🎵 Qoʻshiq matnlari

Ulugʻbek Rahmatullaev - Omadim kelmadi

1.6K marta oʻqildi
Ulugʻbek Rahmatullaev - Omadim kelmadi
Omadim kelmadi sevgi bobida,
Inson goh ojizdir hayot oldida,
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay koʻzimda yoshim.
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay koʻzimda yoshim.

Hayot goh shirindir, gohida taxir,
Inson oʻz taqdirini bilolmas axir,
Ulkan togʻlarga hech qilmay eʼtibor
Kichik bir toshdan lek qoqilganim bor.
Ey, ulkan togʻlarga hech qilmay eʼtibor
Kichik bir toshdan lek qoqilganim bor.

Omadim kelmadi sevgi bobida,
Inson goh ojizdir hayot oldida,
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay koʻzimda yoshim.
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay koʻzimda yoshim.

Yongan yuragimni asta silayman,
Ushal bevafoning baxtin tilayman,
Hayot achchiq soʻzini qancha aytmasin
Hech kimdan taqdirning oʻzi qaytmasin.
Hayot achchiq soʻzini qancha aytmasin
Hech kimdan taqdirning oʻzi qaytmasin.

Omadim kelmadi sevgi bobida,
Inson goh ojizdir hayot oldida,
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay koʻzimda yoshim.
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay koʻzimda yoshim.

Dunyo oʻzi keldi garchi quvmadim,
Koʻzlarim yoshiga qoʻlim yuvmadim,
Yoʻlimni poyladilar qancha sanamlar
Lek, lek bir goʻzalni deb dilda alamlar.

Aylanar bildirmay koʻzimda yoshim…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!