🌙 Tush tabiri

Tushda yongʻoq koʻrish - uni chaqish, yeyish, terish va boshqalar taʼbiri

1 daqiqa 81.1K marta oʻqildi
Tushda yongʻoq koʻrish - uni chaqish, yeyish, terish va boshqalar taʼbiri
Tushda yongʻoq koʻrish – siz oʻz organizmingizga beeʼtibor boʻlayotganingizdan darak, buning oqibatida jinsiy salomatligingizga jiddiy zarar yetishi mumkin. Yongʻoq yeyish, isteʼmol qilish – yaqin orada yaqindan tanish boʻlmagan kishi bilan muloqot qilish davomida ijobiy his-tuygʻularni boshdan kechirishingizga.

TUSHDA YONGʻOQ KOʻRSA: SVETKOV BOʻYICHA
Yongʻoq – oʻzgarishlarga;
Uni chaqish – gʻalati, yoqimsiz uchrashuvga;
Kishi tushida yongʻoq yesa – kuchli tashvishlanishiga;
Yongʻoq terish – iqtisodiy qiyinchiliklarga;
Ular likopcha yoki biron yassi idish ustida boʻlsa – koʻp ishlash kerakligiga;
Agar u puch boʻlsa – kutilgan natijaga erishmaslikka;
Yongʻoq daraxtidan mevasini uzish – uzoq qilingan mehnat adolatli ravishda taqdirlanishiga.
MILLER TUSH TAʼBIRI KITOBI: YONGʻOQ
Tushda yongʻoqlarni terib yurish – tadbirkorlikda muvaffaqqiyatga erishish va oilaviy hayotda baxt yor boʻlishi.
Yongʻoqni yutish – har qanday istagingizni bajarishingizga yordam beradigan farovonlik belgisi.
Agar ayol kishi tushda yongʻoq koʻrsa yoki tersa, bu uning taqdiri yaxshi boʻlishini anglatadi.
Sochilib yotgan yongʻoqlar – tinch hayot kechirish va yaxshi xarid qilishni vaʼda qiladi.
Yongʻoqlarni saralash – mustahkam sogʻlikka.
Yongʻoqlarning taʼmi mazali boʻlsa – qimmatbaho buyum egasiga aylanasiz. Agar u achchiq boʻlsa, hasadgoʻylarning qilmishlari sizga noqulaylik yetkazadi.
TUSHDA YONGʻOQ KOʻRSA
Tushga yongʻoq kirsa, uning taʼbiri – cheksiz quvonch va xursandchilik deya talqin qilinadi. Agar tushda chirigan yongʻoq chaqayotganingizni koʻrsangiz, barcha urinishlaringiz zoe ketishidan ogohlantirish. Agar yosh ayol tushida tushida kir yongʻoqni ushlab turganini koʻrsa, bu uning sevgilisi eʼtiborini boshqa ayolga oʻtkazishi, tush koʻruvchi esa oʻzining uzoqni oʻylamay qilingan harakatlaridan afsuslanishidan darak. Ular bilan oʻyin oʻynash – kelishmovchiliklarga tayyor turing.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!