Калбимда ох чекар кайгу
Qalbimda oh chekar qaygʻu.
Yolgʻiz baxting oʻzim boʻlsam,
Taskin topardi yuragim,
Jonim, seni baxtli koʻrsam.
Yigʻlayapman koʻzimda yosh,
Dardim qalbimni tigʻlaydi,
Taqdirim shuncha bagʻritosh,
Yuragim unsiz yigʻlaydi.
Tobora soʻnggan yuragim
Sendan umidin uzmaydi.
Balki bir zum qaytar deya
Qalbim umid tark etmaydi.
Hatto afsus chekar osmon
Dardim tinglab, yigʻlab tinmay.
Tikilib yomgʻirga uzoq,
Tirikmanmi yoʻqmi, bilmam.
Orzularim armonlarga
Gʻarq boʻlib oʻlgan boʻlsa ham,
Sendan soʻnggi oʻtinchim bor,
Xayolimga bir zum qaytsang!
Yolgʻiz baxting oʻzim boʻlsam,
Taskin topardi yuragim,
Jonim, seni baxtli koʻrsam.
Yigʻlayapman koʻzimda yosh,
Dardim qalbimni tigʻlaydi,
Taqdirim shuncha bagʻritosh,
Yuragim unsiz yigʻlaydi.
Tobora soʻnggan yuragim
Sendan umidin uzmaydi.
Balki bir zum qaytar deya
Qalbim umid tark etmaydi.
Hatto afsus chekar osmon
Dardim tinglab, yigʻlab tinmay.
Tikilib yomgʻirga uzoq,
Tirikmanmi yoʻqmi, bilmam.
Orzularim armonlarga
Gʻarq boʻlib oʻlgan boʻlsa ham,
Sendan soʻnggi oʻtinchim bor,
Xayolimga bir zum qaytsang!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!