❤️ Sevgi haqida sherlar

Osmonga sochilgan yulduzlar kabi

3.6K marta oʻqildi
Osmonga sochilgan yulduzlar kabi
Osmonga sochilgan yulduzlar kabi,
Muxabbatim senga cheksizdir jonim.
Vaslingga erishmoq sen bilan boʻlmoq,
Yagona orzuyim, tanho armonim.

Quyoshdan tushadigan har bitta zarra,
Sochlaring tolasin eslatar menga.
Tongda esadigan hushboʻy shabboda,
Sevgim nolasini yetkazsin senga.

Yomgʻir yogʻib turgan ajoyib kunda,
Tinchlik hukmronlik qilgan bir tunda.
Seni koʻrgim kelar qumsaydi koʻngil,
Ismingni takrorlar ham koʻngil, ham til..
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!