Sherzod Nabiyev - Jigarlarim
Diydor esa suratlarga qadalganmi
Inson faqat ishlash uchun yaralganmi
Keling, bugun koʻrishaylik jigarlarim (2x)
Taskin topib boʻlarmikan telefonda
Bir diydorga nima yetsin bu zamonda
Har kun boʻlmasada mayli onda-sonda
Keling, bugun koʻrishaylik, jigarlarim.
Har kun boʻlmasada, onda-sonda,
Bir yigʻilib, koʻrishaylik, jigarlarim.
Jigarlarim, oh mening jigarlarim
Sogʻintirganlarim-ey, sogʻinganlarim
Jigarlarim, oh mening jigarlarim
Keling, bugun koʻrishaylik, jigarlarim
Ota boʻlib, ota qadrin bilayabmiz
Ona boʻlib – Ona dardin bilayabmiz
Ular kabi biz ham bugun gʻanimatmiz
Keling, tez-tez koʻrishaylik, jigarlarim (2x)
Taskin topib boʻlarmikan telefonda
Bir diydorga nima yetsin bu zamonda
Har kun boʻlmasada, mayli onda-sonda
Keling, bugun koʻrishaylik, jigarlarim
Har kun boʻlmasada, onda-sonda,
Bir yigʻilib, koʻrishaylik, jigarlarim
Jigarlarim, oh mening jigarlarim
Sogʻintirganlarim-ey, sogʻinganlarim
Jigarlarim, oh mening jigarlarim
Keling, bugun koʻrishaylik, jigarlarim (2x)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!