Tush taʼbiri oʻzbek tilida

Tush taʼbiri haqida
Insonlar tush koʻrishlari toki ular hayotda yashar ekanlar bu tush koʻrishlar davom etadi. Tush taʼbirlari ham shunga qarab taʼbirlanadi. Tush hammasi ham toʻgʻri boʻlmaydi, unga ishonib ish qilish notoʻgʻri. Tushlar sizni kayfiyatingizni va koʻp charchoqdan keyingi tushlar boʻlishi ham mumkin. Yaʼna shu bilan birga eʼtibor berish kerak, bu fasllarga.
Yoz oyida tushlar eng toʻgʻri tushlar deb aytiladi. Siqilgan yoki charchoq vaqtidagi tushlar toʻgʻri xisoblanmaydi, ular bu omillarning mevasi deyiladi. Olimlarning fikricha tushlar 10% toʻgʻri, 90% turli sabablar tufayli kelib chiqqan ruhiy va jismoniy bezovtalik.
Eʼtibor bergan boʻlsangiz yaxshi tushida mamnun boʻlsalar joyida qimirlamay yotishadi, xuddi gʻaroyib narsalarni koʻrib yotganday. Ularni tushi oʻzgarganda esa ular holatlarini oʻzgartirishadi, yonga yonboshlashadi. Koʻzi sal ilingan ham tush koʻradi va esda koladi. Sizni shirin tushdan uygʻotib yuborishsa siz tushingizni chala eslab kolar ekansiz.
Yosh bolalar tush koʻrishigaeʼtibor bersak, ular koʻp tush koʻrishadimi yoki biz kattalarmi? Bu esa bizga xali-ham jumboq boʻlib kelmoqda. Amma biz shuni bilamizki kattalar va bolalar tushlari bir-biridan butkul farq qiladi.
Yosh bolalarni kuni bilan koʻp xarakatlari va maktabdan keyin charchab tush koʻrishlari tabiiy. Ularni tushlari , tushunarsizroq desa ham adashmagan boʻlamiz, bu ularning kuni bilan qilgan harakatlari evaziga.
Bu 3-13 yoshgacha boʻlgan yosh bolalarga tegishlidir. Biroq 13-17 yoshdagi oʻsmirlar, balogʻat davriga kirish vaqti boʻlgani uchun jiddiy tushlar koʻrishadi. 13 yoshgacha va undan kattalarni jismoniy mehnati bir biridan farq qiladi.
Masalan: kattalar tushlarida ot minsalar martabaga erishishlariga yoʻyilsa, bolalarniki biroz boshqacha talqin qilinadi; bolalar tushlarida ot minsalar kimningdir yordami bilan oʻzlarining oldilariga qoʻygan maqsadlariga erishadilar. Aslida tush koʻrish va uning taʼbiri inson ruhiyatiga bogliq.Tushunarsiz tushlarga xozir sabab internet deyishadi, olimlarimiz.
Yoki tushda olma koʻrish kattalarning tushlarida janjalga yoʻyilmaydi, ammo oʻsmirlar olma koʻrsalar, oʻnglarida kimlar bilandir janjallashadilar yoxud urishadilar. Binobarin, bolalarning ruhiyati bilan katta yoshdagilarning ruhiyati bir xil emas.
Kayfiyat shunday narsaki, tush koʻruvchiga olamni chiroyli taraflarini koʻrsatadi. Aytishlaricha, dunyodagi 12% insonlar oq-qora rangda tushlar koʻrar ekanlar. Qolgan insonlar tushlarini rangin koʻradilar. Faqat, bolalar har doim rangin tush koʻradilar.
Bu dunyofiy tarafdan qaralganda. Diniy tamondan qaralganda tushlar kirishi boʻyicha 3-guruhga boʻlinadi.
Xushxabar tushlar.
Ogohlantiruvchi tushlar.
Bashorat mazmunidagi tushlar.
Xushxabar tushlar
Mehribon Robbim bandalariga tush koʻrish uchun farishta yaratibdi. Bu farishta u “Tush farishtasi” dey ataladi.
Tush farishtasi Allohning amri bilan, dunyo va oxiratga oid xushxabarlarni odamlargan yetkazadi. Bunday tush koʻrganlar Allohga beadad shukurlar aytishi kerak. kambagʻallarga imkon darajasida sadaqa berishi oʻrinli amaldir. Bu esa qoʻrqinchli tushlar koʻrishdan qutuladi.
OGOHLANTIRUVCHI TUSHLAR
Agar odam xatolarga qilsa yoki Allohni eslashdan uzoqlashsa, Mehribo Robbim tush farishtasi bilan bandasini oʻziga keltirish uchun ogohlantiruvchi tushlar koʻrsatadi. Albatta aqlli banda bunday tushdan keyin tavba qiladi, Yaratganga eslaydi. Bandalik vazifalarini ado etishga etadi.
BASHORAT TUSHLAR
Allohning amri bilan tush farishtasi bandalarining bashorat beruvchi tushlar koʻrishini taʼminlaydi. Inson tushida haj ziyoratiga boradi. Qurʼon oʻqiydi, toat-ibodat, zakot va sadaqa, namoz, roʻza kabi farzlarni ado etadi. Koʻpgina savobli ishlarni qiladi. Bunday tushlar Tangrining bandasiga bashorat tushlari deyiladi
Kimning tushlari toʻgʻriroq boʻladi.
-paygʻambarlarniki
-podshohlarniki
-kambagʻaldan koʻra boyniki
-bemor kishidan koʻra, sogʻlomniki
-dinsiz kishidan, koʻra dindorniki
-ilmsizdan kishidan koʻra, koʻra ilmli kishini tushlari toʻgʻri boʻladi.
Agar inson yomon tush koʻrsa nima qilishi kerak?
Chap tamoniga 3- marta tupurish kerak va Allohdan panoh tilasin.
Suvga borib tushini aytsin va shunday deb aytsin: suv qayerga oqsa bu tush yomonligi ham uzi bilan oqqizib ketsin.
Suga tuz solib uni aralashtirib shunday deb aytsin: tuz yoʻq boʻlib ketgani kabi yomonlik ham yoʻq boʻlib ketsin
Qogʻozga yozib yoqib yuborsin
Bu ota bobolarimizdan qolgan maslagʻatlar.
Agar yaxshi tush koʻrsa.
Oynaga borib tushini aytib berib, tushim amalga oshsin desin
tush taʼbiri oʻzbek tilida
ÐаÑÑинки по запÑоÑÑ Ð°Ð²Ð°Ð½Ð·Ð°Ð»
Tushda avanzal koʻrish-tushda aeroportda avanzalni koʻrsangiz aldovga deb taʼbir qilinadi.
Tushda siz adashsangiz. Agar siz yoʻldan adashib qolsangiz va u yoʻl topa olmasangiz, boshingizdan turli-xil sarguzashtlarni oʻtkazasiz.
Soviq — Bunday tush janjalga deb taʼbir qilinadi, bu kelishmovchilikda sizning aybingiz yoʻq.
Tushdagi ajdarho — Tushda ajdarni koʻrsangz, omad va bu katta shov-shuvlar.
Ayol kishi—shuni bilinki tushdagi ayol bu oʻz qalbimiz ekan. Agar siz tushingda orasta, chiroyli ayol koʻrsagiz, siz oʻzingizni yaxshi his qilmoqdasiz. Agar z tushingizda xunuk ayol koʻrsaniz, oʻngingda oʻz qilayotgan ishingizga eʼtiborliroq boʻling.
Balkon tushda koʻrsangiz— oʻngizda ishlaringiz yaxshi boʻladi. Qizbola ayvonda oʻtirganini koʻrsa, uni baxt kutadi.
Agar tushga ayiq kirsa-— Tushdagi ayiq, doʻstingizdan ehtiyot boʻlingi. Koʻrinishi siz oʻylaganday emas.
Agar tushingizga aka-ukalaringiz kirsa—bu tush shuni taʼbir qiladiki, oʻngingizda sizni sarguzashtlar kutadi
Tushga akvarium ichida baliqchalar kirsa— akvariumdagi baliqchalar, oʻngingda sizni kichkina koʻngilsizlik kutadi va siz lekin bulardan oson qutulib qolasiz.
Tushda akulasangiz—tushdagi akula, xavf. Ehtiyot boʻling.
Tushingizda alla eshitsangiz— Tushdagi alla, oʻngingda kutilmagan quvonchdan darak.
Muallim— muallimani koʻrsangiz, aldamang bu baribir oshkor boʻladi.
Tushda dori ichsangiz— bosh ogʻrigʻiga qarshi dori ichsangiz, oʻngingizda kasalga chalinasiz. Eʼtiborli boʻling.
Ananas mevasini—tushda ananasni koʻrsangiz, oʻngingdagi huzur-halovatdan dalolat.
Savolnoma—savolnomani toʻldirayotgan boʻlsangiz, ehtiyot boʻling,kimdur sizga qitmirlik uchrashingiz mumkin.
Anor mevasi—tushda anor koʻrgan boʻlsangiz, oʻngingizga koʻzyosh toʻkishni bildiradi, nimagadir xafa boʻlib yigʻlaysiz.
Televizor, radio antenasi—bu tush odamlar sizga qanday munosabatda ekanligini bilolmaysiz.
Tushda apelsin mevasini koʻrish— muxim tanishuv. Sizga bu tanishuv foydali boʻladi.
Ariq kirsa— tushingda ariqda toʻlib suv oqsa, oʻngingda hammaniyatlariz ushaladi.gar suv tiniq boʻlsa.
Arslon kirsa— tushga arslon bilan birga bir qafasda boʻlsangizda, mustahkam doʻstlikka.
Archa kirsa—vaqtincha yolgʻizlik.
Asal kirsa— Agar tushingizda qoshiqlab asal yesangiz, bu farovonlik va kelajakdagi baxtni bildiradi.
Tushingizda atir sepsangiz—bunday tush, siz insonlarga qattiq qoʻl ekansiz . muloyimroq boʻling.
Tushda atlas koʻylak—qiz bola tushida atlas koʻylak koʻrsa, oʻziga judo ortiq baho berar ekan.
Qimmatba tosh aqiq—muvaffaqiyatga.
Tushda balchiq koʻrish—hamma qiyinchiligingizga oʻzingiz aybdor ekansiz.
Kartoshkani tushda koʻrsangiz—qiyin kunlarga ishora.
Tushda baqlajon koʻrsangiz—baqlajon eksangiz yoki undirayotgan boʻlsangiz, bu omadga.
Tushda bahor kelganini koʻrish—agar siz bahor kelganligini his qilsangiz, oʻngingda ishlaringiz yaxshi boʻlar ekan.
Nordon behi—koʻngilsizlik.
Tadbirkor—tushingda tadbirkorni koʻrsangiz, oʻngingda ehtiyot boʻling, kimnidur omonatini yoʻqotib qoʻyishingiz mumkin.
tushda bodringkoʻrsa— bodring koʻrsangiz, oʻngingizda biron ishingiz uchun maqtaydilar.
Tushga bozor kirsa—shovqun-suronli bozorni koʻrsa, oʻngingda qiziq voqealarga duch kelasiz.
Tushda boylik—siz tushda boylik koʻrsangiz — siz kim bilandir doʻstlashishizga ishora.
Tushda boyqush koʻrish—ehtiyot boʻling, bu xavf.
Boksni koʻrish— boks musobaqasini tamosha qilsangiz, oʻngingizda biron narsani boy berasiz.
Tepalikni tursangiz—bu tush niyatiz ushalishidan darak beradi.
Tushda botqoqlik koʻrish—bu tush, oʻngdagi xavfdan dalolat.
Qora bulut-yomonlik yoki janjal.
Tushda burgut koʻrsa-tushda burgut koʻrish yaxshilikka.
Semiz buqa koʻrish— mustahkam sogʻlik, ishlardagi omad.
Tushga bugʻu kirsa— shoxdor bugʻi koʻrsanigiz, martaba, niyatlaringiz ushaladi.
Tushda boʻrini koʻrsangiz—bu tush dushmaningiz ichingizda ekanligi xaqida ogohlantiradi. Ehgiyot boʻling.
Tushda boʻron turganini koʻrish— taqdiringda tub oʻzgarishlar sodir boʻladi.
Tushda ilon koʻrish— Agar zaharli boʻgʻma ilon koʻrsagiz, ishingiz xaddan ziyod koʻpayib ketadi, xech nimaga vaqt topa olmaysiz.
Velosiped koʻrgan qiz bola—giybatdan ehtiyot boʻlsin.
Tushga vodiy kirsa— vodiy bu osuda hayot demakdir.
Tushda gazeta koʻrsa—yolgʻon va gʻiybatga ishora.
Tushda gilam koʻrsangiz—chiroyli gilam tushda, baxtga erishishdir.
Tushdagi dazmol— achchiq tanqid va oʻz qilmishlaringdan uyalish.
Gullagan daraxt— umidlarning roʻyobi.
Tushga daryo kirsa nima boʻladi—bu hayot tarzi va taqdiridir. Agar sizni tushingizda daryo bir maromda oqayotgan boʻlsa, hayotingiz tinch va zerikarli ekan. Agar daryo toʻlqinlanib oqayotgan boʻlsa, demak, oʻngingda koʻp qiziq voqealarni koʻrasan, tashvishing ham koʻp boʻladi.
Tushda daftar koʻrish-sizdan nimanidur sir tutishmoqda. Ichi toʻla yozilgan daftar koʻpchilik bilan suhbat qilar ekansiz.
Tushda delfin koʻrsangiz--bu doʻstlik ramzi. Oʻngigizda yaxshi doʻstlaringiz paydo boʻlishiga darak.
Tinch oqayotgan dengiz tushga kirsa— oʻngingda ham tinchlik-xotirjamlik va hayoting yaxshi boʻlishiga
Toʻlqinli dengiz tushga kirsa—yaxshi va yomon hodisalar ekan.
Tushda deraza koʻrsa nima boʻladi—agar u ochiq boʻlsa siz ishonuvchi va ochiq inson ekansiz. Agarda deraza yopiq parda bilan toʻsilgan boʻlsa bu xudbinligingizga ishora.
Divan koʻrish-sokin va erinchoq hayot tarziga ishora.
Dush koʻrish—tushda dushda choʻmilganizni koʻrsangiz, chin doʻstlaringiz kam ekan.
Yolgʻon gapirsangiz—oʻngingizda qilgan ishingizga jazo olasiz
Joʻjani koʻrsangiz—bu sizning zaifligingizdan dalolat.
Ziyofat koʻrish—bu sizga omadsiz.
Ilon— yovuzlik, dushman, gʻiybat, yoʻl, safar,boylik, mulk.
Tushdagi it—it sizga qaramasa sovgʻaga.
It akllashi,kimdir sizga dushmanlik qiladi. It agar yengizni tishlasa, oʻngingda yaqin odamlarizdan biri sizni aldaydi.
Tushda yoʻlbars koʻrsangiz—yaqin odamingizni xiyonati sizni uzoq vaqt esankiratib qoʻyar ekan.
Tushda kamalak koʻrsa—bu yaxshilikka, umidlar ushalishiga.
Tushga kelin kirsa— oʻngingizda sizni yaxshi bir oʻzgarish kutadi.
Tushda kulol koʻrsa— agar bunday tushni kiz bola koʻrsa, oʻngida qivonishidan darak.
Tushdaga kutubxona-bu tush yangi doʻstlar bilan topishishizga ishora.
Koʻzguga qarasa—oʻz xatolaringizni koʻrasiz.
Yangi koʻylak-bu kiyish hayotning yangilanishi
Koʻprik—tosh koʻprik bu, oʻngingizda sizga yordam beradigan odam ishonchli ekan. Agar koʻprik yogochdan boʻlsa yoki osma koʻprik boʻlsa, u holda hech kimga ishonmasligingiz kerak. Faqat oʻzingizga ishoning.
Lampochka—agar siz lampochkani burayotgan boʻlsangiz, oʻngingda biron voqeaning sababchisi boʻlib qolassiz.
Mayiz—mayiz yesangiz,mayda-chuyda koʻngilsizliklarga. Agar siz mayizni yuvayotgan boʻlsangiz,oʻngingizda gʻiybatga qolasiz. Tushda mayiz sotib olash, oʻngingda quvonasiz.
Mandarin-yaqinda boʻladigan bayramga ishora.
Oʻlikni narsa berishi—bu tush boylik va soglikka ishoradir.
Maqbara kirsa—eng katta orzularga ishora.
Tushda uyga mehmon kelsa—kutilmagan xabarga ishora
Tushga momaqaldiroq kirsa—momaqaldiroq guldirashini eshitish, oʻngingda koʻngilsiz voqea yoki janjal sodir boʻladi.
Tushga mushuk kirsa— bu oʻngingdagi dushmaningdir va u tez orada sizga hujum qiladi. Agar
Tushda non doʻkoni—bunday tush rizqni keng boʻlishini taʼbir qiladi.
Tushda olma -bu tush janjal, bahslarga ishora.
Tushingizda xursand turgan onangizni koʻrsangiz— Tushingda onangni koʻrsang, oʻngingda koʻngilli hodisa roʻy beradi.
Tushda paypoq—bunday tushlar tez tugaydigan koʻngilsiz hodisa.
Paxta— mayda- chuyda narsalarni xarid qilish.
Piyoz— kayfiyatning buzilishi.
Tushda sabzi — bu oʻngdagi uyalish.
Sayr qilish-bunday tushdang soʻng, doʻstlaring bilan uchrashar ekansiz.
Sartaroshxona— uyingizdan uzoqqa ketmang.
Sehrgar—bu tush ishongan doʻstingiz sizga xiyonat qiladi.
Sigir— ota-onangiz yaqin orada maosh olar ekan.
Tarvuz koʻrish— tarvuz koʻrish oʻngdagi yangi bir xabar olishga ishora.
Televizor koʻrish—bu yolgʻon, giybat, tuhmatga deb taʼbir qilinadi.
Tushda tovuq—agar siz tushingda tovuq don choʻqiyotganini koʻrsangiz, oʻngingda hammasi yaxshi boʻladi. Agar tushingizda tovuq behudaga qaqolayotgan boʻlsa, oʻngingda biroz kasallanishing mumkin yoki qandaydir koʻngilsiz hodisaga duch kelasiz.
Tushga toy kirsa-yaxshi kunlarga ishora.
Tushda tun koʻrsa—oʻzingizni tunda turganingizni koʻrsangiz. Oʻngingizda koʻngilsiz narsadan dovdirab qolasiz.
Oʻlish— umringiz uzoq, sogligʻing aʼlo boʻladi.
Tugʻilgan kunni nishonlash— hasadchilarga ishora.
Toʻzon koʻrsa— oʻngingizdagi arzimagan narsalarga kayfiyatingiz buziladi. Eʼtiborsiz boʻlinga harakat qiling.
Tushda toʻlqinlarni koʻrsangiz— bu shaxsiy hayotingizdan xavfsiraganingizni yoki hayotingizdagi voqealardan hayratingizni anglatadi. Agar tushda toʻlqinlar kulsiz boʻlsa, biroz notinch boʻlasangiz yoki hayotingizda bir qancha voqealar sodir boʻladi. Agar tushingdagi toʻlqinlar kuchli boʻlsa, oʻngingda zarar koʻrishingizga deb taʼbir qilinadi.
Tushda toʻngʻiz koʻrsa-siz oʻngingizda jaxlingiz chiqadi.
Tushda uzum koʻrish— koʻz yoshga ishora boʻladi.
Tushdagi uzun soch— juda ham uzun soch, oʻngingda safarga chiqasiz.
Tushda uy— baland, mustahkam qurilgan uy, oʻngingizda oʻz kuchingizga ishonasiz va bu muhofazalanganliging alomatidir. Agar tushingda siz kichkina, xarobgina uy koʻrsangiz, odamlardan uzoida yuring. Agar chayla koʻrsangiz, taqdir zarbalaridan oʻzingni himoyasiz his qilasiz. Ammo yaxshi kunlar kelishidan umidingiz aslo soʻnmaydi.
Uchar ilon—ishlarning rivojlanishidan dalolat.
Farroshni koʻrish-tushingizda koʻcha supurayotgan farroshni koʻrsangiz, oʻngingizda doʻstlaringiz va ota-onangiz bilan munosabatlaringizni aniqlashtirib olishingiz kerak.
Folbin koʻrish-kimdir sizga hasad qilayotganligini anglatadi.
Xiyobon. Tushingda xiyobonda yurgan boʻlsang, oʻngingda mayda-chuyda, ammo koʻngilsiz muammolarga duch kelasan.
Tushda xona koʻrish-qizbola chiroyli bezatilgan xonani koʻrsa, oʻngida baxt unga hamroh boʻladi.
Chiroyli bola— Bunday tushni xoh oʻgʻil bola koʻrsin, xoh qiz bola, ehtiyot boʻlsin, yuragiga muhabbat oralayapti.
Tushda xoʻroz koʻrsa— Agar tushingda xoʻroz qichqirayotgan boʻlsa, biron odamdan muhim bir yangilik eshitasan. Agar xoʻroz boshqa bir xoʻroz bilan urishayotgan boʻlsa, oʻngingda urishayotgan oʻrtoqlaringni yarashtirib qoʻyasan. Xoʻroz shunchaki hovlida gerdayib yurganini koʻrsang, oʻngingda yangi libos kiyar ekansan.
Tushda choʻmilganizni koʻrsangiz—bunday tushlar yaxshilikka yoʻyiladi.
Tushda shamol esganini koʻrsangiz—bunday tush sizni doʻstlaringiz siz uchun xarakat qila boshlaydi. Agar yuzingizga shamol essa va yurishga qiynalsangiz. Dushmanlaringiz niyatingizga yetishishingizga toʻsqinlik qilishadi.
Tushda sharbat—agar siz tushingda sharbat tayyorlayotgan boʻlsangiz, oʻngingda sizni sovgʻa kutadi, agar sharbat ichayotgan boʻlsangiz, oʻngingda oʻrtoqlaring bilan behudaga gaplashib oʻtirasiz.
Tush emayotgan goʻdak—tushda emayotgan goʻdakni koʻrsa — oʻngdagi koʻp tashvishlar.
Etik koʻrsangiz— etik koʻrsangiz, kiysangiz, safarga chiqishingizga qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Eshik—niyatiz amalga oshishiga ishora.
Tushda yulduzlarni koʻrsa— tiniq osmondagi yulduzlar porlashini koʻrsangiz umid va ezgulikka yoʻyiladi. Agar yulduzlar bulutlar ortidan moʻralab turganligini koʻrsangiz, ungingda har qanday muammolarga qaramay, hayotda quvonasiz. Tushingizda yulduz uchib yerga tushsa, oʻngingda garchi qiyinchilik bilan boʻlsa ham omadga erishasiz.
Tushda yalangoyoq yurish— yalangoyoq yurganingizni koʻrsangiz, oʻngdagi ishonchsizlik.
Yangi libos kiyish-tushda yangi libos kiyish taqdirning oʻzgarishi.
Oʻlgan qarindosh yoki tanish. Agar tushingda oʻlgan qarindoshing yoki tanishing biron gap aytsa, oʻsha gapning rostligiga ishoning yoki uning aytgan gapi bashoratdir.
Tushda oʻrmon koʻrsa— Agar tushingda quyuq koʻkalamzor oʻrmonni koʻrsang, oʻngingda oʻzingni kuchli va gʻayratli boʻlasiz. Har doim koʻtarinki kayfiyatda boʻlasiz.
Qaynar buloq koʻrsa—tushingda qaynar buloq koʻrishingiz va undan goh-gohida suv otilib chiqayotganligini tomosha qilib turishingiz, oʻngingda bir kunmas bir kuni yuragingda borini toʻkib solishingizni taʼbir kiladi.
Qaldirgʻoch tushda— Tushda qaldirgʻoch koʻrish oʻngdagi yaxshi xabarga deb taʼbir qilinadi. Agarda tushingizda qaldirgʻoch in qoʻyayotganligini koʻrsangiz, uyga farovonlik va baxg kirib keladi. Tushingda yaralangan yoki oʻlgan qaldirgʻochni koʻrsangiz, oʻngingda qaygʻuni boshdan kechirasiz. Qaldirgʻochning tinmay vijirlashi ezgu nasihatdir.
Qovoq tushda—agar tushingizda qovoq koʻrsangiz, oʻngingizda ushalmagan orzularingiz ham amalga oshadi.
Qovun koʻrsa— Tushingda qovun koʻrsangiz, oʻngingda istaklaringiz bajarilar ekan.
Qoplon koʻrsa—Tushingda qoplon koʻrsangiz, bilinki, siz hammani hayron qoldiradigan bir ish qilmoqchisiz, ammo bu qoʻlingdan kelmayapti.
Qorni tushda koʻrish— Tushda oppoq qorni koʻrish — qalbingiz yonishini sovutishga ishora. Ehtimol, tushingda qor koʻrsangiz, oʻngingizda yaqin odamingizdan hafsalangiz pir boʻladi. Tushingda qor yogʻayotganligini koʻrsangiz, oʻngingda tanishlaringizdan biri haqidagi fikringizni oʻzgartirishga majbur boʻlasiz.
Qochish tushda— Tushingda biron narsadankochsangiz — yongʻindan, suv toshqinidan yoki vahshiy hayvondan qochib ketayotganligingizni koʻrsangiz, ungingizda har bir ishingizni oʻylab qilishingiz kerak.
Qoʻy koʻrsa— Tushingda qoʻy koʻrsangiz, bilinki, atrofingdagilar sizning xayoliy qobiliyatingizga shubha bilan qarashadi, aslida esa bunday emas.
Qoʻgʻirchoq tushda— Tushingda qoʻgʻirchoq koʻrsangiz, bilinki, oʻngingizda siz birovlarning taʼsiridan qutulib chiqib ketolmaysiz, deb oʻylar ekansiz. Lekin kuch toʻplashingiz va boshqalar taʼsiridan qutulishingiz kerak.
Gʻazab tushda— Tushda oʻzingiz yoki birov gʻazablansa, oʻngdagi omadsizlikka ishora.
Gʻoz tushda— Tushingda gʻoz koʻrsangiz, ehgiyot boʻling. Sizga ochiqchasiga roʻpara kelolmaydigan raqibingiz yashirin zarba bermoqchi. Bu mayda koʻngilsizlik boʻladi, ammo sizning gʻururingizga qattiq tegadi.
Tushga hammom kirsa— Tushingda hammom koʻrsangiz, oʻngingizda oʻz sogʻligʻingizga eʼtibor qilishingiz kerak. Hammom xodimi. Tushingda hammom xodimi oʻz vazifasini ado etib turganligini koʻrsangiz, oʻngingizda oʻzingizga yoqmagan bir odam bilan tanishasiz. uzilgan orzular bilan yashaydilar. Ularning xayollarida ertangi kun ham xuddi bugungidek quvnoq, chiroyli va koʻngilli oʻtadi goʻyo. Abrikos tushga kirsa, ertangi kuningizda xafachilik kuting.
Agar hayotga hushyorlik va voqelikning oʻzidan kelib chiqib nazar tashlasangiz hamda kerakli tad birlarni qoʻllasangiz, xafachilik boʻlmaydi. Baʼzan tushda abrikosni koʻrish hayotdagi ishonuvchanligingiz va soddaligingiz tufayli koʻngilsiz voqealarga sabab boʻladi.
Ishonish barobarida tekshirish va tadqiq ham qilish kerak, shundagina siz doʻstlaringiz, yaqinlaringiz, sheriklaringiz bilan munosabatingiz mustahkamlanadi va aldanib qoli- shingizga yoʻl qolmaydi.
Tushda ayvon—Tushingizda ayvonda turganingizni koʻrsangiz, har qanday xavotirlikka qaramay, boshlagan ishingiz oʻngingizda muvaffaqiyatli boʻladi.
Agar qiz oʻz sevgilisi bilan ayvonda turganligini koʻrsa, uni turmushga beradilar va baxtli oila quradi. Agar vayrona boʻlgan ayvonda turganligingizni koʻrsangiz, u holda oʻngingizda ish sohasida ham, muhabbat masalasida ham tushkunlikka tushasiz.
Aka-uka. Agar tushingizda aka-ukangizni koʻrsangiz,oʻngingizda uzoqdan biron xabar keladi. Agar aka-ukala- ringiz boʻlmasa, ammo tushingizda aka-ukangiz ayon boʻlsa, oʻngingizda qarindoshlaringiz tomonidan kutilmagan bir voqelik sodir boʻladi.
Tushingizda oʻlib ketgan akangizni koʻrsangiz, uzoq umr koʻrishingizga, ishlaringizning muvaffaqiyatli boʻlishiga ishoradir. Oʻlgan akangizni tushingizda koʻrib, u bilan gaplashsangiz, oʻngingizda sizga ogir bir ish berishadi va bu ishdan benihoya toliqib qolasiz. Shunday ish berishsa zimmangizga olmaganingiz maʼqul.
Amaki tushda. Tushingizda amakingizni koʻrsangiz, oʻngingizda yomon xabarga tayyor turing. Agar amakingiz bilan gaplashsangiz, oʻngingizda ozgina muvaffaqiyatga erishishingiz uchun koʻp mehnat qilishingizga t)tri keladi.
Amakingiz kasal boʻlsa yoki charchagan boʻlsa, oʻngingizda oilangizda koʻngilsizlik roʻy beradi va qarindoshlaringiz bilan biroz kelishmovchiliklar sodir boʻladi. Agar amakingiz oʻlim talvasasida boʻlsa, bilingki, oʻngingizda dushmanlaringiz pay do boʻladi. Amakingiz bilan tushingizda urishib qolsangiz, )shgingizda turmushingiz buzilishi mumkin.
Turmush qurmagan ayol uchun bunday tush oʻngida qarindoshlari bilan doi- miy janjalni anglatadi. Tushingizda amakingiz sizga quvonchli xabar aytsa, hayotingizda oʻzgarishlar sodir boʻladi; eringiz yaxshi maoshli biron martabaga minadi. Turmush qurmagan ayolga bu tush oʻngida ishonchli bir erkakning topilishiga ishoradir.
Ananas. Agar tushingizda maza qilib ananas yesangiz, oʻngingizda barcha ishlarda, hatto muhabbat mojarolarida ham muvaffaqiyatga erishasiz. Muhimi tushda ananasni toʻyib yemaslikda. Tadbirkor ayollar tushlarida ananas terib savatga joylayotgan boʻlsalar, oʻnglarida oʻz kasb-korlarida muvaffaqiyatga erishadilar, xizmat pillapoyalaridan tez koʻtariladilar yoki manfaat koʻradigan turmush quradilar.
Anor. Tushda ayol kishining anor koʻrishi va uni yeyishi yengiltaklikka yoʻyiladi.
Archa. Ungda ham, tushda ham archa, agar yana yasatilgan boʻlsa, quvonch ramzidir. Agar juvon tushida archadagi bezaklar olinayotganligini va archaning ninacha barglari toʻki- layotganligini koʻrsa, oʻngida hayotga hushyor boʻlib qarashi va oʻzining muammolari ustida oʻylashi kerak.
Atir. Tushingizda atirning oʻzini koʻrsangiz, hidlasangiz yoki sepsangiz, oʻngingizda foyda keltiradigan imkoniyatlarga ega boʻlasiz.
Atlas. Quvonch va katta xarid.
Banan. Agar ayol kishi tushida banan koʻrsa, hech qanaqa foydasi tegmaydigan odam bilan bekorga vaqt oʻtkazishiga ishora boʻladi. Shuningdek, bu tush behuda tashvishlardan ham ogohlantiradi. Tushida banan yesa, oʻngida boshi aylanib, qilar ishini bilmay qoladi.
Beva tushda. Agar tushingizda bevani uchratsangiz, ungingizda tez orada ziyon koʻrasiz. Tushingizda ayon boʻlgan beva bozorga kirib ketayotgan boʻlsa, oʻngingizda pul yoki aldovga uchib biron narsangizni yoʻqotasiz. Tushda oʻzingizni beva koʻrsangiz, oʻngingizda yovuz odamlardan ehtiyot boʻlishingiz kerak.
Bilakuzuk tushda. Tushingizda qoʻlingizda bilakuzuk koʻrsan- giz, oʻngingizda sovgʻa olishingizga ishoradir. Agar bu tush chorshanbadan payshanbaga oʻtar kechasi sodir boʻlsa, yaxshilikka taʼbir qilinadi. Dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi tushingizda bilakuzuk topib olsangiz, oʻngingizda sizni yutuq kutadi. Agar seshanbadan chorshanbaga oʻtar kechasi tushingizda bilakuzugingizni yoʻqotib qoʻysangiz, oʻngingizda bolalaringiz bilan bogliq koʻngilsizlik roʻy beradi.
Bozor. Chorshanbadan payshanbaga oʻtar kechasi tushda tovarlar bozoriga borish yangi liboslarga ishoradir. Ju- madan shanbaga oʻtar kechasi tushingizda boʻm-boʻsh bozornikoʻrsangiz, oʻngingizda fojiali bir hodisadan dalolat. Tushda bozordan ubu narsalarni xarid qilish oʻngdagi martabaga intilishni anglatadi, agar shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi bu tush sodir boʻlsa, u holda siz birovlarning koʻzlarini oʻyishga harakat qilar ekansiz. Seshanbadan chorshanbaga yoki payshanbadan jumaga oʻtar kechasi tushingizda oziq-ovqat bozorida sotuvchi boʻlsangiz, oʻngingizda qiyin ahvoldan chiqib olish yoʻllarini izlaysiz.
Bolalar tushda. Tushingizda goʻdak koʻrsangiz, moʻljallaganin gizdan koʻra koʻproq pul sarf qilar ekansiz. Agar tushingizda bola boqayotgan boʻlsangiz, oilangizda «yangi mehmon» paydo boʻladi yoki uyingizga kutilmagan mehmon keladi. Lekin bu tush ishlardagi muvaffaqiyatdan ham dalolat berib turibdi, muvaffaqiyatga esa oson yoʻl bilan erishib boʻlmaydi.
Agar ayol kishi oʻzini tushida koʻp bolali ona sifatida koʻrsa, oʻngida eski tanishlarini uchratadi va bu unga koʻp tashvishlar keltiradi. Agar bola emizayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda boshligʻingiz sizga juda qiyin topshiriq beradi, ammo siz bu topshiriqni muvaffaqiyatli bajarib, mukofotga ega boʻlasiz. Tushingizda soqov bolani koʻrsangiz, oʻngingizda gʻiybatga nishona boʻlasiz. Soqov boladan biron narsani soʻrasangiz, oʻngingizda kimningdir oʻlimi haqida xabar topasiz. Bolaning qoʻliga kirgan zirapchani olib tashlasangiz, oʻngingizda ishingiz bilan bogʻliq koʻp muammolar- ga duch kelasiz, shuningdek, kattagina koʻngilsiz voqeadan qochib qolasiz.
Botqoqlik tushda. Tushda botqoqlikni koʻrish oʻziga xos ogohlantirishdir: siz keyingi paytlarda tashabbussiz, ishyoqmas boʻlib qolgansiz, oqimga qarab suzyapsiz. Faqat taq- dirdan noliganingiz noligan. Agar tushingizda botqoqqa choʻkib ketayotgan boʻlsangiz, demak, oʻngingizda umidlaringiz soʻngan.
Bosh kiyim tushda. Kimki tushingizda boshingizdan bosh kiyimingizni olsa, oʻngingizda koʻngilsiz hodisalar roʻy beradi. Agar bu tush dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi yoki chor- shanbadan payshanbaga oʻtar kechasi sodir boʻlsa, oʻngingizda sizni asabiy va mushkul ish kutadi. Seshanbadan chorshanbaga oʻtar kechasi tushingizda bosh kiyim oʻlchab koʻrayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda ish joyingizni oʻzgartirasiz. Tushda chiroyli doʻppi kiyish yoki roʻmol oʻrash obro‘-eʼtiborga taʼbir qilinadi.
Bog‘ tushda koʻrish. Agar tushingizda bog‘ kezib yursangiz farovonlikka ishora boʻladi. Agar sizning xususiy bogingizda bogʻbon yurganini hamda daraxtlar va gullarni parvarish qilayotganligini koʻrsangiz, oʻngingizda oilaviy baxtiyorlikka erishasiz.
Buvi (momo). Tushingizda oʻz buvingizni koʻrsangiz, ungingizda hayotiy tajribangiz va bilimingiz tufayli qiyin holatlardan chiqib ketishingizni anglatadi. Agar buvin- gizning koʻzlarida yosh koʻrsangiz, oʻngingizda sizni nohaq xafa qiladilar, yaqinlaringiz bilan janjallashasiz. Agar oʻlgan buvingiz tushingizda sizga maslahat berayotgan boʻlsa, oʻngingizda oʻzgarish yuz beradi. Bu oʻzgarish salbiymi, ijobiymi boʻlishi sizning ishbilarmonligingiz, farosatingizga bogʻliq. Uzingiz tushingizda buvi boʻlsangiz, oʻngingizda bolalaringizning sogʻligʻiga eʼtibor qiling.
Tushda bulutlarni koʻrsa— Har qanday holatda ham tushda bulutni koʻrish oʻngdagi sayohatga dalolatdir. Agar tushingizda koʻrgan bulutlaringiz oq boʻlsa, oʻngingizdagi sayohat koʻngilli oʻtadi, agar bulutlar qora boʻlsa, sayohat davomida toʻsiqlar paydo boʻladi. Agar osmonni toʻla ravishda bulut qoplagan boʻlsa, oʻngingizda uyingizdan chiqmasligingiz kerak, chunki halokat roʻy berishi mumkin.
Tushda burgut. Agar tushingizda parvoz qilayotgan burgutga orqangizni oʻgirib oʻtirgan boʻlsangiz, hayotda yashirin jazmaningiz bor. Bunday tushni haftaning birinchi yarmida koʻrsangiz, sizni hayratda qoldiradigan voqelikka duch kelasiz. Agar haftaning ikkinchi yarmida koʻrsangiz, oldingizga qoʻygan maqsadga erisha olmaysiz.
Tushda kuyov bola koʻrsa. Qiz bola boʻlajak erini tushida koʻrsa, oʻngida kutilmagan vaziyatga duch keladi. Oilali ayol boʻlajak kuyovni tushida koʻrsa, oʻngida ogʻir xotiralar ogʻushida qoladi. Agar tush sohibi oʻzini oʻylanayotgan yigit sifatida koʻrsa, oʻngida uni tavakkal bir ish kutadi va u ish yaxshi natija bermaydi. Qiz bola tushida qalligining boshqaga uylanayotganligini koʻrsa, oʻngida oʻylagan rejalari amalga oshadi.
Tushda boʻrini koʻrish — oʻngdagi raqiblar bilan olishuvga ishora. Dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi tushingizda boʻri koʻrsangiz, oʻngingizda yaqin odamingizning kasalligi yoki oʻlimi haqida xabar eshitasiz. Yakshanbadan dushan baga oʻtar kechasi tushingizda bu tushni koʻrsangiz, oʻngingizda yolgiz qolib gam chekasiz. Sevimli odamlaringizdan ayrilasiz.
Vanna tushda. Agar qiz bola tushida vannada choʻmilayotgan boʻlsa, oʻngida mahbubini yoʻqotishdan xavotirga tushib qoladi. Homilador ayol uchun bu tush ogohlantiruvchidir; biron baxtsiz hodisa roʻy berishi mumkin. Tush sohibasi vannada bir oʻzi yuvinmayotgan boʻlsa, u holda safar chogida hamrohidan ehtiyot boʻlishi kerak: undan xiyonat sodir boʻlishi mumkin. Shuningdek, giybatga qolishi ham kutuladi. Vanna ichida iflos suv boʻlsa, yovuzlik shundoq biqiningizda turibdi. Irkit suvni kasallikka ham yoʻyadilar.
Vodiy. Tushingizda vodiyda boʻlsangiz, oʻngingizda sizga ajoyib istiqbol yuz ochadi. Agar vodiyda bittami, ikki- tami tepalik boʻlsa, oʻngingizda sizga xalal beradigan bir- ikkita galamis topilar ekan. Agar vodiy togʻlar bilan oʻralgan boʻlsa, taqdir sizga kulib boqadi.
Vulqon tushda koʻrsa. Agar tushingizda vulqon otilib chiqqanligini koʻrsangiz, oʻngingizda murakkab hissiyotlarni boshingizdan oʻtkazasiz; rashk, ehtiros, nafrat, qaygʻu shular jumlasidandir. Agar tushingizdagi vulqon olov purkab chiqayotgan boʻlsa, oʻngingizdagi hissiyotlaringiz ham portlash oldida. Agar vulqon otilib, toshlar siz tarafingizga tushayotgan boʻlsa, hayotin gizda oʻzgarishlar sodir boʻladi. Tushingizdagi vulqon paytida siz qatlamlar ichiga kirib ketsangiz, oʻngingizda aql bilan ish qilishingiz kerak boʻladi. Vulqondan sizga toshlar otilayotgan boʻlsa, oʻngingizda ziddiyatlardan qochishingiz kerak, aks holda, hayotingizga salbiy taʼsiri boʻladi. Soʻngan vulqonni tushda koʻrish — kasallikka va qalb iztiroblariga ishora.
Gavhar. Har kim tushida gavhar topsa, oʻngida koʻp mol topishidan dalolat, agar oq gavhar topsa, farzandlik boʻlar ekan.
Gilam. Tushda gilam koʻrish, uning ustida oʻtirish — moʻlchilikka ishora. Balogʻatga yetgan qiz tushida gilam koʻrsa, ajoyib bir xonadonga kelin boʻladi, erli ayol koʻrsa, turmushi farovon boʻladi. Bozordan gilam sotib olish esa, qoʻlga kiradigan katta foydadan xabar, sotish buning aksidir.
Guldasta tushda. Tushingizda yangi uzilgan gullardan yasalgan guldastani koʻrsangiz, oʻngingizda oilaviy farovonlik koʻra- siz, qoʻlingizga pullarning oqib kelishi imkoni boʻladi. Agar dastadagi gullar soʻlgan boʻlsa, oʻngingizda xavf ostida qolgan muhabbatingizni qutqarish uchun bor imkoniyatlaringizni ishga solishingiz kerak, boshqalar uchun sogʻliq haqida uylash lozim boʻladi. Agar juvon qoʻlida kelinga atalgan guldastani ushlab turgan boʻlsa, oʻngida koʻngilsiz bir tashvishdan qutuladi.
Guldon tushda. Agar tushingizda gul toʻla guldon koʻrsangiz, kutgan mujdangiz oʻngingizda keladi.
Goʻdak tushda. Kimki tushida oʻziga tanish boʻlgan goʻdakni koʻrsa, xursandchilik boʻlishiga ishora. Agar notanish goʻdakni koʻrsa, oʻngida tashvish va gʻamni boshidan kechiradi hamda tush sohibida ojizgina raqiba paydo boʻladi. Kimki tushida katta odamni bola
Daryo. Tushingizda tinch oqayotgan, suvi tiniq daryoni koʻrsangiz, oʻngingizda sogʻligingiz yaxshi boʻladi. Agar tushingizda daryo koʻpirib, toshib oqayotgan boʻlsa, suvi qanchalik tiniq boʻlmasin, oʻngingizda sogʻligingiz yomonlashadi.
Daryo yoki koʻlda yuvinish. Tushingizda daryo yoki koʻl suvida yuvinayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda sizni koʻplab tashvishlar kutadi va bu narsa sizdan koʻp kuch sarf qilishingiz- ni talab qiladi. Agar daryoning yoki koʻlning suvi tiniq boʻlsa, oʻngingizda istalgan mushkul ishni osonlik bilan hal etasiz, suv loyqa boʻlsa, ogir sinovlarga tayyor turishingiz kerak. Toshqin daryo suvida yuvinayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda shamollashdan ehtiyot boʻling.
Tushda tinch oqayotgan dengizni kuzatish — oʻngingizda arzimagan sabablar bilan yaqinlaringiz va qarindoshlaringiz bilan munosabatlaringiz soviydi. Quturayotgan dengizni koʻrsangiz, oʻngin- gizda ishingizda ham, oilangizda ham notinchlik roʻy beradi.
Dur. Tushda dur koʻrish — foydali tijoratga va shaxsiy turmushda muvaffaqiyatga ishora. Qizga qalligi tushida dur sovgʻa qilsa, unga toʻq va farovon turmush, sadoqatli er nasib etadi. Ayol tushida dur yoʻqotsa, biror sabab boʻlib oʻngida qaygʻuga qoladi. Tushda kimdir dengiz tubidan dur olib chiqayotgan boʻlsa, qahatchilikka ishora. Durni bittalab ipdan oʻtkazish zerikish va yolgʻizlikdan dalolat. Tushda yoʻldan dur topib olish oʻngda koʻz yoshi toʻkishga ishora boʻladi.
Agar erkak kishi durni yoʻqotib qoʻysa, oʻngda biron koʻngilsiz ishning boʻlishidan darak. Kimki tushida noyob dur sotib olsa, tush sohibining katta kuchga egaligidan va u qachondir hayotda sodir boʻladigan oʻzgarishlar taʼsirida odamlar nazariga tushishidan dalolat beradi.
Doʻkon. Tushingizga doʻkon kirib, unda xarid qilinadi- gan narsalar benihoya koʻp boʻlsa, bu farovonlik va omadga ishoradir. Bunday tushni jumadan shanba kunga oʻtar kechasi koʻrsangiz, oʻngingizda yaqin orada safarga chiqasiz.
Payshanbadan jumaga yoki yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasi tushingizda doʻkondan xarid qilsangiz, oʻngingizda oʻzingizning gʻayratingiz va doʻstlaringizning qoʻllab-quvvatlashi bilan ishlaringiz gurillab ketadi. Chorshanbadan payshanbaga oʻtar kechasi tushingizda doʻkonga kirsangiz va unda hech narsa boʻlmasa, oʻngingizda janjal tagida qolasiz.
Yomgʻir tushda. Umuman tushda yomgʻirni koʻrish koʻz yoshlarga ishora. Yomgʻir toʻxtab-toʻxtab yogʻsa, oʻngdagi koʻngilsizliklardan dalolat. Yemgir tomchilari loyqa boʻlsa va sekin tushayotgan boʻlsa, oʻngdagi xiyonatga ishoradir. Yemgʻir tomchilari qum ustiga tushib singib ketgan boʻlsa, demak, eringiz allaqachondan beri sizga xiyonat qilar ekan.
Tomchilar qum ustida koʻlmak hosil qilsa, oʻngingizda bu xiyonat sizga oshkor boʻladi. Tomchilar suv ustiga tushayotgan boʻlsa, oʻngingizda sevikli kishingiz bilan ajrashasiz. Yomgir shiddat bilan yogʻsa, oʻngingizda ishxonangizda ham, shaxsiy hayotingizda ham koʻngilsiz voqealar boʻladi.
Zaharli qora ilon. Agar tushingizda zaharli qora ilonni oʻldirsangiz, oʻngingizda boylik topasiz, agar ilon biron kishini chirmab olgan boʻlsa, atrofingizda oʻzini doʻst koʻrsatadigan raqiblaringiz bor ekan. Chorshanbadan payshanbaga oʻtar kechasi tushingizga zaharli qora ilon kirsa, oʻngingizda mayda-chuyda muammolar paydo boʻladi. Agar tushingizda zaharli qora ilon oʻlgan boʻlsa, sizga yoqmaydigan bir odam uyingizga keladi.
Zilzila tushda. Tushda zilzila boʻlganini koʻrish — hayotdagi oʻzgarishlarga, kasallik va kutilmagan xabarga ishora. Agar tushingizda yer qimirlaganiga shohid boʻlsangiz, oʻngingizda yaqinlaringizdan biri yordamga muhtoj. Agar zilzila oqibatida yer surilayotganligini koʻrsangiz, oʻngingizda moliyaviy masalalarga eʼtibor berishingiz kerak boʻladi.
Tushingizda kimnidir qutqarayotgan boʻlsangiz, oʻngingiz da kimnidir qoʻllab quvvatlaysiz, ehtimolki moliyaviy yordam berasiz. Agar oyogingiz toyilayotgan boʻlsa, oʻngingizda oilaviy masalalarni hal qilishingiz, darz ketgan munosabatlarni joyiga keltirishingiz kerak.
Tushingizdagi zilzila oqibatida ustingizga tosh va tuproq yogilayotgan boʻlsa, oʻngingizda sogʻligʻingiz haqida qaygʻurishingiz lozim ekan. Yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasi tushingizda zilzila kirsa, oʻngingizga hujjat ishlariga ehtiyot boʻlishingiz kerak. Jumadan shanbaga oʻtar kechasi tushingizga zilzila kirsa, oʻngingizda oila aʼzolaringiz sizning eʼtiboringiz va mehringizga muhtojdirlar.
Zirak. Tushda zirak koʻrish yaxshi xabarga va uydagi koʻngilli tashvishlarga taʼbir qilinadi. Agar chorshanbadan payshanbaga oʻtar kechasi tushingizda zirak koʻrsangiz, oʻngingizda mehmon kelishini kuting. Seshanbadan chorshanbaga yoki jumadan shanbaga oʻtar kechasi tushingizga singan zirak kirsa yoki uni ehtiyotsizlik bilan sindirib qoʻygan boʻlsalar, oʻngingizdagi gʻiybatlar sizga zarar yetkazadi. Tushingizda qulogʻingizga kimdir zirak taqsa va u juda chiroyli boʻlsa, oʻngingizdagi martaba va farovon hayotga taʼbir qilinadi.
Ilon. Tushda koʻrsang — ganj, oʻngda koʻrsang, yanch, degan maqol ilonga tegishli. Agar tushingizda ilon qimirlamay yotgan boʻlsa, sizga muhim bir ishni topshiradilar. Ilon payshanbadan jumaga oʻtar kechasi tushingizga kirsa, oʻngingizda doʻstlaringizdan kimdir sizni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlar ekan.
Kampir tushda. Kimki tushida qari xotinni yosh boʻlib qolganligini va kayfiyati koʻtarinki ekanligini koʻrsa, oʻngidagi ishlari oʻz koʻnglidagidek amalga oshadi; agar kampirni xa- fahollikda koʻrsa, iqtisodiy jihatdan qiynaladi, gʻam-anduhga botadi.
Kanop. Agar ayol kishining tushiga kanop ekilgan dala kirsa va u unda kezib yurib, polizga yiqilib tushsa, oʻngida dugonasi bilan urishib qolib, ajrashadi.
Kapalak. Tushda gullar va maysalar ustida uchib yurgan kapalakni koʻrish boylikka ishoradir. Agar bunday tushni qiz bola koʻrsa, yaxshi joyga kelin boʻladi.
Kaptar. Agar tushingizda kaptar kelib yelkangizga qoʻnsa, bilingki, yaqinlaringizdan biri ogʻir kasal ekan. Kaptar tushingizda dasturxoningizga kelib qoʻnsa, oʻzingiz bemor boʻlasiz. U daraxtga qoʻngan boʻlsa, oʻngingizda tabiat qoʻyniga chiqing.
Tushingizda u machit gumbaziga qunsa, Xudo sizga ruhiy olam borligi haqida, marhumlarni eslab turish kerakligi, sadaqa va zakot berish lozimligi haqida eslatayapti. Dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasidagi tushingizda kaptar voqe boʻlsa, anchadan beri yugurib yurib bitirmoqchi boʻlgan ishingiz bitmay qoladi. Seshanbadan chorshanbaga oʻtar kechasi tushingizda kaptar voqe boʻlsa, oʻngingizda barcha muammolaringiz hal boʻlib, tarixiy bir voqeada ishtirok etasiz
Kiyik tushda. Tushingizda sizga qarab yugurib kelayotgan kiyik oʻngingizda hayotiy qiyinchiliklarni anglatadi. Qochib borayotgan kiyikni koʻrsangiz, oʻngingizda siz istiqomat qila- yotgan shaharda shunday bir voqea boʻladiki, u sizning hayotingizga taʼsirini oʻtkazadi. Seshanbadan chorshanbaga oʻtar kechasi bunday tush koʻrsangiz, oʻngingizda aqlingiz va tadbirkorligingiz tufayli jamiyatda yuksak maqomga ega boʻla- siz.
Kiyim tushda kiyim. Yaxshi va ozoda kiyimni tushda koʻrish — ayollar uchun qobil va boy erga ishora; agar ayol kishi tushida toza va chiroyli kiyim kiygan boʻlsa, oʻngida yaxshi odamga turmushga chiqadi. Eski, kir kiyim — qashshoqlikdan dalolat. Tushida oʻzini kiyimsiz koʻrsa giybatlarga nishon boʻladi. Boshqalarni kiyimsiz koʻrish — xafachilik. Koʻylak.
Payshanbadan jumaga oʻtar kechasi tushingizda chiroyli tikilgan koʻylak koʻrsangiz, oʻngingizda sinfdosh- laringiz bilan uchrashasiz. Chorshanbadan payshanbaga yoki yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasidagi tushingizda koʻyla- gingiz yirtilsa, yomon feʼlingiz va ishlaringiz uchun dakki eshitasiz. Dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasidagi tushin- gizda egningizga koʻylak oʻlchab koʻrayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda raqibangiz borligini eshitasiz.
Tungi koʻylak. Tushingizda oʻzingizni tungi koʻylakda koʻrsangiz, oʻngingizda yengilgina kasal boʻlasiz. Agar bunday tushni seshanbadan chorshanbaga oʻtar kechasi koʻrsangiz, oʻngingizda bolalaringiz quvonch keltiradilar. Dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi tushingizda yaqinlaringizdan birini tungi koʻylakda koʻrsangiz, oʻngingizda sizni koʻngilli sayohat kutadi. Bunday tush yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasi sodir boʻlsa, oʻngingizda qaltis bir ishga qoʻl urib, undan muvaffaqiyat bilan chiqib ketasiz.
Koʻkrak. Kimki tushida ayol koʻkragini ochiq koʻrsa, farzandga yoʻyiladi.
Koʻprik. Payshanbadan jumaga oʻtar kechasi tushingizda lopillab turgan koʻprikdan oʻtayotgan boʻlsangiz, oʻngin- gizda sizni qoʻrquv egallaydi. Chorshanbadan payshanbaga oʻtar kechasidagi tushingizda koʻprikdan ehtiyot boʻlib oʻtayotgan boʻlsangiz, oʻngingizda sizga masʼuliyatli, ammo qiyin topshiriq beriladi.
Dushanbadan seshanbaga yoki payshanbadan jumaga oʻtar kechasi tushingizda koʻprikdan sakrab oʻtsangiz, oʻngingizda sizdan qatʼiy harakat talab etiladi. Agar oyogʻingiz tagida koʻprik choʻksa, oʻngingizda sizga xiyonat qiluvchilar bor ekanligidan dalolat.
Koʻrshapalak. Agar tushingizda koʻrshapalaklar sizga hujum qilayotgan boʻlsa, oʻngingizda tez orada sizni ogir sinovlar kutadi. Dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi tu- shingizda koʻrshapalak koʻrsangiz, oʻngingizda muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz.
Laylak tushda. Yaxshilik keltiradigan qush. Shuning uchun tushda laylak koʻrish yaxshi xabarga va ezgulikka taʼbir qilinadi. Agar tushingizda laylakni dushanbadan chorshanba kunigacha koʻrsangiz, bu tush oila ishlariga bogʻliq boʻladi, agar payshanbadan shanbagacha koʻrsangiz, xizmat vazifalariga taalluqli.
Shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi laylak tushga kirsa, bu tush hech narsani anglatmaydi. Agar tushingizda laylak savatda bola olib kelayotgan boʻlsa, har holda bir hafta davomida sizda bolalar muammosi tugʻilmaydi. Agar tushingizda laylak sizga havf qilsa, oʻngingizda qandaydir baxtsizlik roʻy beradi.
Mehmon tushda. Agar tushingizda uyingizga mehmon kelsa, oʻngingizda uzoqdan bir xabar olasiz yoki koʻngilsiz tasodifiy uchrashuv sodir boʻladi. Tushingizda uyingizga koʻp mehmon- lar kelsa va siz ularning oldiga dasturxon yozsangiz, oʻngingizda shunday bir koʻngilsiz hodisa ichiga tushib qolasizki, undan faqat oʻz kuchingiz va aqlingiz bilan chiqib ketishin- giz mumkin.
Agar tushingizda birdan uyingizga mehmonlar kirib kelsa va dasturxonga qoʻygulik hech narsangiz boʻlmasa, oʻngingizda sarf-xarajat qilasiz yoki aldanasiz. Uyingizga sizga yoqmaydigan biron odam kirib kelsa, oʻngingizda sevgili kishingiz bilan ajrashasiz va uzoq vaqt azoblanib yurasiz.
Uzingiz birovnikiga mehmon boʻlib borsangiz, oʻngingizda bu narsa sizga ancha qimmatga tushadi. Agar kim bi- landir mehmondorchilikda raqs tushsangiz, oʻngingizda yengil tabiatli bir odam sizni firibgarlik ishiga jalb qiladi.
Mol tushda. Tushingizda mol podasini oʻtlatayotgan boʻlsangiz, demak, oʻngingizda bolalaringiz bilan munosabatingiz yaxshi va siz ularning eng yaqin sirdosh doʻstisiz. Chorshanbadan payshanbaga oʻtar kechasi bu tush sodir boʻlsa, ishxonangizda koʻngilsizlik roʻy beradi; oʻzingiz bilmagan narsa bilan sizni ayblaydilar.
Shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi bu tush ayon boʻlsa, bolangizni yoki nabirangizni bolalar bogcha- siga berishingiz kerak; u tengdoshlari bilan muomala qilishga oʻrganishi lozim. Yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasi bu tushni koʻrsangiz, oʻngingizda shu paytgacha hech kimga aytmagan orzuingiz amalga oshadi.
Momaqaldiroq tushda. Tushda momaqaldiroqning gumburlashi baxtsizlikka taʼbir qilinadi. Tushingizda momaqaldiroq boʻlsayu yomgʻir yogmasa, oʻngingizda muammolaringizni toʻgʻri fikrlash va harakat bilan hal qilishingiz hamda qiyin holatlardan chiqib ketishingiz mumkin.
Tushingizda qora bulut bosgan osmonni koʻrsangiz, oʻngingizda mansab masalalarida kimningdir bosimini koʻrasiz.
Momaqaldiroq qarsillashi barobarida chaqmoq chaqnasa, ungingizda kuchli raqib bilan kurashishingizga toʻgri keladi. Agar momaqaldiroqdan qochib, biron joyga berkinsan giz, u holda oʻngingizda himoyaga va kimningdir homiyligiga muhtoj boʻlasiz.
Dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi momaqaldiroqni koʻrsangiz, oʻngingizda tez orada koʻngilsizlik roʻy beradi.
Seshanbadan chorshanba kuniga oʻtar kechasi momaqaldiroq sodir boʻlsa, oʻngingizda ogir kechinmalar toʻsatdan paydo boʻladi. Payshanbadan jumaga oʻtar kechasi sodir boʻlsa, bu tushga eʼtibor bermang; hech narsa boʻlmaydi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!