🎵 Qoʻshiq matnlari

Yusuf - Sogʻindim ota

1.7K marta oʻqildi
Qabrning toshiga bitildi yillar
Onam koʻz yoshidan unibdi gullar
Salovatni aytib turibdi ular
Men esa unutdim salovatni ham

Tirikchilik deya toʻlmagan kamim
Toʻlarmidi duosiz aziz padarim
Siz yoʻq endi bugun egilar qaddim
Oʻrningiz bilingi oʻrningiz ota

Sogʻinchlarim bekor boʻlmasa takror
Eslay deganimda chalgʻitar roʻzgʻor
Tunlarim boʻlmadi yod etib bedor
Duolarimdaham unutdim sizni

Qaxshib zorlanib oʻngsiz bu dillar
Orom bilmadi ojiz koʻngillar
Yomgʻirga aylanib koʻzda kulgular
Sogʻindim sizni sogʻindim ota

Bu bir kam dunyoda yoʻq edi kamim
Boʻlibmanda endi bechora gʻanib
Xech neni bilmadim ammo bilganim
Oʻrningiz bilindi oʻrningiz ota

Bu saroyim chirogʻi koʻnglimning bogʻi
Volidam suyangan be minnat togʻim
Oʻchmas yuraklardan bu dardning dogʻi
Sogʻindim sizni men sogʻindim ota

Sogʻindim sizni men sogʻindim ota
Sogʻindim sizni men sogʻindim ota
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Bahodir Nizomov - Yasmina

16-iyul, 20222K
Qoʻshiq matnlari

Panohiddin Yoʻldoshev - Usto

16-iyul, 20221.8K