🌙 Tush tabiri

Tushda pichoq koʻrish taʼbiri - sinishi, jarohatlanish, kesish kabilar maʼnosi

2 daqiqa 11.5K marta oʻqildi
Zigmund Freydning tush kitobiga koʻra, tushda stol ustida yotgan pichoqni koʻrish – yangi tanishlari orttirishdan qoʻrqish deya talqin qilinadi. Buning sababini “sutdan kuygan qatiqni ham puflab ichadi” degan ibora bilan tushuntirish mumkin. Qoʻrquvlarning asiri boʻlmasdan, koʻproq obʼyektiv boʻlishga harakat qilish kerak.

Agar tushda tanishlaringizdan biri qoʻliga pichoq olib, nimanidir kesib olmoqchi boʻlayotganini koʻrsangiz, buning talqini hozirda ruxsat etilgan narsalar chegarasidan tashqariga chiqmoqdasiz, lekin negadir hech kim bunga eʼtibor bermaydi deb oʻylamoqdasiz. Tez orada nomaqbul xatti-harakatlar oqibatlari roʻyobga chiqadi.

TUSHDA PICHOQ KOʻRISH TAʼBIRI
Kishi tushida chiroyli pichoq koʻrsa, kutilmagan insondan sovgʻa olishga. Biroq bu sovgʻa butunlay xavfsiz boʻlmaydi, hiylaga tayyor turish kerak.

Oʻtmas pichoq bilan biron buyumni kesish – oʻsmirlik davridagi komplekslar tufayli yashab kelayotgan qoʻrquvlar mavjudligini bildiradi. Ularni unutish kerak, har safar bunday kamchiliklar haqida oʻylaganda, ular yetkazadigan ishonchsizlik kuchayib boraveradi.

Tushda pichoqni yoʻqotib qoʻyish – juda charchaganlik alomati. Hissiyotlarga ham yetarlicha vaqt ajratish kerak.

MILLER TUSH TAʼBIRLARI KITOBI: PICHOQ
Tushda pichoq koʻrish – bu yomon belgi, chunki u biznesda yoʻqotishlar, oilada kelishmovchiliklar elchisi hisoblanadi.
Zanglagan boʻlsa – oilaviy ishlarda norozilik yoki uyatda qolish mumkinligiga.
Oʻtkir va yaltiroq boʻlsa – yaqinlashayotgan tashvishlar signali.
Pichoq sinishi – barcha umidlarning vayron boʻlishi.
U bilan jarohat olish – raqiblarning hiylasi yoki oilaviy mojarolar timsoli.
Pichoq bilan boshqalarga tashlanish – xarakteringizda mardlik yetishmayotganlik belgisi. Yuksak adolat hissi paydo boʻlishi uchun katta kuch sarflashingiz kerak boʻladi.
TUSHDA PICHOQ KOʻRSA NIMA BOʻLADI: VANGA BOʻYICHA
Tushda bu anjom voqelik, dushman, xiyonat degan maʼnonlarni anglatadi. Oila uchun kechki ovqat tayyorlayotib, qoʻlni kesib olish – oʻngda yaqinlaringiz xarakteringizni jilovlashga harakat qilishadi, lekin bu kelishmovchilik va mojarolar bilan yakunlanadi.

Agar u qoʻldan tushib ketsa, uyingizga begona erkak shoshilayotganligini anglatadi.
Kimdir orqangizdan pichoq sanchsa – ehtiyot boʻlish kerakligi, yomon koʻz bilan qarayotganlar kutilmaganda ziyon yetkazishga harakat qilishlari mumkin.
Tushda pichoqlar toʻplami sovgʻa qilinsa – jiddiy aldanish mumkinligidan ogohlantirish.
Yerda xanjar yotgan boʻlsa – mavqega putur yetishi mumkin.
QILICH KOʻRISH TAʼBIRI
Tushida birovni qoʻrqitish istagida qilichni oʻynatish – boshqalarninf umidlarni oqlay olmaslikdan tashvishlanish. Begonlarga oʻz qoʻrquvlaringiz haqida soʻz ochmang, aks holda xabar tarqalib ketib, kulguda qolishingiz ehtimoli mavjud.
Qilichlar bilan jang qilish – oilaviy baxtga erishish uchun kurashish kerak boʻladi. Ehtimol, kimdir oilangizga kirib, vaziyatni oʻz foydasiga oʻzgartirishga harakat qiladi. Aslida hech qanday xatar mavjud emas, shunchaki uyga tashrif buyurgan kishilarga ehtiyot boʻlib, mehmonni ayol va farzandlar bilan uyda yolgʻiz qoldirmaslik kerak.
Kimgadir pichoq urish natijasida uni jarohatlab, sovuq qurolda qon izlari mavjudligini koʻrish – duoibadlar ishlaringizda toʻsqinlik qilishi mumkin. Iymonni mustahkamlash, yomon koʻzlardan yiroq boʻlish kerak.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.