🎵 Qoʻshiq matnlari

Sevara Nazarkhan - Sevgi alam

1.6K marta oʻqildi
Sevara Nazarkhan - Sevgi alam
Goh sharbat, goh ogʻu,
Koʻhna gʻamga koʻzgu,
Navqiron sevgi bu
Qoʻshiqlarda qayta yaraldi.
Ham hijron, ham visol –
Sen hayot, sen hayot!
Bogʻda bir gul misol,
Erkam, kuy boʻlib men senga taraldim.

Sevgi alam, yuragimga malham,
Seni sogʻindim jon erkam,
Yoʻl ham yolgʻiz sen tomon.
Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam,
Saqlab uni soʻndirmay bir dam
Asrab bormoq armon.

Sevgi alam, yuragimga malham,
Seni sogʻindim jon erkam,
Yoʻl ham yolgʻiz sen tomon.
Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam,
Saqlab uni soʻndirmay bir dam
Asrab bormoq armon.

Sevgi alam… Yuragimga malham…

Goh dunyo tor, goh keng,
Borlik yoʻqlikka teng,
Sen yagonamsan eng,
Erkam,
Sevilganlar ichra tanhoman.

Jon har yondir zor-zor,
Dosh bersang bas yurak.
Oy quyoshdan darak,
Erkam,
Tun koʻksini yorgan ziyoman.

Sevgi alam, yuragimga malham,
Seni sogʻindim jon erkam,
Yoʻl ham yolgʻiz sen tomon.
Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam,
Saqlab uni soʻndirmay bir dam
Asrab bormoq armon.

Sevgi alam, yuragimga malham,
Seni sogʻindim jon erkam,
Yoʻl ham yolgʻiz sen tomon.
Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam,
Saqlab uni soʻndirmay bir dam
Asrab bormoq armon.

Bu sevgi alam…

Sevgi alam, yuragimga malham,
Seni sogʻindim jon erkam,
Yoʻl ham yolgʻiz sen tomon.
Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam,
Saqlab uni soʻndirmay bir dam
Asrab bormoq armon.

Sevgi alam…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!