Sajdai tilovat haqida

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم
Bismillahir rohmanir rohim!
📚Sajdai tilovat haqida.
Qurʼondagi sajda oyatlarining birini oʻqigan va eshitgan kishiga sajda qilishlik vojib boʻladi. Qurʼonda 14 yerda sajda oyatlari bor:
1. Aʼrof surasi, 206.
2. Raʼd surasi, 15.
3. Nahl surasi, 49.
4. Isro surasi, 109.
5. Maryam surasi, 58.
6. Haj surasi, 18.
7. Furqon surasi, 60.
8. Naml surasi, 26.
9. Sajda surasi,15.
10. Sod surasi, 24.
11. Fussilat surasi, 37.
12. Najm surasi, 62.
13. Inshiqoq surasi, 21.
14. ʼAlaq surasi, 19.
Agar bir kishi bir oʻtirganida bu sajda oyatlaridan birini ikki va undan koʻp marta oʻqisa bir sajda vojib boʻladi.
Agar bir oʻtirganida ikki, uchta suradagi sajda oyatlarini oʻqisa nechta suradaligini oʻqisa shuncha sajda qilishlik vojib boʻladi, masalan ikki suradagi ikki sajda oyatini oʻqisa ikki marta sajda vojib boʻladi.
Agar bir sajda oyatini bir oʻtirganida bir marta oʻqisa, keyin oʻrnidan turib kelib ikkinchi oʻtirishda yana oʻqisa necha marta oʻqisa shuncha marta sajda vojib boʻladi.
Eshitish ham oʻqiganga oʻxshash: bir oʻtirganida bitta sajda oyatni bir necha marta eshitsa bir sajda vojib boʻladi, ikki oʻtirishda eshitsa ikki sajda vojib boʻladi.
Qurʼon oʻqiyotganda faqat sajda oyatini oʻqimasdan qoldirib ketishlik makruhdir. Lekin sajda oyatiga yana 2 3 ta oyat qoʻshib oʻqimasdan qoldirishlik mumkin.
Sajda oyatini atrofdagilar eshitishi mumkin boʻlsa maxfiy oʻqishlik mustahabdir.
Tilovat sajdasi qilinishi tartibi:
1. Niyyat.
2. Allohu Akbar deb takbir aytmoqlik va sajdaga ketmoqlik.
3. Sajdada Subhana Robbiyal ʼalaa deb eng oz 3 marta tasbeh aytishlik (Bitta sajda qilinadi).
4. Qaʼda (namoz oxiridagi oʻtirish) da oʻtirib quyidagi duoni oʻqimoqlik:
Sajjattu lirRohmaani va amantu birRohmaani vagʻfirliy zunubii ya Rohman. Samiʼna va atoʻna gʻufronaka Robbana va ilaykal masiyr - sajda qildim Rohmanga va imon keltirdim Rohmanga, gunohlarimni kechirgin, ey Rohman. Eshitdik va itoat qildik Robbimiz, Uning saridir qaytishligimiz.
Tilovat sajdasining 7 ta sharti bor:
1. Namozda boʻlgandek tahoratli boʻlishlik;
2. Badani;
3. libosi;
4. Oʻrni pok boʻlishi;
5. Avrati bekitilgan boʻlishi;
6. Qiblaga qarab turishlik;
7. Niyat qilmoq.
Bu sajdada takbirda qoʻl koʻtarmoq va ruku’ qilmoq lozim emas. Balki qiyomda turib yoki oʻtirib niyat qilinadi va toʻgʻri sajdaga ketiladi. Bu sajdani sajda oyatini oʻqigandan keyin namoz oʻqishlik makruh boʻlmagan paytda qilish lozimdir. Lekin sajda oyati oʻqilgach bir necha soat yoki bir necha kundan keyin sajda qilsa ham durust, lekin koʻp ham kechiktirmagan afzal.
Agar bu sajda oyatlari namoz ichidagi qiroatda oʻqilsa sajda oyatidan keyin odatiy ruku’ qilinsa alohida sajda qilmaydi, oʻsha odatiy ruku’ kifoya qiladi.
Agar imom namoz ichida sajda oyatini oʻqisa va shundan keyin rukuʼga ketmasa sajda qiladi va muqtadiylar ham imom bilan sajda qiladilar.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!