🎵 Qoʻshiq matnlari

Husan - Sogʻindim

1.6K marta oʻqildi
Husan - Sogʻindim
San ketdingu, ey voh, sani dildor sogʻindim,
Hajringda kuyib, lahzada ming bor sogʻindim.
Hech qancha zamon oʻtmadi, man zor sogʻindim,
Sansiz ezilib, tunlari bedor sogʻindim.

Man zor sogʻindim, ey yor sogʻindim,
Man zor sogʻindim, sani yor sogʻindim.

Shahringda kezib, axtaraman bosgan izingni, (x2)
Kunduz ezilib, tunlari bedor sogʻindim. (x2)
Man zor sogʻindim, ey yor sogʻindim,
Man zor sogʻindim, sani yor sogʻindim.

Yonimda eding, bilmas ekanman sani qadring,
Ayniqsa shu kun boʻldi zulmkor, sogʻindim.
Tezroq kelaqol, bir kun oy-yilga barobar,
Yilga barobar, yilga barobar,
Sensiz yuragim porayu abgor, sogʻindim,
Sensiz yuragim porayu abgor, sogʻindim.

Man zor sogʻindim, ey yor sogʻindim,
Man zor sogʻindim, sani yor sogʻindim. (x2)

San ketdingu, ey voh, sani dildor sogʻindim,
Hajringda kuyib, lahzada ming bor sogʻindim.
Hech qancha zamon oʻtmadi, man zor sogʻindim,
Sansiz ezilib, tunlari bedor sogʻindim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!