🎵 Qoʻshiq matnlari

Tohir Mahkamov - Erkak

3.2K marta oʻqildi
Tohir Mahkamov - Erkak
Oʻgil bola boʻlib tugʻilish bu qismat
Lekin erkak boʻlib yashash qiyin
Undanham ogʻiri erkak boʻlib qolishdur

Bir boshga bir oʻlim haq oshna
Toʻfonlarga tik turib yasha
Yov qoninga qilsa ham tashna
Erkakmisan erkakday yasha

Mayli or deb qonlarga botgin
Orsiz jonni oʻtlarga otgin
Onasin ham sotadi sotqin
Erkakmisan erkakday yasha

Elda gap bor oʻzingni er bil
Lek oʻzgani arslon bil sher bil
Pastkashlarga yalinma yer bil
Erkakmisan erkakday yasha

Nokas agar koʻrmasa foda
Koʻrinmaydi yerdayuv oyda
Yursang yuru hohlagan joyda
Erkakmisan erkakday yasha

Boyligingda bisyor tanishlar
Turar belga bogʻlab qamishlar
Sinsang qochar xotin chalishlar
Erkakmisan erkakday yasha

Turib bergacha kamo koʻstingga
Orqadan tig' urib doʻstingga
Doʻstman deya urma koʻksingga
Erkakmisan erkakday yasha

Lavzi qonun erkak kishini
Buzsang bilib qilar ishini
Nomart suvga aytsin tushini
Erkakmisan erkakday yasha

Azam shukur qilgin avvalo
Erkak qilib yaratdi Hudo
Qilay desang haqqini ado
Erkakmisan erkakday yasha
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Naimaxon Arslonova - Aldama

13-iyul, 20221K
Qoʻshiq matnlari

Doniyor Bekturdiyev - Gulak

13-iyul, 20221.2K
Qoʻshiq matnlari

Abdullo Tojiyev - Musofir

13-iyul, 20221.3K