🌙 Tush tabiri

Tush tabiri kitobida nima

19 daqiqa 5.7K marta oʻqildi
Tush tabiri kitobida nima
Tushda muz koʻrsa. Kim tushda muz koʻrsa, yovuz odamlar unga zarar etkazadilar. Kimki tushida tiniq suv yuzida suzib ketayotgan muzni koʻrsa, hasadgoʻylar qilgan harakat tufayli uning omadi ketibdi. Tush sohibi muz ustidan ketayotgan boʻlsa, oʻngida arzimagan sabab bilan oʻz obroʻsiga zarar keltiradi. Qiz bola muz ustida ketayotgan boʻlsa, oʻngi da bir ish qilib, sharmanda boʻladi. Boʻgʻotdan osilib turgan sumalak — qashshoqlikka ishora.

Mushukning erkagi. Qiz bola tushida mushukning erkagini koʻrishi, oʻngida uzoq kutgan tanishuvga erishadi. Chorshanbadan payshanbaga oʻtar kechasi bu tush sodir boʻlsa, oddiy- gina masalada yaqin odamingiz bilan umumiy til topisha olmaysiz, shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi bu tushni koʻrsangiz, hayotni oʻrganishingiz sizga ortiqchalik qilmaydi. Agar yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasi bu tush ayon boʻlsa, oʻngingizda kuchli bir odam bilan tanishasiz va u sizning hayotingizga ham, ishlaringizning rivojiga ham samarali taʼsir oʻtkazadi.

Tushda odam. Tushingizda na ayolligi, na erkakligi maʼlum boʻlgan odamni uchratsangiz, oʻngingizda ish joyingiz oʻzgaradi Agar tushdagi odam yuqori bir joyda turgan boʻlsa, oʻngingizda hayotingizda keskin oʻzgarishlar sodir boʻladi, lekin bu oʻzgarishni yaxshi tomonga burish sizdan koʻp kuch talab qiladi. Tushingizda yovuz odamni koʻrsangiz, oʻngingizda oʻzingiz ham, yaqinlaringiz ham xafachilikni koʻradi.

Tushda oy. Oyni tushda koʻrish — uchrashuvga ishora. Agar oy yuzida dog‘ koʻrsangiz, oʻngingizda bu uchrashuv sizga quvonch keltirmaydi, agar oy yaraqlab koʻzni quvontirib tursa, uchrashgan odamingiz sizga quvonch keltirishi mumkin. Oy tutilishi. Agar tushingizda oy tutilishini koʻrsangiz, oʻngingizda ehtiyot boʻling, biron narsangizni yoʻqotasiz, ammo bu yoʻqotishdan keyin yana oʻsha narsani topishingiz mumkin.

Tushda olma. Tushda olmani koʻrish hamisha yaxshilikka taʼbir qilinadi. Daraxtning koʻm koʻk barglari orasidagi qizil olmani tushda koʻrish barcha jihatlarda ham ezgulikka deb taʼbir qilinadi. Agar chirigan olmani tushda koʻrsangiz, oʻngingizda har qanday holatda koʻngilsizliklardan ehtiyot boʻling.

Oliy oʻquv yurtlarida oʻqiydigan talaba qizlar yoki maktabni bitiruvchi qizlar tushlarida yetilgan olma koʻrsa, orzu va umidlari roʻyobga chiqadi. Demak, ular hech qanday toʻsiqlardan qoʻrqmay dadil oldinga qadam tashlashlari kerak.

Tushda ota-ona. Tushda ota-onani koʻrish koʻp hollarda xayrlikdir. Agar oʻz onasini tushda koʻrsa, rizqining ortishiga ishora. Otani tushda koʻrish ham rizqqa taalluqli; agar ota yaxshi holatda koʻrinsa, rizqi moʻl boʻladi, bemor boʻlsa, shifo topadi, biron narsasi yoʻqolgan boʻlsa, topib oladi.

Ota- ona tushda quvnoq kayfiyat bilan koʻrinsa, oʻzgalar bilan munosabat va muomalalarda yaxshilik boʻladi. Ular tushda xotirjam va baxtiyor suratda koʻrinsalar, hayotda yaxshi oʻzgarishlar roʻy beradi. Qiz ota-onasini shu holda koʻrsa, erga tegishiga va hayotining yaxshi boʻlishiga ishora.

Ot tushda. Tushingizda ogʻir yukli aravani tortib ketayotgan otni koʻrsangiz, oʻngingizda hamma ishni oʻz zimmangizga olmang, yukning bir qismini eringizning ham gardaniga orting.

Tushda oshxona. Bu tush hamma uchun biron narsani anglata- vermaydi, ammo ayol oʻz oshxonasining ozoda va saranjom ekanligini koʻrsa, oʻngida atrofdagilarning sevimlisiga aylanadi.

Oshxona jihozi. Hozirda koʻp qavatli uylarda istiqomat qiladiganlar oshxonani mebel bilan jihozlaydilar va oʻsha erda taomlanadilar. Agar tushingizda oshxonada oʻtirib nonushta qilayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda muvaffaqiyatga hamda qarindoshlaringiz bilan murosaga ishora.

Agar oshxona jihozlarining singanligini koʻrsangiz va bu tush payshanbadan jumaga oʻtar kechasi sodir boʻlsa, oilaviy baxtingiz tugaganligidan dalolat.Chorshanbadan payshanbaga oʻtar kechasi yoki jumadan shanbaga oʻtar kechasi tushingizda oshxona jihozi sotib olsangiz, oʻngingizda jiddiy koʻngilsizliklar boʻladi, ammo doʻstlaringiz bu koʻngilsizliklardan qutulishingizda yordam beradilar.

Pari va alvasti. Tushda pari va alvastini koʻrish yolgon gapga deb taʼbir qilinadi. Bu — birinchi taʼbir. Ikkinchidan, bunday tush koʻrgan odam kimlar bilandir garoyib voqealarga duch keladi. Bu garoyibotlar xor boʻlishga va tushkunlikka olib keladi. Agar tushida pari va alvasti hujum qilsa, tush sohibasi savdo ishi bilan shugullansa, ishiga zarar etadi.

Oilasida ham notinchlik boʻladi. Agar qarib-chirigan qari pari va alvastilar tushga kirsa, bemorlikka dalolat, agar yosh, oʻynoqilari tushga kirsa, oʻngda kishi hayratga tushadi. Bunday tushni shaytoniy deydilar. Magʻribiyning aytishicha, iblis kishining tushiga turli qiyofalarda kirib vasvasa qiladi, shulardan biri pari va alvasti qiyofasidir.

Tushga soch kirsa. Kimki tushida sochlarining quyuq va uzun boʻlganligini koʻrsa, boylik, sharaf va uzoq umr dalolatidir. Kimki sochlari orasida oq koʻrsa, eri tufayli tashvishga qoladi. Agar ayol kishi boshi ochiqligini koʻrsa, ketgan eri qaytib keladi, agar ayol turmush qurmagan boʻlsa, erga tegadi. Agar sochini kimlardir olib tashlayotgan boʻlsa, eridan taloq oladi. Qizlar tushida soch oʻrsa, turmushga chiqib, hurmat koʻradi.

Tushda tahorat olish. Kimki tushida tahorat olayotgan boʻlsa, oʻngida gunohlardan forig‘ boʻladi. Kimki tushida mukammal tahorat olayotgan boʻlsa, oʻngida qashshoqlik va gam-anduhdan ketadi. Ibodat oldidan oddiygina tahorat olayotgan odam ungida omonatdorlikdan xalos boʻladi.

Tushda tovuq. Agar tushingizda tovuq hovlini chir aylanib yurganini koʻrsangiz, oʻngingizda mehmon keladi va uning uchun anchagina sarf qilishingizga toʻgri keladi. Bu tush chorshanbadan payshanbaga oʻtar kechasi sodir boʻlsa, oʻngingizda ehtiyot boʻlishingiz kerak, sizni firibgarlik ishiga jalb etishlari mumkin.

Tush shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi sodir boʻlsa, ichingizdagi hamma gapni uchragan odamga aytaverish kerakmasligini anglatadi, agar yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasi bu tush voqea boʻlsa, ishingizda toʻsiq paydo boʻlib, bir oʻzingiz uni engib oʻtolmaysiz.

Togʻlar tushda. Tushda togʻlarni koʻrish toʻsiqlarni anglatadi. Agar tushingizga togʻlar kirsa, uzoq vaqt rejalashtirgan ishlaringiz amalga oshmay qoladi. Tushingizda qor bilan qoplangan choʻqqi koʻrinsa, oʻngingizda nima boʻlganda ham rejalaringizning amalga oshishi uchun harakat qilishingiz, bor kuchingizni shu ishga tashlashingiz kerak.

Agar tushingizda oʻrmalab tog‘ tepasiga chiqib ketayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda maqsadingizga erishishga yaqin qolibdi va mehnatlaringiz oʻz qadrini topadi. Agar tushingizda oʻzingizni tog‘ choʻqqisida koʻrsangiz, hayotingizda tub oʻzgarishlar sodir boʻladi.

Turmushga chiqish. Tushingizda oʻz toʻyin- gizga kechikib kelsangiz, oʻngingizda ziyonga uchraysiz. Qiz bola oʻzining erga tekkanligini koʻrsa, oʻngida uning isteʼdodini boshliqlar sezib, yuqori oʻrinlarga koʻtaradilar.

Agar bunday tushni koʻrgan qiz ishlamasa, oʻqiyotgan boʻlsa, u holda barcha imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, oshirilgan nafaqa oladi. Tushingizda barmogingizda nikoh uzugini koʻrmasangiz, oʻngingizda eringiz sizga xiyonat qiladi.

Tushda tufli. Kimki tushida yangi tufli kiysa, oʻngidagi farovonlikka ishoradir. Jumadan shanbaga oʻtar kechasi bunday tush koʻrgan odam ungida kim bilandir ziddiyatga boradi. Yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasi kimki magazin koʻrgazmasida tufli koʻrsa, oʻngida uni omadsizlik kutadi; pul muammolarini hal qila olmaydi.

Dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi kimki tushida tuflini oyogʻiga oʻlchasa va u kichkina boʻlsa, ungida barcha yaqinlari bilan janjallashadi. Payshanbadan jumaga oʻtar kechasi kimki bolasiga tufli olayotgan boʻlsa, oʻngida yaxshi xabarlarni kutsin.

Qaysiki ayol tushida tuflini teskari kiysa, oʻngida mahbubi bilan janjallashadi. Chorshanbadan payshanbaga yoki payshanbadan jumaga oʻtar kechasi bunday tush ayon boʻlsa, oʻngida adolatsizlikka duch keladi.

Uzuk tushda. Dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi tushingizda uzuk taqsangiz, bolalaringiz sizga quvonch olib keladilar. Yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasi bu tush sodir boʻlsa, eringiz bilan munosabatlaringiz iziga tushadi. Jumadan shanbaga )ggar kechasi tushingizda uzugingiz singan boʻlsa, oilangiz buzilishi kutiladi. Umuman tushda uzuk koʻrish muhabbat ramzi hisoblanadi.

Uy tushda. Bu tush sizni ham ogohlantiradi, ham sevintiradi: agar boshqa uyga koʻchayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda ishlaringiz yurishmay qolishi mumkin. Tushingizda biron uy egasi- ni koʻrsangiz, zshgingizda boy kishilar bilan sheriklik qilib katta foyda olasiz. Avvalgi uyni koʻrish — yaxshi xabarlar ramzi.

Avvalgi uyingiz orasta boʻlsa, uzoq vaqt rohat-farogʻatda yashaysiz. Qiz tushida uyidan ketib qolsa, oʻngida asab buzar gʻiybatga qoladi. Tushingizda oʻz uyingizni topolmay sarson boʻlayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda odamlarga boʻlgan ishonchingizni batamom yoʻqotasiz.

Tushda uy almashtirish. Bu tush muhabbatga xiyonat, deb taʼbir qilinadi.

Folchi. Tushingizda folchini koʻrsangiz va uning gaplariga quloq solsangiz, oʻngingizda botil va foydasiz narsalar bilan shugʻullanar ekansiz. Tushda ayol oʻz-oʻziga fol ochayotgan boʻlsa, qachondir boshlanib qolib ketgan bir ish uni bezovta qilyapti. Balogatga etgan qiz oʻz-oʻziga fol ochayotgan boʻlsa, oʻngida kelayotgan sovchilardan birini tanlashi kerak.

Tushda xarsangtosh. Tushingizda xarsangtosh ayon boʻlsa, oʻngingizda hamkasblaringiz xizmat pillapoyalaridan koʻtarili- shingizga xalal beradilar. Agar xarsangtosh yoʻl chetida tur- gan boʻlsa, oʻngingizda sizga xalal beruvchilarning niyatlari koʻpda amalga oshmaydi.

Yoʻl ustida turgan boʻlsa, hushyor boʻlishingiz kerak ekan. Agar tushingizdagi xarsangtoshning ustida qirralar boʻlsa, qarindoshlaringiz bilan munosabatlaringiz taranglashadi, oilada tinchlikni oʻrnatish uchun har qanday urinish ular tomonidan notoʻgʻri qabul qilinadi. Xarsantosh usti silliq boʻlsa, munosabatlarni yaxshilash sizga bogliq.

Tushda xotin. Agar tushingizda kimningdir xotini boʻlsangiz, oʻngingizda boshlagan, ammo tashlab qoʻygan ishingizni davom ettirishingiz lozim ekan, lekin bu sizdan kuch va gayrat talab qiladi. Tushingizda kimningdir xotini boʻlsangizu, ammo yuzingiz choʻtir boʻlsa, oʻngingizda katta boylikni qoʻlga kiritasiz.

Agar tushingizda baxtiyor xotin boʻlsangiz, oʻngingizda har qanday tavakkal ishni qilishingiz mumkin, har bir ishingiz muvaffaqiyatli yakunlanadi. Agar nuqul eringiz bilan janjallashadigan xotin boʻlsangiz, oʻngingizda hammadan dakki eshitasiz.

Tushda xoʻroz. Agar tushingizda xoʻroz qichqirsa, bilingki, ashula aytishga isteʼdodingiz bor ekan. Agar xoʻroz tovuq bilan don olishsa, demak, oʻngingizda shaxsiy hayotingiz joyida boʻladi. Tushingizda xoʻroz sizni choʻqisa, ungingizda kimdir sizga allaqachon unutib yuborgan bir ishni eslatadi.

Bunday tush haftaning juft kunlari roʻy bersa, siz bir ixtironi amalga oshirasiz va bundan hamma xursand boʻladi, agar tush haftaning toq kunlari roʻy bersa, narsalaringizni oʻgʻirlatishdan ehtiyot boʻling.

Tushda chelak.
Kimning tushida uyidagi chelagi suvga toʻla boʻlsa, oʻngida yaxshi ishlarni amalga oshiradi, chelak boʻsh boʻlishi koʻngilsizlikka olib keladi. Chelak suvning ichida boʻlsa, yorugʻlik va obroʻdir.

Tushda chivin. Behuda gaplarni eshitishga yoʻyiladi.

Tushda chiroq. Kimki tushida yonib turgan chiroqni koʻrsa, salo- matlik va uzoq umr koʻrishiga ishoradir.

Tushda choyshab. Juftlik munosabatlarining barqarorligi.
Tushda chumoli. Tushda chumoli inini buzish — oʻngdagi falokatga ishora. Agar tushingizda chumolilar har tomonga tarqab ketayotgan boʻlsalar, hayotingizdagi noxush kunlar tugaganidan dalolat.

Chumchuq tushda. Nomaʼlumlik va hodisalarning almashinuvini anglatadi. Agar tushda uni kimdir oʻldirsa, oʻngdagi falokatga ishora. Agar uni qafasga solayotgan boʻlsangiz oʻngdagi kasal boʻlishingizdan dalolat. Chumchuqning chirqillashini tushingizda eshitsangiz, oʻngingizda shaxsiy muammolaringizning hal boʻlishida toʻsqinliklar boʻladi. Yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasidagi tushingizda chumchuq koʻrsangiz hech narsani anglatmaydi.

Choʻl tushda. Tushingizga qaqragan choʻl kirsa, oʻngingizda anchadan beri koʻrmoqchi boʻlgan odamingizni uchratishga boʻlgan intilishingiz behuda ketadi. Agar choʻl koʻkalamzor boʻlsa, oʻsha odam bilan uchrashuvingiz tez orada sodir boʻladi va umidlaringiz roʻyobga chiqadi.

Choʻchqa tushda. Tushingizga choʻchqa kirsa, bilingki, hayotingizga kimdir aralashmoqchi. Agar tushingizda choʻchqa yugurayotgan boʻlsa, shuni esda tutingki, bolalar u yoqda tursin, hatto eringizga ham hamma narsani gapiravermang.

Bu tush dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi voqe boʻlsa, oʻngingizda oilada ham, ishxonada ham oʻz mavqeingizni suisteʼmol qil- mang. Qiziq bir dalil: dengizchilarning suhbatida agar choʻchqa haqida gap ketsa, uning nomini boshqacha ataydilar.

Tushda sham. Shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi tushingizda derazadan sham yorugʻini koʻrsangiz, bu shgingizdagi baxtiyor keksalikka ishora boʻladi. Dushanbadan seshanbaga yoki yak- shanbadan dushanbaga oʻtar kechasi tushingizda sizga yonib turgan sham bilan shamdon sovgʻa qilsalar, oʻngingizda eng qiyin damlarda gʻoyibdan yordam olasiz.

Shamol tushda. Agar tushingizda shamol turganligini koʻrsangiz, oʻngingizda yaqin oʻrtada hayotingiz uchun muhim boʻlgan voqealar sodir boʻladi. Tushingizda sovuq shamol turgan boʻlsa, oʻngingizdagi ziyonga ishoradir.

Agar tushingizda yoqimli shamol esayotgan boʻlsa, oʻngingizda barcha ishlar sizning foydangizga hal boʻladi. Agar tushingizda shamol yordamida qayiqda suzib ketayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda imkoniyatlarni qoʻldan bermas ekansiz. Tushingizda shamolga qarshi borayotgan va shamol sizni chayqatayotgan boʻlsa, oʻngingizdagi barcha urinishlaringiz chippakka chiqadi.

Tushda sharshara. Tushingizda sharshara koʻrsangiz, oʻngingizda hech esingizdan chiqmaydigan bir ziyofatda inggirok etasiz.

Tushda shippak. Tushda shippak koʻrish — muhabbat masalalarining muvaffaqiyatsiz tugashidan dalolat. Payshanbadan jumaga oʻtar kechasi tushingizda shippak koʻrsangiz, oʻngingizda ziyofatlarda ishtirok etib, vaqtingizni xush oʻtkaza siz, ammo keyinchalik bu xursandchiliklar burningizdan chiqadi.

Seshanbadan chorshanbaga yoki chorshanbadan payshanbaga oʻtar kechasi tushingizda oʻng shippakni chap oyogʻingizga, chap shippakni oʻng oyogingizga kiysangiz, oʻngingizda sizning nozu karashmangiz nomussizlik va sharmandalik bilan xotimalanadi. Shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi tushingizda bir oyogʻingizga shippak kiyib, ikkinchi oyogingizda boʻlmasa, oʻngingizda rashkka hadaf boʻlasiz.

Tushda emizikli ona. Kimki tushida emizikli onani koʻrsa va u bolasini emizayotgan boʻlsa, tush sohibasining oʻngida ishlari oʻnglanishi uchun yaxshi sharoit vujudga keladi. Tushda enaga. Tushda enaga koʻrish — kutilmagan yordamga ishora, bemor odam bu tushni koʻrsa sogʻayadi, qarzdor koʻrsa, tez orada qarzidan qutuladi, qashshoq boʻlsa, biron joydan yordam etadi. Mushkulliklar ichida qolgan odamning mushkullari oson boʻladi.

Tushda erkak kishini koʻrsa—agar tushingizda notanish erkakni koʻrsangiz, oʻngingizda qaltis bir ishga qoʻl urasiz. Tushingizda oʻzingizni erkak sifatida koʻrsangiz, oʻngingizda zavqli bir holatni boshdan kechirasiz, ammo buning oqibati keyinchalik bilinadi. Agar tushingizda koʻrgan erkak hibsda boʻlsa, oʻngingizda anchadan beri oʻylab yurgan rejangizni amalga oshirasiz.

Tushingizda koʻrgan erkak artist boʻlsa, oʻngingizda doʻstlaringiz bilan arazlashib qolasiz. Tushingizdagi erkak doʻxtir boʻlsa, oʻngingizda kasalga chalinasiz. Agar tushingizda orzuingizdagi erkakni koʻrsangiz va u bilan quvnab gaplashsangiz, oʻngingizda arzimagan nasra- lar uchun koʻp yigʻlaysiz. Tushingizda boʻyi pastroq odam oʻzidan kuchli kishi bilan urishayotgan boʻlsa, oʻngingizda arzimagan

Tushda yulduzlar koʻrsa. Tushingizda yulduzlarni koʻrsangiz, oʻngingizda hayotingizda oʻzgarishlar boʻlishiga ishoradir. Agar yulduzlar sovuq va koʻkimtir tusda boʻlsa, oʻngingizdagi hodisalar ijobiy boʻladi.

Boshqa samo mavjudotlari sizga bunchalik quvonch keltirmaydi. Agar tushingizda yulduzlar pirpiramasdan tiniq miltillab tursa, bu yaxshilikka taʼbir qilinadi. Agar yulduzlar dam yonib, dam oʻchib tursa, hayotingizda sodir boʻladigan voqealar salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Tushda yasanmoq. Ayol tushida yasansa, oʻngida oʻylamay bosgan qadamidan pushaymon boʻladi.

Tushda yashil. Agar tushingizda yashil rangli narsalarni koʻrsan giz, bilingki, murodingizga etasiz.

Tushda oʻrgimchak. Tushingizda oʻrgimchak yuzingizga tushgan boʻlsa, xonadoningizda «yangi mehmon» paydo boʻladi. Agar tushingizda oʻrgimchak siz tomonga qarab oʻrmalayotgan boʻlsa, oʻngin- gizda kasal boʻlsangiz, tuzalib ketasiz.

Tushda oʻrmon. Tushingizda oʻrmon ichida yangi ekilgan daraxtlar orasidan ketayotgan boʻlsangiz va maysalar sizga qarab intilayotgan boʻlsa, oʻngingizda yaqin oʻrtada sizning orzularingiz amalga oshadi.

Qurigan daraxtlar — qaygʻuga ishora. Qalin daraxtlar bilan qoplangan oʻrmon — omad yor boʻlishiga dalolat. Oʻrmonda barglari toʻkilgan daraxtlarni koʻrsangiz, oʻngingizda ishlaringizning orqaga ketganligini anglatadi. Agar oilali ayol oʻrmon ichida adashib qolsa, bu eri bilan kelisholmasligini bildiradi.

Tushda oʻchoq. Tushida kishi oʻchoq koʻrsa, oʻngida badavlat roʻzgorli boʻlishga ishoradir. Agar tush sohibasining tushida oʻchoq buzilgan boʻlsa, oʻngida neʼmat va rohatini yoʻqotadi.

Tushga oʻgʻri kirsa— Agar uyingizga oʻgʻri tushsa, bu tush oʻtmishda qilgan gunohlaringizni va bu gunohlar uchun vijdon azo- bini tortayotganingizni anglatadi. Oʻtmishda qilgan xatolaringizni tuzatmaguningizcha, vijdon azobi sizni qiynayveradi. Aks holda siz uchun katta xavf bor.

Tushingizda oʻgʻrini tutib olsangiz, demak, sizning togʻni tal- qon qiladigan kuchingiz bor, uni toʻgʻri ishga ishlatishingiz kerak. Agar imkoniyatlarni qoʻldan boy bermasangiz, sizga omad hamisha yor boʻladi. Tushingizda oʻgri biron qimmatbaho narsangizni oʻgʻirlagan boʻlsa, demak, atrofingizda sizni aldaydigan odamlar bor.

Siz oʻngingizda oʻsha aldoqchini topishingiz kerak, aks holda, tinchligingiz buziladi. Agar tushingizda oʻgʻirlangan narsani sotib olayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda sizga tegishli narsani kimdir oʻzlashtirar ekan. Ehtimol bu tushdan keyin uzoq vaqt yashirib yurgan siringiz ochilar.

Atir tushda. Tushda atir iskamoq ungdagi yaxshi xabarga ishoradir. Kimki tushida atir sotib olsa, oʻngida uni kimdir sevar ekan. Agar ayol kishi tushida oʻziga atir sepsa, oʻngida jamiyatda nufuzli oʻrin egallaydi.

Tushda beva. Tushingizda beva boʻlib qolsangiz, demak, hayotda kundoshingiz bor. Erkak kishi tushida bevaga uylansa, oʻngida meros olishiga ishora. Agar boʻydoq tushida bevaga uylansa, oʻngida mahbubasi uni tashlab ketadi.

Tushda bemorlik. Tushingizda oʻzingizni quvvatsiz sezib, mazangiz qochgan boʻlsa, oʻngingizda sogʻligʻingizga eʼtibor berishingiz kerak. Shuningdek, bu tush oʻngdagi koʻngilsiz gaplarga ham ishora.

Agar qochoqlar va jinoyatchilar bunday tush koʻrsalar, jazodan qutulib qolishlari mumkin. Boʻydoqlar bunday tush koʻrsalar, oʻnglarida nikohlari baxtsizlik bilan tugaydi. Keksalarga bu tush oʻngdagi yordamni anglatadi. Qiz bola tushida tuzalmas kasal boʻlsa, oʻngida turmushidan koʻngli toʻlmaydi.

Tushda bilakuzuk. Agar tushingizda bilagingizda bilakuzuk koʻrsan giz va bu bilakuzuk juda chiroyli boʻlsa, shaxsiy hayotingizda xursand boʻladigan katta oʻzgarishlar roʻy beradi. Yoshlarga bu tush oʻngda tez va shoshqich turmush qurishni anglatadi.

Tushda uzum. Tushda uzum koʻrish — baxt, farovonlik, hosildorlik va sevgidagi muvaffaqiyatga ishora. Erkak kishi tushida uzum koʻrsa va uni esa (agar uzum nordon boʻlmasa), quvonchga ishoradir, shu bilan birga ayollar bilan muomaladan foyda olishga dalolat boʻladi. Tushda urugʻsiz uzumni koʻrish ziyondan darak beradi. Agar uzum uzilib, yigʻilayotganini koʻrsangiz, oʻngingizda barcha orzularingiz amalga oshadi.

Tushda uy. Agar tushingizda hamma tomoni yaltirab turgan yoki tilla bilan qoplangan uyni koʻrsangiz, oʻngingizda kungilsiz voqealarga duch kelasiz. Tushda uy sotib olish — oʻngdagi hayotning oʻzgarishiga ishora.

Tushingizda uy qurayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda jamiyatdagi oʻrningiz barqaror boʻlishi va farovon yashashingiz uchun koʻp mehnat qilishingizga tugʻri keladi. Bu mehnat ham aqliy, ham jismoniy boʻlishi mumkin.

Falaj. Tushingizda falaj boʻlib yotib qolgan boʻlsangiz, oʻngingizda yomon tushkunlikka tushasiz. Uz sogʻligingiz haqida qaygʻurishingiz kerak.

Folbin. Tushda folbinning valdirashini eshitish — oʻngdagi muvaffaqiyatsizlikka ishora. Agar tushingizda oʻzingiz fol ochayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda biron narsaga ega boʻlasiz.

Xarita. Agar kimki tushida geografik xaritani sinchiklab qarayotgan boʻlsa, uni xorijiy safar kutadi. Bundan tashqari tush egasining hayotida oʻzgarishlar ham boʻladi; turar joyini oʻzgartirishi mumkin. Agar bunday tushni savdogar koʻrsa, aylanma daromadi koʻpayadi va moli xaridorgir boʻladi.

Xaskash. Ogʻir turmushni anglatadi, ammo siz bu qiyinchiliklardan girromlik bilan chiqib ketishni istar ekansiz. Agar qoʻlingizda xaskash bilan dalaga borayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda oʻzgalarning etishtirgan hosilidan ustalik bilan foydalanasiz.

Xiyobon. Kimki tushida goʻzal, daraxtlar bilan oʻralgan xiyobonda sayr qilib yursa, tez orada xorijiy safarga ketadi yoki hayotida quvonchli hodisalar roʻy beradi. Agar tushdagi xiyobon qorongi boʻlsa, oʻngdagi ishlar chalkashib ketadi.

Xiyonat. Agar tushingizda birontasi sizga xiyonat qilgan boʻlsa, yaqinlaringiz oʻngingizda aldamaydi. Uzingiz kimgadir tushingizda xiyonat qilgan boʻlsangiz, }shgingizda sizni baxtsiz hodisa kutadi.

Tushingizda kimgadir qora ishlarida yordam bersangiz, oʻngingizda ahmoqona ishlaringiz tufayli kimdir jafo koʻradi. Tushingizda mahbubangiz xiyonat qilsa, oʻngingizdagi rashk olovi soʻnadi va munosabatlaringiz avvalgidek qalin boʻladi.

Choyshab. Tushingizda choyshab yuvayotgan boʻlsangiz, oʻngingizdagi xafachilikka ishoradir; oilangizda janjal boʻlib, turmushingiz buzilishgacha boradi. Kambagal odam tushida yuvilgan va dazmollangan choyshab koʻrsa, oʻngida roʻshnolik koʻradi.

Agar birovlar oʻz choyshablarini yuvayotganlarini koʻrsangiz, oʻngingizda siz janjalga aralashib qolib, obroʻyingazga putur etadi. Agar tushingizda yuvilgan choyshabni dorga osayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda boy merosga ega boʻlasiz.

Chopon. Tushingazda keng va uzun choponga oʻralib olgan boʻlsangiz, oʻngangazda sizni kasallik kutadi, bundan tashqari ishlaringizda muammolar tugʻiladiki, ularni bartaraf qilishingiz qiyin kechadi. Agar tushingazda uni yoʻqogsangaz yoki oʻgirlab ketishganini koʻrsangiz, u holda oʻngingazda barcha muammolar changalidan osongina chiqib ketasiz.

Chumchuq. Agar tushingizda koʻp chumchuqlarni koʻrsangiz, oʻngingizda, bilingki, hech narsani osongina qoʻlga kirita olmaysiz, birovlarning yordami sizga etishmaydi. Chumchuq chirqillashi , gʻiybatga ishora.

Chuqurlik. Kimki tushida chuqurlik ichida boʻlib qolsa, oʻngda ishlarning yurishmasligadan dalolat, bundan tashqari tush koʻruvchining qiziquvchanliga yaxshilikka olib bormasligini anglatadi. Agar chuqurdan chiqib olsa, kutilmaganda omad yor boʻladi.

Choʻmilish hovuzi. Tushingizda hovuzda choʻmilayotgan boʻlsangiz, boz ustiga hovuzdagi suv tiniq boʻlsa, oʻngda ishlaringiz yaxshi boʻlib, jamiyatdaga mavqeingiz mustahkamlanadi.

Shamol. Tushda shamolning qattiq esishi — oʻngdagi tez oʻzgarishlarga va zudlik bilan yuborilgan xabarga ishora. Agar tushingizda shamoldan yiqilishdan qoʻrqib bir narsani ushlab turgan boʻlsangiz, oʻngangizda qiyinchilik bilan qashshoqlikdan chiqib olasiz.

Shamol tegirmoni. Tushingizda shamol tegirmonini koʻrsangiz, oʻngingizda tabiat qoʻynida tarallabedod qilib yurasiz. Agar tushingizda shamol tegirmoni yurayotgan boʻlsa, oʻngingizda sizni omad kutadi.

Sharmandalik. Tushda oʻzni sharmandali ahvolda koʻrish — oʻngdagi befarqlik tufayli muhim bir hujjatni yoʻqotishga ishora.

Sharshara. Tushingizda tiniq suvli sharsharani koʻrsangiz, oʻngingizda uyingizga baxt kirib keladi, bolalaringiz soglom boʻladi.

Sharob saqlanadigan ertoʻla. Boʻm boʻsh ertoʻlada boʻlib qolish, sevishganlar uchun oʻngda baxtiyorlik nishonasidir. Bevalar tushlarida sharob saqlanadigan ertoʻlada boʻlib qolsalar, oʻnglarida ikkinchi marta turmush quradilar, ammo bu turmush sovigan oshdek boʻladi. Agar ertoʻlada sharob toʻla xumlarni koʻrsangiz, oʻngingizda boylik topasiz.

Shahar. Tushda katta shaharni koʻrish katta maqsadlar va intilishlar ramzidir. Katta shaharga tushingizda kelgan boʻlsangiz, oʻngingizda shaxsiy rejalaringiz amalga oshadi. Qishloq odamlari tushlarida katta shaharni koʻrsalar, orzulari puch ekanligiga, agar shaharliklar koʻrsa, daromadlarining oshishiga ishora.

Kimki tushida katta shaharda ishlayotgan boʻlsa, oʻngida mehnati behuda ketadi. Agar katta shahar qurilishida ishtirok etayotgan bulsangiz, oʻngingizda foydali loyihada qatnashasiz va bu narsa sizning kelajagingiz uchun foydali boʻladi.

Yuzparda. Agar ayol kishi tushida yuziga yuzparda tutib yurgan boʻlsa, demak, uning oʻngida bir siri borki, oshkor boʻlishidan qoʻrqadi. Tushdagi qora parda azadorlikka, dafn marosimlariga, xafachilik va qayguga ishoradir.

Yuk. Tushingiyeda yuk koʻrsangiz oʻngingizda koʻp qiyinchiliklarga duch kelasiz. Agar boshqalar yukni ortayotganlarini koʻrsangiz, oʻngingizda oʻzingizning engil tabiatingiz va hushyor emasligingiz tufayli katta janjal boʻladi.

Tushingizda oʻeingiz ogir yuk koʻtarib ketayotganingizni koʻrsangiz, oʻngingizda osonlik bilan tirikchilik qilolmaysiz, oʻz yogingizga oʻzingiz qovrilib, atrofda nimalar boʻlayotganligini sezmaysiz. Tushda yukingizni yoʻqotib qoʻygan boʻlsangiz, oilangizda koʻngilsizliklar boʻladi. Kimdir tushingizda yukingizni koʻtarishda yordam berayotgan boʻlsa, oʻngingizda ishonchli doʻst orttirasiz.

Yutuq. Tushingizda biron narsada yutib chiqsangiz, merosga ega boʻlasiz, ammo biron oʻyinda girromlik bilan yutsangiz, oʻngingizda bor narsangizni qoʻldan chiqarasiz.

Yalangoyoqlik. Tushingizda yalangoyoqligingizni koʻrsangiz, oʻngingizda koʻp tashvishlarni boshingizdan kechirasiz. Agar oyoqlaringizni ayab bosayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda doʻstlaringiz mushkul paytlaringizda qoʻllab-quvvatlar ekanlar. Agar yalangoyoqboʻlib uzoq yoʻlga ketayotgan boʻlsangiz, u holda oʻngingizda sizni boylik va martaba kutadi.

Oʻgʻri. Kimki tushida oʻgʻrini jinoyat ustida ushlab olsa, oʻngida aldov va firibni fosh qiladi va ortiqcha tashvishlardan qutuladi.

Qaytish. Tushingizda uzoq yoʻq boʻlib ketgan odamning qaytganini koʻrsangiz, oʻngingizda umidingizni uzgan bir ishdan yaxshigina daromad olasiz.

Qargʻa. Tushda qargʻani koʻrsangiz, oʻngingizda zinokorlik ishlaringiz tufayli oilangizda janjal sodir boʻladi. Agar boshingizda qarga aylanayotgan boʻlsa, oʻngingizda xavfu xatar bor. Toʻda qargʻalarni koʻrish — aldovga ishora.

Qashshoq. Tushda qashshoq yoki bir nechta juldurvoqi kiyingan odamlarni koʻrish — oʻngdagi tashvishlarga ishora.
Qish. Tushingizda yoz oyi boʻlsayu unda qish sovugini koʻrsangiz, oʻngingizda ishlaringiz va savdoingizda toʻsiqlar paydo boʻladi. Umuman, agar harbiy kishilar tushlarida qish boʻlganini koʻrsalar,oʻngda kunlarini koʻngilli oʻtkazadilar, dehqon esa oʻngida moʻl hosil oladi. Uylanish yoki turmushga chiqish arafasida turgan yoshlar tushlarida qish sovugʻini koʻrsalar, oʻnglaridagi munosabatlari ham sovuq boʻladi.

Qoʻy. Agar tushingizda oʻtlab yurgan qoʻy podasini koʻrsangiz, oʻngingizda orzularingiz amalga oshadi. Qoʻylarning maʼraganlarini eshitsangiz, ungingizda oilaviy baxt va hurmat- eʼtiborga dalolat.

Qoʻrquv. Tushda nimadandir qoʻrqsangiz, oʻngingizda tashvish tortasiz, ammo bu tashvishlar yaxshilik bilan tugaydi. Agar tushingizda qoʻrqmayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda ishlaringiz tez rivojlanib ketadi.

Gʻazab. Agar tushingizda gʻazablanganingizni koʻrsangiz, oʻngingizda koʻngilsiz bir suhbatda ishtirok etasiz yoki biron janjalga boshchilik qilasiz.

Gʻam-anduh. Tushingizda gʻam-anduh cheksangiz, oʻngingizda taqdiringiz yaxshi tomonga oʻzgaradi.
Hamyon. Tushda hamyon koʻrish — oʻngdagi faryuvonlik va oilaviy tinchlikka ishora. Agar hamyon topib olsangiz va uning ichida toʻla pul boʻlsa, oʻngingizda boyib ketishingizdan dalolat.

Hammom. Agar hammomda ayol kishini koʻrsangiz, oʻngingizda tushkun kayfiyatga tushasiz, erkak kishini koʻrsangiz, moddiy jihatdan qiiinchilik boʻladi.

Hid. Tushdagi yoqimli hid — oʻngdagi yaxshi xabarlarga, qoʻlansa hidlar — oʻngdagi tashvish hamda muammolarga ishora. Agar yoqimli hidli narsalar sovgʻa qilinsa, yaxshi xabarga dalolat. Agar tush sohibi xushboʻy narsalarni sepgan boʻlsa, oʻngida hurmat va sharafga ishora.

Ammo tush sohibi sochiga xushboʻyliklar sepgan va uni boʻyagan boʻlsa, oʻngdagi koʻngilsiz voqealardan xabar beradi. Kimki tushida hidli narsalarni tayyorlab, kimlargadir sovgʻa qilsa, oʻngida manfaat oladi.

Tushingizda homilador boʻlganligingizni koʻrsangiz— Tushda homiladorlikni koʻrish — oʻngdagi yangi rejalar bilan bogliq tashvishlarga ishora. Agar kimki tushida chiroyli homilador ayolni koʻrsa, oʻngida ter toʻkib qilgan mehnatiga yarasha foyda koʻradi. Homilador boʻlgan xunuk, badbashara ayolni koʻrish buning aksidir.

Agar yosh juvonlar tushlarida homilador boʻlganlarini koʻrsalar, arazlashib qolgan qalliqlari bilan yarashib, baxtli hayot kechiradilar, qari xotinlar oʻzlarini homilador koʻrsalar, oʻnglarida kasalga chalinadilar, bemorlar bunday tush koʻrsalar, oʻlimga ishoradir.

Agar ayol kishi tushida homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻsa, oʻngidagi hamma ishlari yaxshi boʻladi. Qarzi koʻp boʻlgan odamlar tushlarida homilador ayolni koʻrsalar, oʻngdagi holatlari biroz engillashadi. Turmushga chiqmagan qizlar oʻzlarini homilador koʻrsalar, oʻnglarida sharmandali holat sodir boʻladi.

Tushda hoʻkiz koʻrish— Tushda hoʻkizni koʻrish — oʻngdagi sadoqatli doʻstga ishora. Qoʻshga qoʻshilgan hoʻkizni tushingizda koʻrsangiz, oʻngingizda mushkul paytlaringizda doʻstlaringiz sizni yolgʻiz qoldirmasliklariga guvoh boʻlasiz. Agar hoʻkiz yuk tortayotganligini koʻrsangiz, oʻngingizda koʻp muammolarga duch kelasiz. Agar ular gʻayrioddiy harakat bilan oldinga siljiyotgan boʻlsalar, oʻngingizda muhabbat masalasida omad.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!