«Sura» soʻzining maʼnolari

«Sura» soʻzi lugʻatda «qoʻrgʻon», «manzil» va «sharaf» degan maʼnolarni anglatadi.
Ulamolarimiz istilohida esa «Sura Qurʼon oyatlarining boshlanishi va tugashi belgilangan mustaqil majmuasidir».
Boshqacha qilib aytsak, Qurʼon oyatlarining qoʻrgʻon bilan oʻralgandek bir toʻplami «sura» deyiladi.
Qurʼoni Karimdagi eng qisqa sura Kavsar surasi boʻlib, uch oyatdan, eng uzun sura esa Baqara surasi boʻlib, 286 oyatdan iborat.
Qurʼonda 114 ta sura boʻlib, ulardan har birining oʻz nomi bor. Baʼzi suralarning nomi suraning avvalidagi soʻzdan olingan. Baʼzilariniki esa oʻsha surada zikri koʻproq kelgan narsalarning nomiga qoʻyilgan.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!