🎵 Qoʻshiq matnlari

Adham Soliyev - Sayyora

1.8K marta oʻqildi
Adham Soliyev - Sayyora
Sovchi qoʻysam tegmayman deb
Noz qildinga, hey, Sayyora!
Otang seni bermayman deb
Kuydirdiya, hey, Sayyora!

Tegmayman deb yigʻlama,
Yigʻlab koʻngling toʻlama?
Senday qaysar qizgaya
Uylanmasam boʻlama?
Boʻlama, toʻlama?
Jilamaey, jilama!

Sovchi qoʻysam tegmayman deb
Noz qildinga, hey, Sayyora!
Otang seni bermayman deb
Kuydirdiya, hey, Sayyora!

Laylo, sendan koʻnglim qolib
Bormoqdaya, hey, tobora.
Mening uchun bundan buyon
Endi faqat-ey – Sayyora!

Baland togʻdan keldim-da,
Belbogʻim bor belimda,
Menday jigit kamdan kam
Qashqadayro elingda, elingda!
Baland togʻdan uylanay deb keldim-da.

Sovchi qoʻysam tegmayman deb
Noz qildinga, hey, Sayyora!
Otang seni bermayman deb
Kuydirdiya, hey, Sayyora!

Sevganimga tegaman deb,
Ado qildingku-ya, Sayyora!
Sani sevmay man oʻlay-a,
Gado qildingku-ya, Sayyora!

Yuzta qoʻzim-qoʻyim bor,
Pahlavonday boʻyim bor,
Ay, ketmasam boʻlmaydi,
Samarqandda toʻyim bor!
Yuztagina qoʻyim bora,
Toʻyim bora, toʻyim bor.

Sovchi qoʻysam tegmayman deb
Noz qildinga, hey, Sayyora!
Otang seni bermayman deb
Kuydirdiya, hey, Sayyora!

Noz qildingku-ya, Sayyora,
Ado qildingku-ya, Sayyora!
​​​
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!