🌙 Tush tabiri

Tushda pul koʻrish taʼbiri - pul olsa, bersa, sanasa, koʻrsa nima boʻladi?

3 daqiqa 119.3K marta oʻqildi
Tushda pul koʻrish taʼbiri - pul olsa, bersa, sanasa, koʻrsa nima boʻladi?
TUSHDA PUL KOʻRISH: MILLER TUSH TAʼBIRI KITOBIGA KOʻRA
Tushda pul topib olishni koʻrish – kichik tashvishlar, lekin katta baxtni anglatadi. Oʻzgarishlar kuzatilishi kutilmoqda. Pul toʻlash – muvaffaqiyatsizlik. Tushda tilla olish – bu ulkan istiqbol va cheksiz quvonchdan darak. Pul yoʻqotish – siz uyda baxtsiz soatlarni boshdan kechirasiz va ishda muammolarga duch kelishingiz mumkinligidan. Tushda pul sanash va ular kam chiqayotganini koʻrsa – toʻlovlar bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelish mumkinligidan. Tushda pul oʻgʻirlash – xavf ostida ekanligingiz va oʻz harakatlaringizni yanada eʼtiborliroq tarzda nazorat qilishingiz kerakligini anglatadi. Pullarni tejash – boylik va farovonlik belgisi. Tushda pul yutish (ichga) – sizda yovuz niyat paydo boʻlishidan ogohlantiradi. Agar kishi tushida koʻp miqdorda pul sanasa – boyligi va baxt-saodati “qoʻl yetadigan” joyda ekanligidan.

Tushda pul topib olsangiz-u, yosh ayol bu pullarga daʼvo qiladigan boʻlsa, bu yaqin kishingizni aralashuvi tufayli ishlaringizda yoʻqotishlardan ogohlantiradi. Bunday tush koʻrgan odam pullarini keragidan ortiq ishlatayotganini sezishi mumkin. Bu tush – ogohlantirish. Tushda mayda tangalarni koʻrish – ishlardan qoniqmaslik degani. Ishlarda muammolar yuzaga kelishiga tayyor turing, yaqinlaringiz va doʻstlaringiz esa sizning eʼtiboringiz yetishmayotganligidan shikoyat qiladi. Bu tush taʼbiri kitobida tushda kichik pul yoʻqotish – biroz eʼtiborsiz qolishingiz va muvaffaqqiyatsizlikka duchor boʻlishingizdan deya taʼkidlanadi.

Tushda tanga sanash – siz ishbilarmon va ehtiyotkor boʻlishingizni bildiradi. Tushda qarzga pul olish ikkita maʼnoni anglatishi mumkin: siz boshqalar koʻziga aslingizdan koʻra yaxshiroq koʻrinasiz, lekin bu sizga qoniqish bagʻishlamaydi. Boshqalarning pulini ishlatish – siz kichik yolgʻon ishlatishda fosh boʻlasiz va doʻstingizni yoʻqotasiz. Tushda pullarni qalbakilashtirish – juda yomon belgi. Qarzga pul soʻrash – barchasi tinch deb oʻylashingizga qaramasdan, kichik tashvishlar paydo boʻlishidan.

LOFF TUSH TAʼBIRI: TUSHDA PUL KOʻRSA
Tushda pulni yoʻqotish, qarz berish yoki olish, sarflash mumkin. Tushga pul kirishi kuch, boshqalarni nazorat qilish va vakolatni anglatadi. Shu sababli, bunday tushni talqin qilishning muhim elementi tovar-pul munosabatlarida ishtirok etayotgan shaxslar, shuningdek, tush koʻuvchi tushda qanday rol oʻynayotgani hisoblanadi.

Tushda pul koʻrgan koʻpchilik hayotda ularga ega boʻlishni istaydi – bu pullar yetishmasligi va pul bilan ishlaganda oʻzlarini nazorat qila olmasliklari tufayli yuz beradi.

Agar siz tushda pul olsangiz, kimdan va qanday vaziyatda olganingizni yaxshilab eslab qoling. Ehtimol, bu baraka haqida guvohlik beruvchi tushdir. Bu holatda pul olish emotsional kuchlarning yangilanishi yoki munosabatlarning tiklanishidan darak beradi.

Tushda boy boʻlish, koʻp pullarga egalik qilish va ularni boshqalarga tarqatish mumkin. Koʻpincha bunday tush zakot va sadaqa berish kerakligi haqida signaldir. Buning ortida turgan muhtojlik nafaqat pul, balki boshqa yordam turlari boʻlishi ham mumkin. Hech bir sababsiz pul yoʻqotish oʻzingizni nazorat qila olmasligingizdan gapirishi mumkin.

TUSHDA PUL KOʻRISH TAʼBIRI: SVETKOV BOʻYICHA
Mis tanga – qaygʻu, istalgan narsada omad kulib boqmasligi;
Kumush tanga – koʻz yoshlar;
Qogʻoz pul – yangiliklar, yolgʻon;
Tilla tanga – qaygʻu;
Pult tarqatish – kutilmagan boylikka erishish;
Tushda qarzni qaytarish – sogʻayib ketishga;
Pul tanlash – omadga.
TUSHDA PUL KOʻRSA NIMA BOʻLADI: VANGA TAʼBIRLARIGA KOʻRA
Tushda pul topish – atrofingizdagilarning biri sizga qarshi katta yomonlik tayyorlayotganidan dalolat beradi. Boshqa kishilarning narsalarini olmang, hatto ular koʻzdan pana boʻlgan va hech kim koʻrmaydigan joyda boʻlsa ham. Zero yovuz insonlar koʻpincha aynan shu yoʻl orqali duoibad qilib ketishadi. Tushda birov pul bersa – atrofdagilar sizni saxiy va doimo yordam soʻrab murojaat qilsa boʻladigan odam deb oʻylashadi. Agar tushda pullar yirtilsa – noxush belgi. Tushda yirtilgan pullarni koʻrish ochlik, qashshoqlik va bezorilikni anglatadi. Tushda pul sanash – hayotda siz juda ziqna inson ekanligingizdan gapiradi. Pulga boʻlgan munosabatingizni oʻzgartirishingiz kerak, chunki ular hech qachon inson munosabatlari oʻrnini bosa olmaydi. Tushda kimgadir pul uzatish – real hayotda yaqin orada sizga boshlagan ishlaringizni muvaffaqqiyatli tugatish uchun koʻplab mablag’ kerak boʻladi.

PUL: AYURVEDA TUSH KITOBIDA
Agar siz tushda pul olsangiz, bu farovonlik haqida gapiradi. Tushda birovga pul berish – sizning qarz berish qobiliyatingizni aks ettiradi.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.