🕌 Islom

Istigʻfor duolari va ularning oʻqilishi va tarjimalari:

2 daqiqa 195.2K marta oʻqildi
Istigʻfor duolari va ularning oʻqilishi va tarjimalari:
1 - غفرانك

Oʻqilishi: Gʻufronaka

Maʼnosi: Allohim men Sendan magʻfiratingni soʻrayman.

2 ـ أستغفر الله

Oʻqilishi: Astagʻfirulloh

Maʼnosi: Allohdan magʻfirat qilishini soʻrayman.

3 ـ أستغفر الله العظيم الذي لا إله إلا هو الحيَّ القيوم وأتوب إليه

Oʻqilishi: Astagʻfirullohallaziy laa ilaha illa huval Hayyul Qoyyum va atubu ilayh.

Maʼnosi: Hay (Tirik) va Qayyum (Abadiy) sifatli Zotdan oʻzga iloh yoʻq, Unga istigʻfor aytaman va Unga tavba qilaman.

4 ـ ربِّ اغفر لي وتُب عليَّ إنك أنت التواب الرحيم

Oʻqilishi: Robbigʻfir liy va tub ’alay, innaka antat Tavvaabur Rohiym.

Maʼnosi: Allohim, meni (gunohlarimni) kechir, tavbamni qabul et! Zero, Sen tavbalarni qabul qiluvchi, Mehribon Zotsan!

5 ـ اللهمَّ اغفر لنا وارحمنا وتُب علينا إنك أنت التواب الرحيم

Oʻqilishi: Allohummagʻfirlanaa varhamnaa va tub ’alaynaa innaka antat Tavvaabur Rohiym.

Maʼnosi: Allohim bizni (gunohlarimizni) kechirgin va bizga rahm qil, tavbalarimizni qabul et? Albatta, Sen tavbalarni qabul qiluvchi, Mehribon Zotsan!

6 ـ اللهم إني ظلمت نفسي ظلماً كثيراً، ولا يغفر الذنوب إلا أنت فاغفر لي مغفرة من عندك، وارحمني إنك أنت الغفور الرحيم

Oʻqilishi: Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron va laa yagʻfiruz-zunuuba illa anta. Fagʻfirliy magʻfirotan min ’indika varhamniy, innaka antal Gʻofurur Rohiym.

Maʼnosi: Ey Alloh! Albatta, men oʻz nafsimga koʻp zulm qildim. Gunohlarni faqatgina Sen magʻfirat qilasan. Bas, huzuringdan boʻlgan magʻfirat ila meni magʻfirat etgin va menga rahm qilgin! Albatta, Sen Gʻofur, Rohiym Zotsan.

7 - اللهم أنت ربي لا إله إلا أنت خلقتني وأنا عبدك، وأنا على عهدك ووعدك ما استطعت، أعوذ بك من شر ما صنعت، أبوءُ لك بنعمتك عليَّ وأبوء بذنبي فاغفر لي فإنه لا يغفر الذنوب إلا أنت

Oʻqilishi: Allohumma anta robbiy, laa ilaaha illaa anta xolaqtaniy, va ana ’abduk, va ana ’alaa ’ahdika va vaʼdika mastatoʻtu, auuzu bika min sharri maa sonaʼtu, abuu-u laka biniʼmatika ’alay, va abuu-u laka bizanbiy, fagʻfirliy fainnahuu laa yagʻfiruz-zunuuba illaa ant.

Maʼnosi: Yo Alloh, Sen Parvardigorimsan. Sendan oʻzga iloh yoʻq. Meni yaratgansan. Men Sening bandangman. Kuchim yetganicha Senga bergan ahdimda, vaʼdamda turaman. Oʻzim qilgan ishlar yomonligidan panoh berishingni soʻrayman. Bergan neʼmatlaringni eʼtirof etaman, gunohlarimni tan olaman. Shunday ekan, meni kechir! Zero, gunohlarni faqat Sen kechirasan!

Majlisdan turganda oʻqiladigan duo:

سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ.

Oʻqilishi: Subhaanakallohumma va bihamdika, ashhadu allaa ilaaha illaa anta astagʻfiruka va atuubu ilayk.

Maʼnosi: Yo Alloh! Sen (barcha ayb-nuqsonlardan) Poksan. Senga hamd aytaman. Sendan oʻzga iloh yoʻqligiga guvohlik beraman. Sendan magʻfirat soʻrayman va tavba qilaman!
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.