🌙 Tush tabiri

Tushda uzuk koʻrsa - taʼbiri, kumush va tilla uzuk koʻrish talqini, maʼnolari

2 daqiqa 25K marta oʻqildi
Tushda uzuk koʻrsa - taʼbiri, kumush va tilla uzuk koʻrish talqini, maʼnolari
TUSHDA UZUK KOʻRISH: MILLER BOʻYICHA
Agar tushda qoʻlda uzuk taqilganini koʻrsangiz, u holda sizga omad kulib boqadigan yangi ishlar paydo boʻladi. Singan uzuk er-xotin munosabatlarida janjal va baxtsizlik roʻy berishi mumkinligini anglatadi, sevishganlar uchun esa munosabatlarning buzilishidan darak. Qiz bola tushida uzuk olishi – uning muhabbati bilan bogʻliq tashvishlari oʻtimishda qoladi, chunki u endi oʻngida oʻzini butunlay hoziri va kelajagiga bagʻishlaydi. Tushda boshqalar qoʻlida uzuk koʻrish – sizning farovonligingiz yaxshilanishi va yangi tanishlar orttirishingizni bildiradi.

TUSHDA UZUK KOʻRSA: VANGA TUSH TAʼBIRI KITOBI BOʻYICHA
Bu kitobda tushda uzuk koʻrish voqealar doirasi, hal qilinmagan muammolar, bogʻlanganlik, qasam va sadoqat ramzidir. Tushda yoqtirgan insonning qoʻliga uzuk taqish – bu tuygʻularingiz va vaʼdalaringizga soqiligigingizni ifodalaydi. Begona kishi qoʻlingizga nikoh uzuk taqishini koʻrish – uzoq vaqtdan buyon sizni oʻylantirib kelayotgan muammoni hal qilishda kutilmagan yordam kelishini anglatadi. Tushda oʻlchami mos keladigan uzuk topa olmaslik – hoziri vaqtda yuragingiz hech kimga bogʻlanmaganligini anglatadi. Tushda qoʻldan uzuk tushishi – bu yomon belgi. Haqiqiy hayotda siz vaʼdangizni va qasamingizni buzganingiz uchun taqdir sizga hayot sinovini tayyorlab qoʻygan.

TUSH TAʼBIRI: UZUK KOʻRISH
Tushda uzuk – taklif, aloqa.
Uzuk yoʻqotish – ajralish, ajrashish.
Toshsiz (koʻzsiz) uzuk (erkak kishi uchun) – makkorliklar, ishlarda sizga qarshi ayyorona qilmishlar.
Tushda uzuk topib olsa – norozilik, bahslar.
Uzukni yechish – bahslashish, yoʻqotishlar va zarar koʻrishlardan darak.
Tushda uzuk sinsa, buning talqini turmush oʻrtogʻi yoki sevgilisining xiyonati belgisi boʻlishi mumkin. Nikoh uzugining sinishi erning ogʻir kasalligidan ham darak boʻladi.
Tushda yigit kishi uzuk sovgʻa qilsa yoki bersa – chin muhabbat, turmush qurishdan. Agar siz turmush qurib boʻlgan boʻlsangiz, turmush oʻrtogʻingiz sizga eng iliq va mehrli munosabatda ekanligidan.
TUSHDA KUMUSH UZUK KOʻRISH
Bu tushning talqini oʻngda meros yoki boshqa mulk olish. Freyd tush taʼbirida: “Agar biron xil kumush buyum koʻrsangiz, anchadan buyon orzu qilgan nasangizni sivga sovgʻa qilishadi”,- deyilgan.

TUSHDA TILLA UZUK KOʻRSA
Tilla uzuk yaxshilikka ishora qiladi. Barmoqqa tilla uzuk taqsa – orzularning amalga oshishi kutilmoqda. Nikoh uzuk taqish – baxtli oilaviy hayotdan guvohlik beradi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!