💔 Ayriliq haqida sherlar

Jonim berib sevgandim meni aslo sevmading

2.9K marta oʻqildi
Koʻzlarimga qarab aldadi sening koʻzlaring.
Naxot yolgʻon edi manga aytgan soʻzlaring.
Baxtim oʻzgalarga berib meni baxtsiz etding.
Sogʻinch azoblariga koʻmildin sen mendan ketding.

Sogʻinaman xamon seni yuzimda bor soxta kulgu.
Meni xamon qiynar sevgi degan bu shirin tuygʻu.
Sen mening baxtim oʻzga manga baxtim berolmas.
Sensizlik bagʻrim ezar yurak ortiq chidolmas.

Qaygʻu gʻamlar bilan ketmoqdaman olisga.
Sevilish nasib etmadi men qalbi ojizga.
Yurak urar sensiz asta tirnab qalbimni.
Sen bilmading qalbimda tugʻyon urgan sevgimni.

Qiynama mani ortiq dardimni sen bilmading.
Sevgandim seni jondan bir bor yonimga kelmading.
Armonlarga xamroh qilib qalbimni zor qiynading.
Jonim berib sevgandim meni aslo sevmading.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Ayriliq haqida sherlar

Savollarga mas sevgingni

2-avgust, 20181.5K