻrin. Oʻrta Osiyo kobrasi
Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar top 10 taligiBu ilonning chaqishidan keyin odam holsiz boʻla boshlaydi, keyin tirishish boshlanib, nafas olish tezlashadi va tegishli choqalar koʻrilmasa, oʻlim bilan yakunlanadi. Oʻrta Osiyo kobrasining oʻldiradigan zahari 1 kg ga 0,85 milligramni tashkil etadi. (mg/kg)

9-oʻrin. Braziliyaning askar oʻrgimchagi
Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar top 10 taligi2010 yilga qadar 0,045 mg/kg korsatkichi bilan “qora beva” eng zaharli oʻrgimchak hisoblanar edi. Ammo keinchalik Braziliya askar oʻrgimchagining zahari ikki barobar kuchli ekanligi aniqlandi. Bu zahar inson qoniga tushsa, butun qon tizimini ishdan chiqarib, 85% holda yurak toʻxtashiga sabab boʻladi.

8-oʻrin. Konus geografik mollyuski
Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar top 10 taligiBir qarashda chigʻanoqni eslatadigan bu maxluqotni zaharli, deb boʻlmaydi. Ammo uning zahridan Tinch okeanida yiliga 2-3ta odam halok boʻladi. Zahari 0,012 mg/kg ga teng.

7-oʻrin. Chirikita baqasi
Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar top 10 taligiDunyodagi eng zaharli baqalardan biri hisoblanadi. Zahri 0,01mg/kg ga teng.

6-oʻrin. Sariq chayonChayonning bu turi chaqqanda 95% holda oʻlim bilan yakunlanadi. Zahrining koʻrsatgichi 0,009 mg/kg ga teng.

5-oʻrin. Fugu baligʻi
Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar top 10 taligiZahar baliqning toʻqimalarida joylashgan boʻlib, u inson organizmiga tushganda nerv kanallarini ishdan chiqaradi. Fugu baligʻining goʻshtidan zaharlanish hollari 80% holda oʻlim bilan yakunlanadi. Zahrining koʻrsatgichi 0,008 mg/kg.

4-oʻrin. Taypan
Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar top 10 taligiBu ilonning chaqishi inson hayoti uchun xavfli. Uning zahriga qarshi antidot ishlab chiqargunga qadar 90% holda odamlar halok boʻlar edi. Zahrining koʻrsatgichi 0,002mg/kg ga teng.

3-oʻrin. Daraxt baqasi
Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar top 10 taligiBu dunyodagi eng zaharli baqa sanaladi. Zahar uning terisi tomonidan ishlab chiqariladi. Shuning uchun ularni qoʻlga olishning oʻziyoq oʻlimga sabab boʻlishi mumkin. Bu baqaning zahridan hindular zaharli oʻqlar tayyorlashda foydalanganlar.

2-oʻrin. Koralli poliplar
Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar top 10 taligiZahar inson organizmiga tushar ekan, koʻkrak qafasida qattiq ogʻriq hosil qilib, bir necha daqiqada oʻlimga olib keladi. Zahri shunchalik kuchliki, 0,00015 mg/kg ni tashkil etadi.

1-oʻrin. Barg yeyuvchi Afrika qoʻngʻizi
Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar top 10 taligiBu qoʻngʻiz dunyodagi hayvonlar tomonidan ishlab chiqariladigan eng kuchli zaharga ega. Zahar hattoki qoʻngʻizning lichinkalarida ham mavjud. Zahrining koʻrsatgichi 0,000025mg/kg ga teng.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!