Roʻmol oʻrash usullari - zamonaviy va mashhur uslublar, foto va video

Roʻmol oʻrashning koʻplab usullari mavjud. Ularning har biri muayyan toifadagi ayollar uchun mos keladi. Sochlari yopiq boʻlgan xotin-qizlar sirli, odobli koʻrinadi, oʻziga ortiqcha eʼtibor tortmaydi. Quyida eng chiroyli va mashhur uslublar haqida.
ROʻMOL TANLASH
Umuman olganda, oʻrash uchun nafaqat roʻmol, balki shol, bandana, palantin, kosinka ham mos keladi. Sifatli qalinroq roʻmol yoki sharfni esa boʻyinga ham, boshga ham oʻrash mumkin.
Tabiiyki, har qanday aksessuar qishki yoki yozgi boʻlishi mumkin. Bu matoning qalinligi, tuzilishi, zichligiga va hatto rangiga bogʻliq. Misol uchun, odatda yozgi roʻmollar och rangda boʻladi, ular issiqlikni yutmaydi va boshni salqinlikda saqlaydi. Rang tanlashda u nafaqat faslga, balki ayolning teri rangiga, kiyimi va boshqa aksessuarlariga mos kelishi kerak.
Roʻmol oʻrash ob-havo sharoitlaridan himoya qilish, dekorativ rol bajarish, maʼnaviy va diniy maʼnoga ega boʻlish yoki modaga rioya qilish maqsadlarida kerak boʻlishi mumkin. Quyida har biri haqida batafsil.
ODDIY USUL
Tabiiyki, roʻmolni diagonaliga bukib, peshonaning tepa tomonidan tashlab, iyak ostiga olib kelib tugish yoki shunchaki yoyiq qoldirish, bitta burchagini esa ortga tashlab qoʻyish eng oson uslublardan biri. Biroq shu kabi boshqa oddiy usullar ham yoʻq emas.
Masalan, quyidagicha bandana uslubida oʻrash ham mumkin:

Bundan tashqari, roʻmolni diagonaliga boʻlib, bir burchagini ortga tashlab qoʻyish, ikki uchini esa sochlarga oʻramagan holda sochlar ostidan olib oʻtib, tugib qoʻyish mumkin.
Quyidagi usulda esa qishki palantinni ham, junli sholni ham, doka roʻmolni ham oʻrash mumkin:

GOLLIVUD USLUBI
Bunday uslub uchun roʻmol yetarlicha katta boʻlishi talab etiladi. Uslubning gollivudcha deb atalishi sababi — koʻplab aktrisalar va yulduzlar aynan shu tarzda roʻmol oʻrashlarida. U sochlarni himoylashga yordam beradi. Kattaroq koʻzoynaklar bilan esa tashqi koʻrinishni oʻzgartiadi, jozibali va sirli obraz yaratadi.
Gollivudcha uslubda oʻrash uchun roʻmol diagonali boʻylab bukiladi va hosil boʻlgan uchburchakning yopiq tomoni peshona yuqorisidan tashlanadi (peshona chizigʻigacha keltirilmaydi). Erkin qolgan uchlari bilan boʻyin bir marta oʻralib, orqa tarafda (baʼzan esa iyak ostida) tugib qoʻyiladi (quyidagi tasvirdagi kabi).

Roʻmol bogʻlashni osonlashtirish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish mumkin:
Siljib ketishni oldini olish uchun sochlar va roʻmolga biroz soch uchun lak sepish kifoy;
Ikkita oynadan foydalaning — old tomondagi katta oyna roʻmolni boshga bogʻlashni koʻrish uchun boʻlsa, orqa tomondan kichikrogʻi uning uchlarini chiroyli tarzda tugish uchun;
Roʻmolni sochlarga ham bir marta oʻrab olish noyob imidj yaratadi;
Roʻmol joyida mustahkam turishi uchun «nevidimka»lardan foydalanish;
Quyosh nurlaridan himoylovchi sharfcha yoki bandanani soch uchun rezina yordamida qotirish mumkin;
Qish oylarida roʻmol shamolda oʻynamasligi uchun muayyan bir uslubda oʻralishi joiz.
SALLA USLUBI
Kuz va qish fasllarida boshni issiqda saqlash uchun salla usulida roʻmol oʻrash mumkin. Bu ayolni ob-havo buzilishi, yogʻingarchilikdan himoyalaydi, soch turmagini saqlab qoladi va individuallikka urgu beradi. Salla oʻrash uchun uzun va ken roʻmol kerak, lekin ayni paytda u juda qalin boʻlmasligi zarur. Ideal variant — palantin. Quyida klassik usulning tasviri keltirilgan.

Boshqa variantlar — roʻmol yetarlicha uzun boʻlsa, uning erkin uchlari peshonaga kelib tutashganda, ularni chiroyli gul shaklida qilib tugish mumkin. Bundan tashqari, ular nafaqat peshonada, balki boshning yon yoki orqa tomonlarida tutashtirilishi ham chiroyli koʻrinadi.

QISHKI VARIANT
Sovuq ob-havoda qalinroq roʻmol diagonal qilib bukilib, boshga yengil qilib oʻraladi, biroq erkin uchlari iyakda tugilishi shart emas. Tugunni pastroqda, oʻmrov suyagi sohasida tugish mumkin. Bundan tashqari, qish oylarida shollar, palantin va pavloposad uslubi keng ishlatiladi.

Palatin har qanday palto uchun mos keladi — koʻpincha bunday roʻmollar ayolning koʻzlari va kiyimiga urgʻu beradi. Palto bilan gollivudcha uslubda oʻralgan roʻmol kiyish ham mumkin.
Lekin moʻynali kiyimlar, masalan shubaga kelganda, yorqin pavloposadcha shol yoki aksincha, tekis rangli roʻmol tanlash yaxshi. Agar tanlov bosh kiyimi yoki palantin oʻrtasida boʻladigan boʻlsa, albatta, palantinni tanlash afzal. Chunki bugungi kunda moʻynali kiyimlar bilan bosh kiyim kiyish urfda emas.

Pavloposadcha uslubda oʻrash uchun roʻmol uchburchak qilib qatlanadi va boshga tashlanadi (yuqoridagi rasmdagi kabi). Agar sochlar uzun boʻlsa, unda bir necha tolasini roʻmol ostidan chiqarib olish mumkin, agar kalta boʻlsa, roʻmol ostiga yashirgan yaxshi.
MUSLIMALAR UCHUN
Boshga roʻmol oʻrash masalasida hech kim muslima ayollardan oʻzib keta olmaydi. Ular buning sir-asrorlarini yoshlikdanoq oʻrganishadi va u siljib ketmasligi uchun koʻplab sir-asrorlarni bilishadi.

Quyidagi videoda roʻmolni islomiy odatlarga mos keladigan qilib, xususan xijob bogʻlash haqida soʻz yuritiladi:

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!