🎵 Qoʻshiq matnlari

Abduvali Abdusalomov - Yurganlar qancha

1.2K marta oʻqildi
Abduvali Abdusalomov - Yurganlar qancha
Omad kelsa davron suray deb
Bola chaqam baxtin koʻray deb
Malibuda Mersda yuray deb
Sabr qilib yurganlar qancha

Qoʻlida bor molu davlati
Davralarning koʻrku savlati
Lek koʻngildan arimas dardi
Tirnoqqa zor yurganlar qancha

Kambagʻal deb yerga urilgan
Davralarda chetga surilgan
Bugun unga omadlar kulgan
Davron surib yurganlar qancha

Uyda yori haloli turib
Ayshu ishrat yoʻlidan yurib
Xushtoridan farzandlar koʻrib
Yoʻldan ozib yurganlar qancha

Ayol nomin yerlarga urib
Bir kechalik xizmatda yurib
Hatto uyda erlari turib
Don olishib yurganlar qancha

Hammasiga bordur tarozi
Barchasiga vaqt oʻzi qozi
Hammamizdan haq boʻlsin rozi
Deb duoda yurganlar qancha

Kambagʻal deb yerga urilgan
Davralarda chetga surilgan
Bugun unga omadlar kulgan
Davron surib yurganlar qancha

Uyda yori haloli turib
Ayshu ishrat yoʻlidan yurib
Xushtoridan farzandlar koʻrib
Yoʻldan ozib yurganlar qancha

Omad kelsa davron suray deb
Bola chaqam baxtin koʻray deb
Malibuda Mersda yuray deb
Sabr qilib yurganlar qancha
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!