🎵 Qoʻshiq matnlari

Asilbek Negmatov - Yolgʻonmu

2.9K marta oʻqildi
Asilbek Negmatov - Yolgʻonmu
Koʻz ostingdan menga qaraganlaring,
Hatto hazonlardan qizgʻonganlaring,
Bagʻringga bosib xoʻrsinganlaring
Yolgʻonmu, yolgʻonmu, yolgʻonmu jonim,
Yolgʻonmu, yolgʻonmu, yolgʻonmu jonim.

Oq liboslar senga yarashibdimu,
Hamma havas ila qarashibdimu,
Koʻzing yor tanlashda adashibdimu,
Koʻzing yor tanlashda adashibdimu.
Bergan vaʼdalaring yolgʻonmu jonim,
Bergan vaʼdalaring yolgʻonmu jonim.
Yolgʻonmu, yolgʻonmu, yolgʻonmu jonim,
Bergan vaʼdalaring yolgʻonmu jonim.

Chimildiqdan moʻralab qararmikinsan,
Yoringni intizor kutarmikinsan,
Mani yonganlarim bilarmikinsan,
Mani yonganlarim bilarmikinsan.

Endi kelmasliging rost boldi jonim,
Endi kelmasliging rost boldi jonim.

Oʻzgaga bu ishqing darmonmu jonim,
Bergan vaʼdalaring armonmu jonim.

Qoʻygin qiynamagin mani jonimni,
Soʻrab quygin mani bir bor holimni,
Artib quygin yuzda turgan yoshimni,
Qayga qoʻyay endi sensiz boshimni,
Mani kut deganing yolgʻonmu jonim.

Qiynaldi jonim, oʻrtandi jonim,
Sansiz chiqolmadi tanamda jonim,
Sansiz chiqolmadi tanamda jonim.
Tanamda jonim…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!