🕌 Islom

Shafoat shafoatchiga qarab sakkiz turli boʻladi

2 daqiqa 2.6K marta oʻqildi
Shafoat shafoatchiga qarab sakkiz turli boʻladi
Shafoat shafoatchiga qarab sakkiz turli boʻladi:
1-Anbiyo alayhis sallomlarning ummatlariga shafoati.
2-Farishtalarning gunohkorlarga shafoati
3-Kichik bolalarning ota-onasiga shafoati.
4-Allohning yoʻlida shahid boʻlganning oʻz ahlidan yetmish kishiga shafoati.
5-Qurʼonni yod olgan kishining ahli baytiga shafoati.
6-Moʻminlarning bir-birlari haqidagi shafoati.
7-Qurʼoni karimning oʻz qorisiga shafoati.
8-Roʻzaning roʻzadorga shafoati.
Dalil: quyidagi oyatlar:
1-»U zotning huzurida shafoat beradigan, faqat Uning izni ila boʻlur». (Baqara surasi, 255).
2-»U zot ishning taʼbirini qilur. Hech bir shafoatchi yoʻq. Magar Uning iznidan soʻng boʻlur». (Yunus surasi, 3)
3-»Shafoatga molik boʻlmaslar. Magar Rahmon huzurida ahd olgangina boʻlur». (Maryam su-rasi, 87)
4-»Oʻsha Kunda shafoat naf bermas. Magar kimga Rahmon izn bersa va uning gapirishiga rozi boʻlsa (naf berur)». (Toha surasi, 109)
5-»Va shafoat bermaslar, magar kimga rozi boʻlsa (berurlar). Ular Robbilaridan qoʻrqqan hollaridadir». (Anbiyo surasi, 28)
6-»Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalarning shafoatlari hech bir narsani aritmas. Magar Alloh xohlagan va rozi boʻlgan odamga izn bergandan keyingina (aritar)». (Najm su-rasi, 26)
7-Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Bas Alloh taolo: «Farishtalar shafoat berdi. Nabiylar shafoat berdi. Moʻminlar shafoat berdi. Arhamur Rohiymiyndan boshqa hech kim qolmadi»-deydi. Soʻngra doʻzaxdan bir siqim oladi va undan hech bir yaxshilik qilmagan odamlarni chiqaradi», degan hadislari.(Muslim Abu Saʼid al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan).
8-Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning shahidning olti xislatini bayon qilgan hadislari oxirida: «Va oʻz qarindoshlaridan yetmish kishiga shafoat beradi»- deyilgan. (Termiziy va Ibn Moja).
9-Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, mening ummatimdan koʻpchilikka shafoat beradiganlar, qabilaga shafoat beradiganlar, ota tomon qarindoshlarga shafoat beradiganlar, va bir kishiga, toki jannatga kirishlari uchun shafoat beradiganlar bor»-deganlar. (Termiziy).
10-Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Roʻza va Qurʼon bandaga shafoat beradilar»-deganlar. (Bayhaqiy «Shuabul Iymon»da rivoyat qilgan).
11-Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta «Siqt»-(balogʻatga yetmay oʻlgan bo-la) ota-onasini doʻzaxga kirgazgan chogʻda Robbisi ila tortishadi. Shunda unga: «Ey Robbisi ila tortishuvchi bola, ota-onagni jannatga kirit»-deyiladi», deganlar. (Ibn Moja).
Sharh Aqidat at-Tahoviy 59.b6
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!