✍️ Sherlar

Yigʻlama baribir oʻlgan boʻlaman

2.8K marta oʻqildi
Yigʻlama baribir oʻlgan boʻlaman
Taqdir zarbasidan yiqilsam birkun
Seni yuragimdan oʻchirsam bir kun
Bu zor alamlardan qutilsam bir kun
YIGʻLAMA BARIBIR OʻLGAN BOʻLAMAN..!

Dod faryod eshitsang men tomonlardan
Kelib ketgil qutil shubha gumonlardan
Koʻzingga koʻrinsam goh osmonlardan
ESLAMA BARIBIR OʻLGAN BOʻLAMAN..!

Onam ox ursa qani deb bolam
Otam qaddin egsa bu dardu alam
Qabrim yoniga kelganda sen ham
ACHINMA BARIBIR OʻLGAN BOʻLAMAN...!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!