Birinchi sevgim

Manzili yoʻq, safarga chiqqan,
Karvon boʻlding, birinchi sevgim.
Sahroda, sarobga yoʻliqqan,
Sarbon boʻlding, birinchi sevgim.
Sen adashding, mendan voz kechib,
Vayron boʻlding, birinchi sevgim.
Topolmaysan endi axtarib,
Sarson boʻlding, birinchi sevgim.
Qoʻl uzatsam, yetmas qoʻllarim,
Osmon boʻlding, birinchi sevgim.
Suratingga termulaman, jim,
Armon boʻlding, birinchi sevgim.
Afsus endi, eskirgan ertak,
Doston boʻlding, birinchi sevgim.
Muhabbati shunchaki ermak,
Yolgʻon boʻlding, birinchi sevgim.
Xiyonatning domiga botgan,
Shayton boʻlding, birinchi sevgim.
Mol dunyoga sevgini sotgan,
Arzon boʻlding, birinchi sevgim.
Kuz kelmasdan sargʻayding, soʻlding,
Xazon boʻlding, birinchi sevgim.
Endi yoʻqsan, men uchun oʻlding,
Toʻzon boʻlding, birinchi sevgim.
Manzili yoʻq, safarga chiqqan,
Karvon boʻlding, birinchi sevgim.
Oʻz baxtini topmay ovvora,
Sarson boʻlding, birinchi sevgim...
Karvon boʻlding, birinchi sevgim.
Sahroda, sarobga yoʻliqqan,
Sarbon boʻlding, birinchi sevgim.
Sen adashding, mendan voz kechib,
Vayron boʻlding, birinchi sevgim.
Topolmaysan endi axtarib,
Sarson boʻlding, birinchi sevgim.
Qoʻl uzatsam, yetmas qoʻllarim,
Osmon boʻlding, birinchi sevgim.
Suratingga termulaman, jim,
Armon boʻlding, birinchi sevgim.
Afsus endi, eskirgan ertak,
Doston boʻlding, birinchi sevgim.
Muhabbati shunchaki ermak,
Yolgʻon boʻlding, birinchi sevgim.
Xiyonatning domiga botgan,
Shayton boʻlding, birinchi sevgim.
Mol dunyoga sevgini sotgan,
Arzon boʻlding, birinchi sevgim.
Kuz kelmasdan sargʻayding, soʻlding,
Xazon boʻlding, birinchi sevgim.
Endi yoʻqsan, men uchun oʻlding,
Toʻzon boʻlding, birinchi sevgim.
Manzili yoʻq, safarga chiqqan,
Karvon boʻlding, birinchi sevgim.
Oʻz baxtini topmay ovvora,
Sarson boʻlding, birinchi sevgim...
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!