✍️ Sherlar

Roʻmolingni yechma singlim

4.4K marta oʻqildi
Roʻmolingni yechma singlim
Qanday ibo, qanday oriyat
Iymoningdan kechma singlim
Allohimdan bu hidoyat
Roʻmolingni yechma singlim!

Gul uyalsin jamolingga
Kimlar mushtoq visolingga
Asra jufti halolingga
Roʻmolingni yechma singlim!

Iymon Bilan oʻlay desang
Jannatlarga kiray desang
Rahmon yuzin koʻray desang
Roʻmolingni yechma singlim!

Yoshlik qilib buzma hayol
Soʻzlarimni olma malol
Seni koʻrib qolsinlar lol
Roʻmolingni yechma singlim.

Ohiratni ham oʻylagin
Qurʼonni qoʻldan qoʻymagin
Iymonni qalbga joylagin
Roʻmolingni yechma singlim!

Kavsar suvin totking kelsa
Qabrda tinch yotking kelsa
Shayton degan sotqin kelsa
Roʻmolingni yechma singlim!

Otangni ham oʻyla bir bor
Akangni ham oʻyla bir bor
Ohirating kilmagin hor
Roʻmolingni yechma singlim!

Sendan goʻzal Malak qani
Goʻzalliging ochma singlim
Quvontirgin sen xammani
Roʻmolingni yechma singlim!

Nafsingga qul boʻlma aslo
Farzdan sira qochma singlim
Toʻgʻri yoʻlga boshlar Hudo
Roʻmolingni yechma singlim...!!!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!