🕌 Islom

Yetti toj

1 daqiqa 1.7K marta oʻqildi
Yetti toj
1. ZIKRNING TOJI:
«Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva 'alaa kulli shayin qodiyr»
(Yagona Allohdan boshqa iloh yoʻq, Uning sherigi ham yoʻq, saltanat va maqtov Unikidir. U barcha narsaga qodir Zotdir).

️ 2. TASBEHNING TOJI:
«Subhaanallohi va bihamdih, 'adada xolqih, va rizo nafsih, va zinata 'arshih, va midada kalimaatih»
(Yaratganlarining adadicha, Oʻzi rozi boʻlgunicha, Arshining vaznicha, kalimalarining uzunligicha Allohga hamd aytaman va Uni poklab yod etaman).

️ 3. DUONING TOJI:
«Robbanaa, aatinaa fid-dunya hasanatan va fil aaxiroti hasanatan va qinaa 'azaaban-naar»
(Robbimiz, bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilik ato qil va bizni doʻzax azobidan saqla!)

️ 4. ISTIGʻFORNING TOJI:
«Allohumma, anta Robbiy, laa ilaaha illaa anta, xolaqtaniy va ana 'abduk, va ana 'alaa 'ahdika va vaʼdika mastatoʻtu, aʼuuzu bika min sharri maa sonaʼt, abuuʼu laka bi niʼmatika 'alayya, va abuuʼu bizambiy, fagʻfirliy, fainnahu laa yagʻfiruz-zunuba illaa ant»
(Allohim, Sen Parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Meni Sen yaratding, men Sening qulingman. Men Senga bergan vaʼdamda va Senga bergan ahdimda qodir boʻlganimcha turibman. Qilgan ishlarimning yomonidan Oʻzingdan panoh tilayman. Menga ato qilgan neʼmatlaringga iqrorman, gunohlarimga ham iqrorman. Gunohlarimni kechir, chunki Sendan boshqa hech kim gunohlarni kechira olmaydi)

️ 5. ZARARDAN HIMOYaLANISh DUOLARINING TOJI:
«Bismillaahillaziy laa yazurru maʼasmihi shayun fil arzi va laa fis-samaa, va huvas-samiyʼul-'aliym»
(Allohning ismi bilan boshlayman, U Zotning ismi tufayli yeru osmonda biror narsa zarar bera olmaydi. U eshituvchi, biluvchi Zotdir).

️ 6. MUAMMODAN QUTILISh DUOLARINING TOJI:
«Laa ilaaha illaa anta, subhaanaka, inniy kuntu minaz-zolimiyn» (Oʻzingdan boshqa iloh yoʻq, ey pok Parvardigor! Men oʻz jonimga zulm qilib qoʻydim, Anbiyo surasi, 87-oyat).

️ 7. XOTIRJAMLIK DUOLARINING TOJI:
«Laa havla va laa quvvata illaa billaahil 'aliyyil 'aziym»
(Oliy va Ulug‘ Allohdan oʻzgada kuch ham, quvvat ham yoʻq).
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!