🎵 Qoʻshiq matnlari

Ummon - Koʻzi qaro

1 daqiqa 2.1K marta oʻqildi
Ummon - Koʻzi qaro
Yuragimni ezadi yana oʻsha qaygʻu,
Yuragimni ezadi yana oʻsha ogʻu,
Xushlarimga keladi koʻzi qaro.
Qoʻlingdagi sharobdan, icholmasam netay?
Qalbimdagi gʻaflatdan qocholmasam netay?
Qoʻlimdagi suratdan kecholmasam netay?
Koʻzi qaro, koʻzi qaro.
Mayli meni sevmagin, roziman mayli,
Oldimda ketmagin, roziman mayli.
Faqat bir bor yoʻqlagin, sogʻindim seni,
Koʻzi qaro, koʻzi qaro.
Jondan sevib kechib ketdim, kechmoqligim istading,
Yuragimdan yulib ketdim, ketmoqligim istading.
Yuragingga sigʻmay ketdim, keragim yoʻq sen uchun,
Koʻzlaringda tinib ketdim, keragim yoʻq sen uchun.
Yolgʻizlikka yoʻyding-qoʻyding, hayotimni oʻgʻirlay,
Hayotimda endi yoʻqsan, yoʻq boʻl deding butunlay.
Yuragingga sigʻmay ketdim, keragim yoʻq sen uchun,
Koʻzi qaro, koʻzi qaro.
Seni bir koʻrgim keladi, bagʻrimga bosgim keladi,
Quvonchimning torlaridan sogʻinch kuyin chalgim keladi.
Eslaysanmi sen ham meni, jondan aziz bilganingni?
Yoki yutib yuborgansan, menla oʻtgan oʻtmishingni.
Yuragimga qurdim qasr, qasr nomi oʻtmishdir,
Unda yana ikkimiz baxtlilardan baxtlimiz.
Shu qasr menga sabr ato etar har kuni,
Sevarman sevilmay, kutarman kutilmay.
Jondan sevib kechib ketdim, kechmoqligim istading,
Yuragimdan yulib ketdim, ketmoqligim istading.
Yuragingga sigʻmay ketdim, keragim yoʻq sen uchun,
Koʻzlaringda tinib ketdim, keragim yoʻq sen uchun.
Yolgʻizlikka yoʻyding-qoʻyding, hayotimni oʻgʻirlay,
Hayotimda endi yoʻqsan, yoʻq boʻl deding butunlay.
Yuragingga sigʻmay ketdim, keragim yoʻq sen uchun,
Koʻzi qaro, koʻzi qaro.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!