Shahzod guruhi - Ishontir

Armonga aylanmay orzularim,
Hijronga belanmay tuygʻularim,
Sevgidan sovimay qalbim
Meni bu darddan qutqargin.
Achinsang intizor yuragimga,
Achinsang unda bor tilagimga,
Xazonga aylanmay baxtim
Meni bu darddan qutqargin.
Yetar shuncha
Yolgʻizlikning tunlarida yana
Bedor yashamoq,
Bir-birimizga yetolmasdan.
Ishontir sen yana meni sevishingga,
Ishontir sen yana qaytib kelishingga,
To soʻnggi nafasim berguncha bu dunyo,
Sen meni etma koʻp umidvor.
Toʻydim bu ayriliq, alamlardan,
Ozori oʻtib, jon-tanimdan ham,
Toʻldirib bu yarim bagʻrim,
Meni darddan qutqargin.
Eng goʻzal navodek kuylarimga,
Oʻzing sof havo boʻl yuragimga,
Tugamay mening bor sabrim
Meni bu darddan qutqargin.
Yetar shuncha
Yolgʻizlikning tunlarida yana
Bedor yashamoq,
Bir-birimizga yetolmasdan.
Ishontir sen yana meni sevishingga,
Ishontir sen yana qaytib kelishingga,
To soʻnggi nafasim berguncha bu dunyo,
Sen meni etma koʻp umidvor. (x2)
Hijronga belanmay tuygʻularim,
Sevgidan sovimay qalbim
Meni bu darddan qutqargin.
Achinsang intizor yuragimga,
Achinsang unda bor tilagimga,
Xazonga aylanmay baxtim
Meni bu darddan qutqargin.
Yetar shuncha
Yolgʻizlikning tunlarida yana
Bedor yashamoq,
Bir-birimizga yetolmasdan.
Ishontir sen yana meni sevishingga,
Ishontir sen yana qaytib kelishingga,
To soʻnggi nafasim berguncha bu dunyo,
Sen meni etma koʻp umidvor.
Toʻydim bu ayriliq, alamlardan,
Ozori oʻtib, jon-tanimdan ham,
Toʻldirib bu yarim bagʻrim,
Meni darddan qutqargin.
Eng goʻzal navodek kuylarimga,
Oʻzing sof havo boʻl yuragimga,
Tugamay mening bor sabrim
Meni bu darddan qutqargin.
Yetar shuncha
Yolgʻizlikning tunlarida yana
Bedor yashamoq,
Bir-birimizga yetolmasdan.
Ishontir sen yana meni sevishingga,
Ishontir sen yana qaytib kelishingga,
To soʻnggi nafasim berguncha bu dunyo,
Sen meni etma koʻp umidvor. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!