🎵 Qoʻshiq matnlari

Bojalar guruhi - Umr oʻtmoqda

1.5K marta oʻqildi
Bojalar guruhi - Umr oʻtmoqda
Rangi oʻchgan koʻylagim,
Titroqdadir qoʻllarim,
Oq oralab sochlarim
Oʻtar boʻldi umrim.

Holsiz tanda majolim,
Xira tortib koʻzlarim,
Atirgulim, jon gulim,
Umrim oʻtmoqda manim.

Yoshlik chogʻim qani?
Baddod holim mani,
Bilmadi jon, sezmadi jon,
Oʻtdi umrim mani.
Bilmadi jon, sezmadi jon,
Oʻtdi umrim mani.

Qarovsiz holim,
Madorsiz jonim,
Yuragimda dard,
Ketar boʻldim firoq.

Oqar daryo derdim,
Zorimni tingladi,
Bilmadi bor, bilmadi yoʻq,
Borligʻim mani qani?

Yoshlik chogʻim qani?
Baddod holim mani,
Bilmadi jon, sezmadi jon,
Oʻtdi umrim mani.
Bilmadi jon, sezmadi jon,
Oʻtdi umrim mani.

Safarim qarib qoldi, dilbarim,
Atirgulim, jon gulim mani,
Atirgul ildiz otaveradi,
Ammo inson qaytmay jon oʻtaveradi.

Holsiz tanda majolim,
Xira tortib koʻzlarim,
Atirgulim, jon gulim,
Umrim oʻtmoqda manim.

Yoshlik chogʻim qani?
Baddod holim mani,
Bilmadi jon, sezmadi jon,
Oʻtdi umrim mani. (x2)
Bilmadi jon, sezmadi jon,
Oʻtdi umrim mani.

Oʻtdi umrim mani…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!