Gʻayrat Usmonov - Dunyo

Dunyo-dunyo, quvonchlaring cheklanmagan,
Dunyo-dunyo, armonlaring hech bitmagan. (x2)
Insonlarning gʻiybatlari tugamagan,
Gʻam-tashvishdan koʻzlarida yosh arimagan. (x2)
Har onalar oʻgʻillarin taxtda koʻrsinlar,
Qizlarini alvon-alvon baxtda koʻrsinlar. (x2)
Qoʻllar ochib oʻqilgankim har bir duolar
Rizq berguvchi Rahmon zotga – Haqqa yetsinlar.
Insonlar bor – ibodatdan Haqni topganlar,
Insonlar bor – xarom ishdan gunoh topganlar. (x2)
Oniy insoniylik, oniy nafis tuygʻular,
Bilgil, insonni jannatul firdavsga yoʻllar. (x2)

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!