🎵 Qoʻshiq matnlari

Joʻrabek - Orzu

3.3K marta oʻqildi
Joʻrabek - Orzu
Qalbimda gullar ochila boshlar,
Quvonchim koʻkka sochila boshlar,
Chunki sen borsan mening ertagim,
Xayollarim sensan.

Tunlarim kunga aylana boshlar,
Koʻzingdan aslo oqmasin yoshlar,
Umrimning bori, konglimning zori
Tanho oʻzingsan jonim.

Bor boʻlgim kelar orzularingda,
Bor boʻlgim kelar xayollaringda,
Sen bilan goʻzal ertaklarimda
Majnundek parvoz etsam deyman. (x2)

Mehringdan dardlar dilni tark etar,
Chehrangda gullar yorishib ketar,
Sen deb yashayman mening hayotim,
Orzularim sensan.

Shirin soʻzlaring koʻnglim erkalar,
Daryo koʻzlaring aqlimni olar,
Hamma shartingga tayyorman faqat
Sevaman desang, jonim.

Bor boʻlgim kelar orzularingda,
Bor boʻlgim kelar xayollaringda,
Sen bilan goʻzal ertaklarimda
Majnundek parvoz etsam deyman. (x5)

Bor bolgim kelar…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!