🎵 Qoʻshiq matnlari

Ummon - Aldangan qiz

1.8K marta oʻqildi
Ummon - Aldangan qiz
Koʻzi toʻldi achchiq yoshga goʻzal qiz.
Endi ne kechar holing xoʻrlangan qiz.
U kelmaydi oldingga,
Jon bermaydi joningga,
Achinmaydi koʻz yoshingga.

Toʻkiladi dardlaring, atrofingdagilaring,
Boʻldi, ha u ketdi,
U qaytmaydi endi hech qachon.
Unga boring berding,
Endi nima qilay
Degan savol sani qiynamoqda yomon.
Uni endi eslama,
U senga qaytib kelmaydi.
Sen uni deb yigʻlama,
Yoshlaring qaytarolmaydi.
Yana bir dam kutmaydi,
Nima boʻlgan taqdirda ham
U seni endi sevmaydi, eslamaydi.

Koʻzlari koʻzmunchoq,
Kimgadur oʻvunchoq
Boʻlib endi afsus chekadi aldangan qiz.
Atrofi qorongʻu,
Zulmatda qoldiku,
Yoningga qaytmaydi yozlar,
Kim bilar qaytib kelar,
Faqat u bilan emas.
Xoʻrlangan qiz,
Endi yozmagin xatlar,
Kutmagin javoblar,
Seni sevmaydi u.

Aldangan qiz,
Koʻzi toʻldi achchiq yoshga goʻzal qiz,
Endi ne kechar holing xoʻrlangan qiz.
U kelmaydi oldinga,
Jon bermaydi joningga,
Achinmaydi koʻz yoshingga.

Aldangan qiz,
Koʻzi toʻldi achchiq yoshga goʻzal qiz,
Endi ne kechar holing xoʻrlangan qiz.
U kelmaydi oldingga,
Jon bermaydi joningga,
Achinmaydi koʻz yoshingga.

Aldangan qiz…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!