🎵 Qoʻshiq matnlari

Markaz guruhi - Ayol

2.6K marta oʻqildi
Markaz guruhi - Ayol
Afu eting beray sizga bir savol,
Javob bering goʻzal kelmasa malol:
Ishonasizmi bir bor koʻrishda
Kinolardek sevib qolishga?

Yoshi mendan olisda nafis ayol,
Kechalari siz tomon ketsa hayol,
Oʻylanaman necha-necha bor
Yaxshi emas qilmayman inkor.

Uni deya ozaman aqlimdan,
Uni deya oshaman haddimdan,
Uni deya, faqat uni dastidan.

Tengsiz chiroyiz maftun etib meni,
Charos koʻzlariz sehrlar tinmay.
“Yoshim katta” degan soʻzni qoʻying endi,
Yuragim sevadi mendan soʻramay.

Uni deya ozaman aqlimdan,
Uni deya oshaman haddimdan,
Uni deya, faqat uni dastidan.

Bu lablar, koʻzlar, soʻzlarga erishgim kelar,
Nelar qilsam kelar, hayol seni istar.
Bu lablar, koʻzlar, soʻzlarga erishgim kelar,
Nelar qilsam kelar, hayol seni istar.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!