💔 Ayriliq haqida sherlar

Nima Boʻldi?

2.9K marta oʻqildi
Nima Boʻldi?
Nima Boʻldi? Sogʻindingmi?
Sogʻinmayman degandingku....
Nima Boʻldi? Oʻrgandingmi?
Gʻurur ila ketgandingku...
Nima boʻldi koʻzlaringga?
Yigʻlab-yigʻlab töydingmi sen?
Sendan koʻngil uzganimda,
Endi koʻngil qoʻydingmi sen?
Mana endi zor boʻlasan,
Sevdim faqat soʻzlarmda...
Kel deganda rahming kelmay,
Yigʻlab turgan koʻzlarmga...
Qaytar dunyo ekan mana,
Men aytaman oʻshal soʻzni...
Xatto nazarimga ilmay,
Yigʻlab turgan qaro koʻzni...
Men shundayin bagʻritoshman,
Shiorim shu: "QAYTAR DUNYO!"
Men oʻrgandm endi jonim,
Sensiz yashashni ham hatto!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!