💔 Ayriliq haqida sherlar

Mana bugun yana tong otdi...

6.9K marta oʻqildi
Mana bugun yana tong otdi...
Mana bugun yana tong otdi...
Qara yurak ana kun botdi...
Usiz hayot yoʻq degan eding...
Usiz yuzlab tonglaring otdi...

Uryabsan hastami sogʻmi...
Senga undan boshqasi yogʻmi..
Qiynalibsan bilaman togʻri...
Lekin usiz tonglaring otdi...

Nimasini sevasan ayt ?
Boʻldi endi maqsadingdan qayt...
Unga ketgan vaxtlaring eh hayf...
Usiz ahir tonglaring otdi...

Tez urasan uni oʻylasang...
Foyda ne har kuni oʻylasang...
Qiynalasan shuni oʻylasang...
Oʻylab usiz tonglaring otdi...

Yoʻqdir aslo biror zavolim...
Gar kelmasa senga malolim...
Boʻrdur berar bitta savolim...
Uni hamon sevasanmi ayt? YURAK...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!